Yoshua 19:1-51

  • Shimo‘nning merosi (1-9)

  • Zabulunning merosi (10-16)

  • Issaxorning merosi (17-23)

  • Osherning merosi (24-31)

  • Naftalining merosi (32-39)

  • Danning merosi (40-48)

  • Yoshuaning merosi (49-51)

19  Ikkinchi qur’a+ Shimo‘nga, Shimo‘n qabilasiga+ oilalari bo‘yicha tushdi. Ularning merosi Yahudo qabilasining hududida edi+.  Ularning merosiga quyidagilar kirgan: Shava bilan Bersheva+, Mo‘lodax+,  Xazor-Shuvol+, Balax, Ezam+,  Elto‘lad+, Betul, Xo‘rmax,  Zixlax+, Bayt-Markobo‘t, Xazor-Susa,  Bayt-Laboyo‘t+ va Shoruxan — 13 ta shahar va ularning qishloqlari.  Oyin, Rimmon, Eter va Oshon+ — to‘rtta shahar va ularning qishloqlari.  Bundan tashqari, ushbu shaharlarning atrofidan tortib Baalat-Berga, janubiy Ramagacha bo‘lgan barcha qishloqlar. Shimo‘n qabilasining oilalari bo‘yicha merosi shulardan iborat.  Shimo‘n avlodlariga Yahudo hududidan meros berildi, chunki Yahudo qabilasining ulushi ularning o‘zi uchun juda kattalik qilar edi. Shunday qilib, ularning merosidan Shimo‘n avlodlari mulk olishdi+. 10  Navbatdagi, uchinchi qur’a+ Zabulun+ avlodlariga oilalari bo‘yicha tushdi. Merosining chegarasi Soridga qadar boradi. 11  Ularning chegarasi g‘arb tomonga, Maraloga ko‘tariladi va Dabbeshetga yetadi, so‘ng Yoxnayom oldidagi vodiygacha cho‘ziladi. 12  Soriddan sharqga, quyosh chiqadigan tomonga, Xislo‘t-Tovurning chegarasigacha boradi va Dovaratdan+ chiqadi-da, Yofiyaga ko‘tariladi. 13  U yerdan sharqga, quyosh chiqadigan tomonga Gat-Xaferga+, Et-Kozinga qadar davom etadi-da, Rimmondan chiqadi va Niyoxgacha cho‘ziladi. 14  Shimolda chegara Xannatonga buriladi va Yiftox-El vodiysida tugaydi. 15  Shuningdek, ularga Kattot, Nahalil, Shimron+, Yidalo va Baytlahm+ tegdi. Jami 12 ta shahar va ularning qishloqlari. 16  Zabulun avlodlarining oilalari bo‘yicha merosi+ — shaharlar va ularning qishloqlari shulardan iborat. 17  To‘rtinchi qur’a+ Issaxorga+, Issaxor avlodlariga oilalari bo‘yicha tushdi. 18  Ularning chegarasi quyidagilar: Yizril+, Xasullo‘t, Shunam+, 19  Xaforayim, Shiyon, Anaxarat, 20  Rabbit, Xishion, Ebaz, 21  Remot, En-Xannim+, En-Xaddax va Bayt-Pazez. 22  Chegara Tovur+, Shaxazimo va Bayt-Shamashgacha yetadi-da, Iordanga kelib tugaydi. Jami 16 ta shahar va ularning qishloqlari. 23  Issaxor qabilasining oilalari bo‘yicha merosi+ — shaharlar va ularning qishloqlari shulardan iborat. 24  Beshinchi qur’a+ Osher qabilasiga+ oilalari bo‘yicha tushdi. 25  Ularning chegarasi quyidagilar: Xelkat+, Xaliy, Beten, Axshof, 26  Alammalek, Emod va Mishol. Chegara g‘arb tomonga, Karmil+ va Shixor-Libnatga yetadi. 27  Keyin sharqga Bayt-Do‘g‘onga qaytadi va Zabulunga yetadi-da, Yiftox-El vodiysining shimoliga, Bayt-Emixga va Nabiyolga boradi. So‘ng Kavulning chap tomonidan o‘tib, 28  Ebron, Rexob, Xammon, Kanax va Buyuk Sidongacha+ boradi. 29  Chegara Ramaga qaytadi va mustahkam shahar bo‘lmish Tirgacha+ yetadi. Keyin Xo‘saxga qaytadi-da, Axsib hududidagi dengizga borib tugaydi. 30  Ummo, Ofoq+ va Rexob+ ham ularga tegishli edi. Jami 22 ta shahar va ularning qishloqlari. 31  Osher qabilasining oilalari bo‘yicha merosi+ — shaharlar va ularning qishloqlari shulardan iborat. 32  Oltinchi qur’a+ Naftali avlodlariga oilalari bo‘yicha tushdi. 33  Ularning chegarasi Xalefdan va Zananimdagi katta daraxtdan boshlanib+, Adamiy-Naxob, Yobnail va Laxumgacha boradi-da, Iordanga yetib tugaydi. 34  Chegara g‘arbga Ozno‘t-Tovurga qaytadi va u yerdan Huqqoq tomonga cho‘ziladi-da, janubda Zabulungacha, g‘arbda Oshergacha, sharqda esa Iordan bo‘yidagi Yahudogacha* cho‘ziladi. 35  Ularning mustahkam shaharlari quyidagilar: Ziddim, Zer, Xammat+, Rakkat, Keneret, 36  Adama, Rama, Xazor+, 37  Kedesh+, Edrey, En-Xazor, 38  Iro‘n, Migdal-El, Xorem, Bayt-Onot va Bayt-Shamash+ — 19 ta shahar va ularning qishloqlari. 39  Naftali qabilasining oilalari bo‘yicha merosi+ — shaharlar va ularning qishloqlari shulardan iborat. 40  Yettinchi qur’a+ Dan qabilasiga+ oilalari bo‘yicha tushdi. 41  Ularning chegaralari Zorox+, Eshtoyo‘l, Ir-Shamash, 42  Shalabbin+, Oyjavlon+, Yitla, 43  Elo‘n, Timnax+, Exron+, 44  Eltaxa, Gibiton+, Baalat, 45  Yohud, Bani-Barak, Gat-Rimmon+, 46  Me-Jarkon va Raxxo‘n shaharlaridan, shuningdek, Yaffa+ oldidan o‘tadi. 47  Biroq Danning hududi ular uchun juda torlik qildi+. Shu bois, ular Lashemga+ qarshi jang qilib, u yerni bosib olishdi, shahar aholisini esa qilichdan o‘tkazishdi. Keyin ular u yerni egallab, yashay boshlashdi. Ammo shaharning nomini o‘zgartirib, bobolarining ismi bilan Dan deya atashdi+. 48  Dan qabilasining oilalari bo‘yicha merosi — shaharlar va ularning qishloqlari shulardan iborat. 49  Shunday qilib, ular yurtni hududlarga taqsimlab olishdi. So‘ng isroilliklar, o‘zlarining orasidan Nun o‘g‘li Yoshuaga meros berishdi. 50  Ular Yahova buyurganidek, Yoshuaga o‘zi so‘ragan shaharni — Efrayimning tog‘li hududidagi Timnat-Seraxni berishdi+. Yoshua shaharni qayta qurib, u yerda yashay boshladi. 51  Ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va Isroil qabilalarining xonadonlar boshlari Shilo‘da+, uchrashuv chodirining kiraverishida+, Yahovaning huzurida qur’a tashlab taqsimlab bergan+ meroslari shulardan iborat. Shu yo‘sin, ular yurtni bo‘lib olishni yakuniga yetkazishdi.

Izohlar

Bu, Yahudo qabilasi emas, balki shu qabiladan bo‘lgan bir kishining oilasi bo‘lishi mumkin.