Yoshua 16:1-10
16 Qur’a bo‘yicha+ Yusufning avlodlariga tekkan joy Yerixo yaqinidagi Iordandan boshlanib, Yerixoning sharqidagi suvlargacha boradi+ va Yerixodan Baytil yonidagi tog‘li hududga ko‘tariladigan sahro bo‘ylab cho‘ziladi+.
2 So‘ngra Luzga qarashli Baytildan tortib Otaro‘tdagi orxiylarning chegarasigacha cho‘ziladi.
3 Keyin g‘arbga yafletiylarning chegarasiga tushib, Quyi Bayt-Xo‘ronning+ chegarasiga va Gezerga yetadi-da+, dengizga borib tugaydi.
4 Shunday qilib, Yusufning avlodlari+ — Manashe va Efrayim qabilalari o‘sha yerlarni egallab olishdi+.
5 Efrayim avlodlarining oilalari bo‘yicha chegarasi quyidagilardan iborat: ular meros qilib olgan yerning chegarasi sharqda Otaro‘t-Adar+ bo‘lib, Yuqori Bayt-Xo‘rongacha+ boradi
6 va dengizgacha cho‘ziladi. Shimoliy chegarasi Mixmatitdir+. Undan keyin chegara sharq tomonga, Tanat-Shilo‘ga burilib, sharqda Yonoxdan o‘tib ketadi.
7 So‘ng chegara Yonoxdan Otaro‘t bilan Naroga tushadi-da, Yerixoga+ yetadi va Iordangacha cho‘ziladi.
8 Tappuxdan+ chegara g‘arb tomonga, Kanax vodiysigacha davom etib, dengizga borib tugaydi+. Efrayim qabilasining oilalari bo‘yicha merosi shundan iborat.
9 Efrayim avlodlarining alohida shaharlari va ularga tegishli qishloqlari ham bor bo‘lib, ular Manashe+ qabilasining hududida joylashgan edi.
10 Ammo ular Gezerda yashayotgan kan’onliklarni haydab chiqarishmadi+. Kan’onliklar hozirgi kungacha Efrayim qabilasi hududida yashab+, ularga qul bo‘lib xizmat qilmoqda+.