Yoshua 15:1-63

  • Yahudoning merosi (1-12)

  • Xolibning qiziga yer beriladi (13-19)

  • Yahudoga berilgan shaharlar (20-63)

15  Yahudo qabilasiga oilalari bo‘yicha Edom+ chegarasigacha, ya’ni Zin sahrosi va Nagavning janubiy chegarasigacha cho‘zilgan yerlar taqsimlab berildi+.  Ularning janubiy chegarasi Tuz dengizi* qirg‘og‘idan+, ya’ni dengizning janub tomonidagi qo‘ltiqdan boshlanadi.  Chegara janubga Akrabim qiyaligigacha cho‘zilib+, Zindan o‘tadi va janubdan Kadesh-Barnaga chiqadi+, so‘ng Xazrondan o‘tadi-da, Addarga ko‘tarilib, Karxa tomonga buriladi.  Keyin esa Ozmondan o‘tib+, Misr vodiysigacha* cho‘ziladi+ va dengizga* kelib tugaydi. Bu ularning janubiy chegarasi edi.  Sharqiy chegarasi Tuz dengizigacha va Iordanning dengizga quyiladigan yerigacha cho‘ziladi. Shimoliy chegara esa bu dengiz qo‘ltig‘idan, ya’ni Iordanning dengizga quyiladigan yeridan boshlanib+,  Bayt-Xo‘glaxga chiqadi-da+, Bayt-Arabaning+ shimolidan o‘tadi va Ruben o‘g‘li Bo‘xanning toshigacha ko‘tariladi+.  So‘ng chegara Oxor+ vodiysidagi Debirga chiqib, vodiyning janubidagi Adumim qiyaligi qarshisidagi Gilgalga+, shimol tomonga buriladi-da, En-Shamash+ suvlaridan o‘tib, En-Ro‘g‘olga+ kelib tugaydi.  Keyin Hinnom o‘g‘lining vodiysiga+, yobusiylarning+ janubiy qiyaligiga, ya’ni Quddusga ko‘tariladi+. Bu chegara Hinnom vodiysining g‘arbiga qaragan tog‘ cho‘qqisiga qadar cho‘ziladi. Bu tog‘ cho‘qqisi Rafaimlar vodiysining shimoliy chekkasida turadi.  So‘ng chegara tog‘ cho‘qqisidan Naftuva bulog‘igacha cho‘zilib+, Efro‘n tog‘idagi shaharlargacha boradi va Baalaxga, ya’ni Xirat-Yorimgacha+ yetadi. 10  Chegara Baalaxdan g‘arbga, Seir tog‘iga qarab buriladi va shimolda Iorim tog‘ining qiyaligigacha, ya’ni Xisalongacha o‘tadi-da, Bayt-Shamashga+ tushadi va Timnaxgacha+ cho‘ziladi. 11  Keyin Exronning+ shimoliy qiyaligigacha cho‘ziladi-da, Shikkaronga yetadi va Baalax tog‘idan o‘tib, Yobnailgacha boradi va dengizga kelib tugaydi. 12  G‘arbiy chegarasi Buyuk dengiz*+ va uning qirg‘og‘i bo‘ladi. Yahudo o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha taqsimlab berilgan chegaralar shulardan iborat. 13  Yoshua, Yahova unga buyurganiday, Yafunax o‘g‘li Xolibga+ Yahudo o‘g‘illari hududidan ulush sifatida Xirat-Arbani (Arba Inoqning otasi edi), ya’ni Xevronni berdi+. 14  Keyin Xolib Inoqning uchta o‘g‘lini+: Sheshay, Oximan va Talmayni+ u yerdan haydab chiqardi. 15  So‘ng Xolib u yerdan ketib, Debir aholisiga qarshi jang qildi+. (Debir ilgari Xirat-Safar deb atalardi.) 16  Xolib: «Xirat-Safarga hujum qilib, uni qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani xotinlikka beraman»,— deb aytdi. 17  Xolibning ukasi Xanaz+ o‘g‘li O‘tniyol+ o‘sha shaharni bosib oldi. Shunda Xolib qizi Axsani+ unga xotinlikka berdi. 18  Axsa erining uyiga ketayotib, O‘tniyolni qaynatasi Xolibdan dala so‘rab olishga undadi. Axsa eshagidan tushdi* va Xolib undan: «Qizim, biron-bir istaging bormi?»+ — deb so‘radi. 19  Axsa otasiga: «Iltimos, meni duo qiling. Menga janubda* yer bergan edingiz, Gullot-Mayimni* ham menga hadya qiling»,— dedi. Shunda Xolib unga Yuqori Gullot bilan Quyi Gullotni berdi. 20  Yahudo qabilasiga oilalari bo‘yicha taqsimlab berilgan meros shundan iborat. 21  Yahudo qabilasining janubiy chekkasida, Edom chegarasi+ oldida quyidagi shaharlar bo‘lgan: Kabzayol, Eder, Yog‘ur, 22  Xino, Dimona, Adado, 23  Kedesh, Xazor, Yitnon, 24  Zif, Talim, Bolo‘t, 25  Xazor-Xadatto, Xariyo‘t-Xazron, ya’ni Xazor, 26  Emom, Shema, Mo‘lodax+, 27  Xazor-Gaddax, Xashmon, Bayt-Palat+, 28  Xazor-Shuvol, Bersheva+, Bizyo‘tayox, 29  Baalax, Iyim, Ezam, 30  Elto‘lad, Xasil, Xo‘rmax+, 31  Zixlax+, Madmanno, Sansanno, 32  Laboyo‘t, Shilxim, Oyin va Rimmon+ — jami 29 ta shahar va ularning qishloqlari. 33  Shefeladagi+ shaharlar quyidagilar: Eshtoyo‘l, Zorox+, Ashnah, 34  Zono‘vax, En-Xannim, Tappux, Enom, 35  Yarmut, Adullam+, So‘xo‘, Ozikah+, 36  Sharayim+, Aditayim, Gedera va Gadero‘tayim* — 14 ta shahar va ularning qishloqlari. 37  Zinon, Hadasha, Migdal-Gad, 38  Dilan, Mispax, Yoxtal, 39  Laxish+, Bozxat, Eglon, 40  Kabbo‘n, Laxmas, Xitlish, 41  Gadero‘t, Bayt-Do‘g‘on, Namax va Makkedo+ — 16 ta shahar va ularning qishloqlari. 42  Libna+, Eter, Oshon+, 43  Iftox, Ashnah, Naziv, 44  Keylax, Axsib va Morisho — to‘qqizta shahar va ularning qishloqlari. 45  Exron va unga qarashli* shaharchalar bilan qishloqlar. 46  Exrondan g‘arbga qarab Ashdod atrofidagi barcha yerlar va ularning qishloqlari. 47  Ashdod+, unga qarashli shaharchalar bilan qishloqlar. G‘azo+, unga qarashli shaharchalar bilan qishloqlar, ya’ni Misr vodiysigacha va Buyuk dengizning sohili bo‘yidagi hududgacha bo‘lgan shaharlar va qishloqlar+. 48  Tog‘li hududdagi shaharlar quyidagilar: Shomir, Yatir+, So‘xo‘, 49  Danno, Xirat-Sanno, ya’ni Debir, 50  Onov, Eshtamo‘x+, Onim, 51  Go‘shen+, Xo‘lun va Gilox+ — 11 ta shahar va ularning qishloqlari. 52  Arav, Dumax, Ishan, 53  Yonum, Bayt-Tappux, Ofoqa, 54  Xumtax, Xirat-Arba, ya’ni Xevron+ va Zior — to‘qqizta shahar va ularning qishloqlari. 55  Moyun+, Karmil, Zif+, Yutto, 56  Yizril, Yoxdayom, Zono‘vax, 57  Qayin, Givo va Timnax+ — o‘nta shahar va ularning qishloqlari. 58  Xalxul, Bayt-Zur, Gado‘r, 59  Marot, Bayt-Ano‘t va Eltaxo‘n — oltita shahar va ularning qishloqlari. 60  Xirat-Baal, ya’ni Xirat-Yorim+ va Rabba — ikkita shahar va ularning qishloqlari. 61  Sahrodagi shaharlar quyidagilar: Bayt-Araba+, Middin, Saxoxo, 62  Nivshon, Tuz shahri va En-Gedi+ — oltita shahar va ularning qishloqlari. 63  Quddusda yashagan+ yobusiylarni+ esa Yahudo erkaklari haydab chiqara olishmadi+. Shuning uchun yobusiylar hozirgacha Quddusda Yahudo xalqi orasida yashab kelmoqda.

Izohlar

Ya’ni O‘lik dengiz.
Ya’ni Buyuk dengiz yoki O‘rta dengiz.
Ya’ni O‘rta dengiz.
Boshqa variant «eshakda o‘tirganda, e’tiborni qaratish uchun chapak chaldi».
Yoki «Nagavda».
Ma’nosi «suv havzalarini».
Boshqa variant «Gedera va unga tegishli qo‘y qo‘ralari».
Yoki «uning atrofidagi».