Yoshua 18:1-28
18 Keyin Isroil o‘g‘illarining butun jamoasi Shilo‘da+ yig‘ildi va o‘sha yerda uchrashuv chodirini o‘rnatdi+. Boisi, ular yurtni zabt etishgan edi+.
2 Ammo Isroil o‘g‘illarining orasida yettita qabilaga haligacha meros taqsimlab berilmagan edi.
3 Yoshua Isroil o‘g‘illariga shunday dedi: «Ota-bobolaringizning Xudosi Yahova sizlarga bergan yurtni egallab olishni qachongacha orqaga surib yurasizlar?+
4 Har bir qabiladan uch kishidan tanlab olinglar. Ular borib, yurt bo‘ylab kezishsin-da, meroslarini taqsimlash uchun o‘sha yerni tasvirlab yozib olishsin. Keyin oldimga qaytib kelishsin.
5 Ular yurtni o‘zaro yetti ulushga taqsimlashsin+. Yahudo janubda o‘zining hududida+, Yusufning xonadoni ham shimolda o‘zining hududida qolsin+.
6 Sizlar esa yurtni ko‘zdan kechirib, yetti qismga bo‘linglar va o‘sha yerni tasvirlab yozinglar-da, menga olib kelinglar. Men esa sizlar uchun shu yerda, Tangrimiz Yahovaning oldida qur’a tashlayman+.
7 Biroq levilar sizlarning orangizda ulush olmaydi+. Chunki Yahovaga ruhoniy bo‘lib xizmat qilish ularning ulushidir+. Gad bilan Ruben qabilalariga va Manashe qabilasining yarmiga+ Yahovaning xizmatchisi Muso Iordanning sharqida allaqachon ularning meroslarini bo‘lib bergan».
8 Tanlab olingan kishilar yo‘lga hozirlik ko‘rishdi. Yoshua ularga: «Boringlar-da, yurt bo‘ylab kezib, o‘sha yerni tasvirlab yozib olinglar. So‘ng yonimga kelinglar. Men bu yerda, Shilo‘da+ sizlar uchun Yahovaning oldida qur’a tashlayman»,— dedi.
9 Shunda o‘sha kishilar borib yurtni ko‘zdan kechirishdi va yetti qismga bo‘lishdi. Bundan tashqari, o‘sha qismlardagi barcha shaharlarni ro‘yxatga kiritishdi. Keyin esa Yoshuaning oldiga, Shilo‘dagi qarorgohga qaytib kelishdi.
10 Yoshua Shilo‘da, Yahovaning oldida ular uchun qur’a tashlab+, yurtni taqsimladi-da, Isroil o‘g‘illariga o‘z ulushini berdi+.
11 Birinchi qur’a Benyamin qabilasiga oilalari bo‘yicha tushdi. Ularga Yahudo+ bilan Yusuf avlodlarining+ o‘rtasidagi hudud berildi.
12 Ularning shimoliy chegarasi Iordandan boshlanib, Yerixoning+ shimoliy qiyaligigacha ko‘tariladi-da, g‘arb tomonga tog‘ga chiqadi va Bayt-Obun yaqinidagi sahrogacha cho‘ziladi+.
13 U yerdan Luzga, uning janubiy qiyaligiga, ya’ni Baytilga+ o‘tadi-da, Quyi Bayt-Xo‘ronning+ janubidagi tog‘da joylashgan Otaro‘t-Adarga+ tushadi.
14 Keyin chegara Bayt-Xo‘ron qarshisidagi tog‘dan janubga boradi, so‘ng yahudoliklarning shahri bo‘lmish Xirat-Baalga, ya’ni Xirat-Yorimgacha+ cho‘ziladi va o‘sha yerda tugaydi. Bu ularga tegishli merosning g‘arb tomonidir.
15 Janubiy chegarasi Xirat-Yorimning chekkasidan boshlanib, g‘arb tomonga cho‘ziladi-da, Naftuva bulog‘igacha yetadi+.
16 Keyin Rafaimlar+ vodiysining shimoliga, Hinnom o‘g‘lining vodiysi+ ro‘parasidagi tog‘ning etagiga tushadi. U yerdan Hinnom vodiysiga, yobusiylarning+ janubiy qiyaligigacha cho‘zilib, En-Ro‘g‘olga+ tushadi.
17 So‘ng chegara shimolga, En-Shamashgacha cho‘ziladi-da, Adumim qiyaligining+ ro‘parasidagi Gelilo‘tga chiqadi va Ruben o‘g‘li Bo‘xanning toshigacha tushadi+.
18 Keyin Araba qarshisidagi shimoliy qiyalikkacha davom etib, Arabaga boradi-da,
19 Bayt-Xo‘glaxning+ shimoliy qiyaligigacha cho‘ziladi va Iordanning janubiy chekkasida, ya’ni Tuz dengizining* shimoliy qo‘ltig‘ida tugaydi+. Bu ularning janubiy chegarasi.
20 Iordan daryosi ularning sharqiy chegarasi sifatida xizmat qiladi. Benyamin avlodlarining oilalari bo‘yicha merosi va har tomondagi chegaralari shundan iborat.
21 Benyamin qabilasining oilalari bo‘yicha berilgan shaharlar quyidagilar: Yerixo, Bayt-Xo‘glax, Emix-Qaziz,
22 Bayt-Araba+, Zamorayim, Baytil+,
23 Avim, Poro, O‘fra,
24 Xafar-Ommonax, Ofna va G‘ibo+ — 12 ta shahar va ularning qishloqlari.
25 Givon+, Rama, Bero‘t,
26 Mispax, Xafira, Mo‘zox,
27 Rahem, Yirpael, Taralo,
28 Zila+, Elef, yobusiylarning shahri, ya’ni Quddus+, Givo+ hamda Xirat — 14 ta shahar va ularning qishloqlari.
Benyamin avlodlarining oilalari bo‘yicha merosi shulardan iborat.
Izohlar
^ Ya’ni O‘lik dengizning.