Yoshua 20:1-9

  • Panoh shaharlar (1-9)

20  Keyin Yahova Yoshuaga shunday dedi:  «Isroilliklarga quyidagilarni ayt: “Muso orqali sizlarga aytganimdek, o‘zlaringiz uchun panoh shaharlar ajratinglar+.  Bordi-yu, kimdir birontasini tasodifan o‘ldirib qo‘ysa, u o‘sha yerga qochib borsin. Bu shaharlar, qon uchun qasos oluvchidan sizlarni himoya qiladi+.  Bunday kishi o‘sha shaharlardan biriga qochib borsin+ va shahar darvozasi yonida tursin+. U shahar oqsoqollariga bo‘lib o‘tgan voqeani bayon etsin. Oqsoqollar uni shaharga olib kirib, o‘zlari bilan yashashi uchun unga shahardan joy berishsin.  Agar qon uchun qasos oluvchi uni ortidan quvib kelsa, oqsoqollar uni qasoskorning qo‘liga topshirishmasin. Chunki u, o‘z yaqinini bexosdan o‘ldirib qo‘ygan va avval undan nafratlanmagan+.  Jamoa oldida hukm qilingunga qadar+, u kishi panoh shaharda qolsin. U o‘sha paytda xizmat qilayotgan oliy ruhoniy vafot etguncha shaharda yashasin+. Keyin, odam o‘ldirgan kishi qaysi shahardan qochib kelgan bo‘lsa o‘sha shaharga — o‘z shahriga va uyiga qaytib borsa bo‘ladi”+».  Shunday qilib, ular Naftali tog‘li hududida joylashgan Jaliladagi Kedeshni, Efrayim tog‘li hududidagi Shakamni va Yahudo tog‘li hududidagi Xirat-Arbani, ya’ni Xevronni shu maqsadda bag‘ishlashdi*.  Iordan hududining sharqiy qismida, Yerixoning yaqinida, Ruben qabilasidan yassi tepalikdagi sahroda joylashgan Bazerni+, Gad qabilasidan Giladdagi Ramo‘tni+ va Manashe qabilasidan+ Bashandagi Go‘lonni ajratishdi+.  Bu shaharlar barcha isroilliklar va ularning orasida yashayotgan musofirlar uchun ajratildi. Agar kimdir birontasini tasodifan o‘ldirib qo‘ysa, jamoa oldida hukm qilingunga qadar panoh shaharlarga qochib borsin+. Shunda u, qon uchun qasos oluvchining qo‘lidan omon qoladi+.

Izohlar

Yoki «muqaddas qilishdi».