Yoshua 13:1-33

  • Yurtning egallab olinmagan qismi (1-7)

  • Iordan sharqidagi taqsimlangan yerlar (8-14)

  • Rubenning merosi (15-23)

  • Gadning merosi (24-28)

  • Manashening sharqdagi merosi (29-32)

  • Levilarning merosi Yahovadir (33)

13  Yoshua keksayib, umri oxirlab qolgan edi+. Yahova unga shunday dedi: «Sen keksayding, umring ham oxirlab qoldi. Lekin yurtning kattagina qismi haliyam egallab olinmagan.  Bu quyidagi yerlardir+: filistimliklarning va gashurliklarning+ butun hududi  (ya’ni Misrning sharqidagi Nil irmog‘idan shimolda kan’onliklarning hududi sanalgan Exron chegarasigacha bo‘lgan yerlar)+. Shuningdek, G‘azoni, Ashdodni+, Ashqalonni+, Gatni+ va Exronni+ boshqargan filistimliklar beshta begining+ hamda avimlarning yerlari+,  janubda kan’onliklarning butun yurti. Sidonliklarga+ tegishli Merax hamda amoriylarning chegarasidagi Ofoqqacha bo‘lgan yerlar.  Gabolliklar+ diyori va sharq tomonda butun Livan, ya’ni Xermon tog‘i etagidagi Baal-Gaddan Levo-Xomatgacha* bo‘lgan yerlar+.  Livandan+ Misrafo‘t-Mayimgacha+ bo‘lgan tog‘li hududning butun aholisining hamda barcha sidonliklarning yerlari+. Men ularni Isroil o‘g‘illari oldidan quvib chiqaraman+. Yerni esa Men senga buyurganimdek, Isroil o‘g‘illariga meros sifatida bo‘lib ber+.  Endi yurtni to‘qqizta qabilaga va Manashe qabilasining yarmiga meros sifatida taqsimla»+. 8  Bu qabilaning boshqa yarmi hamda Ruben va Gad qabilalari o‘z meroslarini olib bo‘lishgan. Muso ularga Iordanning sharqidan yer bergan. Yahovaning xizmatchisi Muso ularga mana bu yerlarni bergan edi+:  Arnon vodiysi+ chekkasida joylashgan Aroyer shahridan+ tortib vodiy o‘rtasidagi shahar va butun Midavo yassi tepaligidan Dibongacha bo‘lgan yerlar. 10  Xashbonda hukm surgan amoriylar shohi Sixo‘nning ommonliklar chegarasigacha bo‘lgan barcha shaharlar+. 11  Shuningdek, Gilad, gashurliklar bilan maxoliklar hududi+, butun Xermon tog‘i va Salkogacha+ bo‘lgan Bashanning barcha yerlari+. 12  Ashtaro‘t va Edreyda hukm surgan, Bashan shohi O‘g egalik qilgan hamma yerlar. (O‘g rafaimlardan oxirgisi edi.)+ Muso ularni mag‘lub etib, quvib chiqargan+. 13  Ammo Isroil o‘g‘illari gashurliklarni hamda maxoliklarni quvib chiqarishmadi+. Ular bugungacha Isroil xalqi orasida yashayapti. 14  U faqatgina Levi qabilasiga meros bermadi+. Isroil xalqining Xudosi Yahova ularga va’da qilganiday+, olovda kuydiriladigan qurbonliklarning bir qismi ularning merosi bo‘ldi+. 15  Keyin Muso Ruben qabilasiga oilalari bo‘yicha meros berdi. 16  Arnon vodiysi* chekkasida joylashgan Aroyer shahridan tortib vodiy o‘rtasidagi shahar va butun Midavo yassi tepaligigacha bo‘lgan yerlar ularning hududi edi. 17  Xashbon va yassi tepalikdagi unga qarashli barcha shaharchalar+, Dibon, Bomo‘t-Baal, Bayt-Baal-Miyon+, 18  Yaxaz+, Kadamo‘t+, Mifat+, 19  Xiratayim, Sivmo+ va vodiydagi tog‘da joylashgan Zaret-Xashaxar, 20  Bayt-Piyor, Fisgax qiyaliklari+, Bayt-Yashimo‘t+, 21  yassi tepalikdagi hamma shaharlar, Xashbonda hukm surgan amoriylar shohi Sixo‘nning barcha yerlari+. Muso uni hamda o‘sha yurtda yashagan midiyonlik yo‘lboshchilarni, ya’ni Sixo‘nga tobe bo‘lgan: Evi, Rahem, Zur, Xur va Rabani+ mag‘lub qildi+. 22  Isroilliklar qilichdan o‘tkazganlar orasida folbinlik qilgan+ Bavo‘r o‘g‘li Balom+ ham bor edi. 23  Ruben qabilasining chegarasi Iordan daryosi edi. Bu hududdagi barcha shaharlar va qishloqlar Ruben o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha meros qilib berildi. 24  So‘ng Muso Gad qabilasining merosini ularga oilalari bo‘yicha bo‘lib berdi. 25  Ularning hududi quyidagilardan iborat: Yazir+, Giladning barcha shaharlari, Rabba+ qarshisidagi Aroyergacha bo‘lgan ommonliklar yurtining yarmi+. 26  Xashbondan+ Ramat-Mispi hamda Batonimgacha va Moxanayimdan+ Debir chegarasigacha bo‘lgan yerlar. 27  Vodiydagi Bayt-Xaram, Bayt-Nimro+, Suxo‘t+, Zofun va Xashbon shohi Sixo‘nning+ boshqa yerlari. Ularning chegarasi Iordanning butun sharqiy tomoni bo‘ylab Keneret dengizining*+ quyi qismigacha cho‘zilgan edi. 28  Bu hudud hamda undagi shaharlar va qishloqlar Gad o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha meros qilib berildi. 29  Keyin Muso Manashe qabilasining yarmiga oilalari bo‘yicha meros berdi+. 30  Ularning hududi Moxanayimdan+ boshlab butun Bashanni, Bashan shohi O‘gning barcha yerlarini hamda Bashandagi Yovirning+ chodirlardan tuzilgan qishloqlarini va 60 ta shaharni o‘z ichiga oladi. 31  Giladning yarmi hamda Bashandagi O‘gning yerlaridagi Ashtaro‘t va Edrey+ shaharlari Manashening o‘g‘li Moxir o‘g‘illariga+, ya’ni Moxir o‘g‘illarining yarmiga oilalari bo‘yicha meros bo‘lib o‘tdi. 32  Mo‘ab dashtlarida, Iordanning narigi tomonida, Yerixoning sharqida bo‘lishganda, Muso bu yerlarni ularga meros qilib bergan edi+. 33  Biroq Levi qabilasiga Muso meros bermadi+. Isroil xalqining Xudosi Yahova ularga va’da qilganiday, Uning O‘zi ularning merosi bo‘ldi+.

Izohlar

Yoki «Xomatning ostonasigacha».
Aslida bu ko‘l. Muqaddas Kitobda Genisaret ko‘li, Jalila va Tiveriya dengizi deb nomlanadi.