Yoshua 11:1-23

  • Shimoldagi shaharlar zabt etiladi (1-15)

  • Yoshuaning g‘alabalari (16-23)

11  Xazor shohi Yobin bu haqda eshitishi bilanoq, Madon shohi+ Yo‘vovga hamda Shimron va Axshof shohlariga+ xabar yubordi.  U shuningdek, shimoldagi tog‘li hududda, Keneret* janubidagi tekisliklarda*, Shefelada va g‘arb tomondagi Do‘r+ qiyaligida yashovchi shohlarga,  sharq va g‘arbdagi kan’onliklarga+, tog‘li hududdagi amoriy+, xetiy, pariziy va yobusiylarga, Mispax yerining Xermon+ tog‘ etagida yashovchi xiviylarga+ xabar yubordi.  Shunda bu shohlar, dengiz sohilidagi qumday son-sanoqsiz, juda katta qo‘shinlari-yu behisob otlari va jang aravalari bilan yo‘lga chiqishdi.  Shohlar uchrashishga kelishib olishdi. Ular Isroilga qarshi jang qilish uchun Mirom suvlari yaqiniga kelib, qarorgoh qurishdi.  Yahova Yoshuaga dedi: «Ulardan qo‘rqma+, chunki ertaga shu paytda ularning barchasini Isroil o‘g‘illariga beraman. Ularni qirg‘in qilinglar, otlarining paylarini kesib tashlab+, jang aravalarini yondirib yuboringlar».  Yoshua jangchilari bilan Mirom suvlari yaqiniga kelib, ularga to‘satdan hujum qildi.  Yahova ularni Isroil o‘g‘illarining qo‘liga berdi+ va ular dushmanlarini mag‘lub etib Buyuk Sidongacha+, Misrafo‘t-Mayim+ va sharq tomondagi Mispax vodiysigacha ta’qib etishdi. Ular bitta kishini ham omon qoldirmay, yo‘q qilib tashlashdi+.  Keyin Yoshua Yahova aytganidek, otlarining paylarini kesib tashlab, jang aravalarini yondirib yubordi+. 10  Bundan tashqari, Yoshua orqaga qaytib Xazorni bosib oldi va uning shohini qilichdan o‘tkazdi+. Chunki ilgari Xazor shahri ushbu shohliklar ichida eng qudratlisi edi. 11  Ular shahardagi barcha odamlarni qilich tig‘idan o‘tkazishdi+. Birorta kishi omon qolmadi+. So‘ng u Xazorni yondirib yubordi. 12  Yoshua o‘sha shohlarning barcha shaharlarini zabt etib, hamma shohlarini qilich bilan mag‘lub qildi+. Yahovaning xizmatchisi Muso buyurganiday, Yoshua ularni qirib tashladi+. 13  Yoshua Xazor shahrini yondirib yuborganini hisobga olmasa, isroilliklar tepalikda joylashgan boshqa hech bir shaharni yondirishmadi. 14  Bu shaharlardagi o‘ljalarni va chorvani isroilliklar o‘zlariga olishdi+. Lekin ularning aholisini butkul yo‘q qilib yubormaguncha, har bir kishini qilichdan o‘tkazishdi+. Ular bitta ham kishini tirik qoldirishmadi+. 15  Yahova xizmatchisi Musoga nimaiki buyurgan bo‘lsa, Muso shularni Yoshuaga buyurdi+ va Yoshua aytilganlarni bajardi. Yahova Musoga nimani amr etgan bo‘lsa, u hammasini bitta qoldirmay bajardi+. 16  Yoshua quyidagi yerlarni bosib oldi: Yahudoning tog‘li hududini, butun Nagavni+, butun Go‘shen diyorini, Shefelani+, Arabani+, Isroilning tog‘li hududini va adirlarini*, 17  shuningdek, Seirning qarshisidagi Xalak tog‘idan, Xermon tog‘+ etagidagi Livan vodiysining Baal-Gadgacha+ bo‘lgan yerlarini bosib oldi. Bu yerlarning hamma shohlarini qo‘lga tushirib, ularni o‘ldirdi. 18  Yoshua bu shohlar bilan ancha vaqt jang qildi. 19  Givonda yashagan xiviylardan tashqari, hech kim isroilliklar bilan tinchlik sulhini tuzmadi+. Isroilliklar jang qilib, boshqa hamma shaharlarni bosib olishdi+. 20  Yahova ularning o‘jarligicha qolishiga yo‘l qo‘ygani uchun+, ular Isroil o‘g‘illari bilan jang qilishdi. U, shu tariqa ularga shafqat qilmay, ularni qirib tashlamoqchi edi+. Yahova Musoga buyurganiday, ular yo‘q qilindi+. 21  Bu vaqt ichida Yoshua tog‘li hududdagi, ya’ni Xevron, Debir va Onovdagi, shuningdek, butun Yahudo va Isroilning tog‘li hududlaridagi Inoq avlodini+ qirib yubordi. Yoshua ularni o‘ldirib, shaharlarini yakson qildi+. 22  Isroil yurtida Inoq avlodidan bitta ham kishi qolmadi. Ular faqat G‘azo+, Gat+ va Ashdodda+ bor edi+. 23  Shunday qilib Yoshua, Yahova Musoga va’da berganidek butun yurtni o‘z nazorati ostiga oldi+. Keyin u, yurtni Isroil o‘g‘illarining qabilalari orasida taqsimlab, har biriga o‘z ulushini meros qilib berdi+. Yurtda janglar to‘xtab, tinchlik hukm surdi+.

Izohlar

Aslida bu ko‘l. Muqaddas Kitobda Genisaret ko‘li, Jalila va Tiveriya dengizi deb nomlanadi.
Yoki «Arabada».
Yoki «Shefelani».