Yoshua 12:1-24
12 Isroil o‘g‘illari bosib olib, egalik qilgan yerlarning — Iordanning sharq tomonidagi yurtlarning, Arnon vodiysidan+ Xermon tog‘igacha+ bo‘lgan yerlarning va sharq tomondagi butun Arabaning shohlari quyidagilar+:
2 Xashbonda istiqomat qilgan amoriylar shohi Sixo‘n+. U Arnon+ vodiysi chekkasidagi Aroyer+ shahrini boshqargan. Arnon vodiysining o‘rtasidan Yavoq vodiysigacha* bo‘lgan barcha yerlar unga tegishli edi. U shuningdek, Giladning yarmi ustidan boshqarardi. Yavoq vodiysi ommonliklarning chegarasi ham edi.
3 Sixo‘n sharqda Arabadan Keneret dengizigacha*+, shuningdek, sharqda Bayt-Yashimo‘tdan Arabadagi dengizgacha, ya’ni Tuz dengizigacha* hamda janub tomonda Fisgax qiyaliklarigacha+ bo‘lgan yerlar ustidan boshqarar edi.
4 Isroilliklar Bashan shohi O‘gning+ hududini ham mulk qilib olishdi. O‘g rafaimlardan oxirgisi bo‘lib+, Ashtaro‘t va Edreyda yashar edi.
5 Uning boshqaruvi ostiga Xermon tog‘i, Salko va butun Bashan+ kirar edi. O‘g shuningdek, gashurliklar bilan maxoliklarning+ chegarasigacha hamda Giladning yarmi ustidan, Xashbon shohi Sixo‘nning+ hududigacha bo‘lgan yerlarni boshqarar edi.
6 Yahovaning xizmatchisi Muso va Isroil o‘g‘illari ularni mag‘lub etishdi+. Bundan keyin, Yahovaning xizmatchisi Muso ularning yerlarini Ruben bilan Gad qabilalariga va Manashe qabilasining yarmiga egalik qilish uchun bo‘lib berdi+.
7 Yoshua hamda Isroil o‘g‘illari Iordan g‘arbidagi shohlarning yerlarini — Livan+ vodiysidagi Baal-Gaddan+ Seirning+ qarshisidagi Xalak tog‘igacha+ bo‘lgan yerlarni bosib olishdi. Keyin Yoshua ularning yerlarini Isroil qabilalariga taqsimlab, har biriga o‘z ulushini berdi+.
8 Ularga xetiylar, amoriylar+, kan’onliklar, pariziylar, xiviylar va yobusiylarning yerlarini+ — o‘rtadagi tog‘li hududni, Shefelani, Arabani, qiyaliklarni, sahroni va Nagavni berdi+. Bu yerlarni boshqargan shohlar quyidagilar:
9 Yerixo shohi+, Baytil yonidagi Ay shohi+,
10 Quddus shohi, Xevron shohi+,
11 Yarmut shohi, Laxish shohi,
12 Eglon shohi, Gezer shohi+,
13 Debir+ shohi, Geder shohi,
14 Xo‘rmax shohi, Arod shohi,
15 Libna+ shohi, Adullam shohi,
16 Makkedo+ shohi, Baytil+ shohi,
17 Tappux shohi, Xafer shohi,
18 Ofoq shohi, Lashoro‘n shohi,
19 Madon shohi, Xazor shohi+,
20 Shimron-Maron shohi, Axshof shohi,
21 Tanax shohi, Maxido‘ shohi,
22 Kedesh shohi, Karmildagi Yoxnayom+ shohi,
23 Do‘r qiyaligidagi Do‘r shohi+, Gilgaldagi Go‘yim shohi,
24 Tirza shohi. Jami 31 ta shoh.
Izohlar
^ Ya’ni O‘lik dengizgacha.
^ Aslida bu ko‘l. Muqaddas Kitobda Genisaret ko‘li, Jalila va Tiveriya dengizi deb nomlanadi.