Yoshua 21:1-45

  • Levilarga berilgan shaharlar (1-42)

    • Horun avlodlari shaharlari (9-19)

    • Qohotning qolgan oilalari shaharlari (20-26)

    • Gershon avlodlari shaharlari (27-33)

    • Marori avlodlari shaharlari (34-40)

  • Yahovaning va’dalari bajarildi (43-45)

21  Levilar xonadonlari boshlari ruhoniy Elazarning+, Nun o‘g‘li Yoshuaning va Isroil qabilalarining xonadonlari boshlari oldiga kelib,  Kan’on yurtidagi Shilo‘da+ ularga: «Yahova yashashimiz uchun shaharlar, chorvamiz uchun yaylovlar berilsin, deb Muso orqali buyurgan edi»+,— deyishdi.  Shunda Yahovaning buyrug‘iga binoan, isroilliklar o‘zlarining merosidan levilarga shaharlar+ va ularning yaylovlarini berishdi+.  Qur’a Qohot o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha tushdi+. Ruhoniy Horunning avlodlari bo‘lmish levilarga qur’a bo‘yicha Yahudo+, Shimo‘n+ va Benyamin+ qabilalarining hududidan 13 ta shahar berildi.  Qohotning qolgan o‘g‘illariga qur’a bo‘yicha Efrayim qabilasining+ oilalariga tegishli hududdan, Dan qabilasi hamda Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan o‘nta shahar berildi+.  Gershon o‘g‘illariga+ qur’a bo‘yicha Issaxor qabilasining oilalariga tegishli hududdan, Osher va Naftali qabilalari hamda Bashandagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan 13 ta shahar berildi+.  Marori o‘g‘illariga+ oilalari bo‘yicha Ruben, Gad va Zabulun qabilalariga tegishli hududdan 12 ta shahar berildi+.  Shunday qilib, Yahova Muso orqali buyurganidek, isroilliklar qur’a tashlab shaharlar va ularning yaylovlarini levilarga berishdi+.  Ular Yahudo bilan Shimo‘n qabilalarining hududidan, quyida nomma-nom aytib o‘tilgan shaharlarni berishdi+. 10  Birinchi qur’a Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot oilalariga tegishli Horunning o‘g‘illariga tushgani bois, bu shaharlar ularga berildi. 11  Ularga Xirat-Arbani+ (Arba Inoqning otasi edi), ya’ni Yahudo tog‘li hududidagi Xevronni+ va uning yaylovlarini berishdi. 12  Ammo shaharning dalalari va qishloqlarini Yafunax o‘g‘li Xolibga mulk qilib berishdi+. 13  Ruhoniy Horunning o‘g‘illariga, odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlarni+, ya’ni Xevronni+ va uning yaylovlarini hamda Libnani+ va uning yaylovlarini, 14  Yatir+ bilan Eshtamo‘vani+ va ularning yaylovlarini, 15  Xo‘lun+ bilan Debirni+ va ularning yaylovlarini, 16  Oyinni+, Yutto+ bilan Bayt-Shamashni va ularning yaylovlarini berishdi. Ikkala qabiladan to‘qqizta shahar ajratildi. 17  Benyamin qabilasining hududidan Givon+ bilan G‘ibo va ularning yaylovlari+, 18  Onoto‘t+ bilan Elmo‘n va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi. 19  Horunning avlodlaridan bo‘lgan ruhoniylarga jami 13 ta shahar va ularning yaylovlari berildi+. 20  Qohotning qolgan oilalariga tegishli levilarga qur’a bo‘yicha Efrayim qabilasining hududidan shaharlar ajratildi. 21  Odam o‘ldirgan kishi uchun ularga panoh shaharlarni+, ya’ni Efrayim tog‘li hududidagi Shakam+ bilan Gezerni+ va ularning yaylovlarini, 22  Xivzayim bilan Bayt-Xo‘ronni+ va ularning yaylovlarini — to‘rtta shaharni berishdi. 23  Dan qabilasining hududidan Eltaxa bilan Gibiton va ularning yaylovlari, 24  Oyjavlon+ bilan Gat-Rimmon va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi. 25  Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan Tanax+ bilan Gat-Rimmon va ularning yaylovlari — ikkita shahar berildi. 26  Qohot o‘g‘illarining qolgan oilalariga jami o‘nta shahar va ularning yaylovlari berildi. 27  Levi oilalaridan bo‘lgan Gershon o‘g‘illariga+, Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlar, ya’ni Bashandagi Go‘lon+ bilan Beshtara va ularning yaylovlari — ikkita shahar berildi. 28  Issaxor qabilasiga tegishli hududdan+ Xishion bilan Dovarat+ va ularning yaylovlari, 29  Yarmut bilan En-Xannim va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi. 30  Osher qabilasiga tegishli hududdan+ Mishol bilan Abdo‘n va ularning yaylovlari, 31  Xelkat+ bilan Rexob+ va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi. 32  Naftali qabilasining hududidan odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlar+, ya’ni Jaliladagi Kedesh+ va uning yaylovlari, Xammut-Do‘r bilan Kartan va ularning yaylovlari — uchta shahar berildi. 33  Gershon o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha jami 13 ta shahar va ularning yaylovlari berildi. 34  Marori o‘g‘illarining oilalariga+ tegishli qolgan levilarga Zabulun qabilasining hududidan+ Yoxnayom+ bilan Kartax va ularning yaylovlari, 35  Dimna bilan Nahalil+ va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi. 36  Ruben qabilasining hududidan Bazer+ bilan Yaxaz va ularning yaylovlari+, 37  Kadamo‘t bilan Mifat va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi. 38  Gad qabilasining hududidan+ odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlar, ya’ni Giladdagi Ramo‘t+ bilan Moxanayim+ va ularning yaylovlari, 39  Xashbon+ bilan Yazir+ va ularning yaylovlari — jami to‘rtta shahar berildi. 40  Levilarning qolgan oilalariga, Marori o‘g‘illarining oilalariga qur’a bo‘yicha jami 12 ta shahar berildi. 41  Isroilliklar mulkidan levilarga jami 48 ta shahar va ularning yaylovlari ajratildi+. 42  Bu shaharlarning atrofida yaylovlar bor edi. 43  Shunday qilib, Yahova isroilliklarning ota-bobolariga beraman, deb qasam ichgan yerlarning hammasini berdi+ va ular uni egallab olib, unda o‘rnashdi+. 44  Bundan tashqari, Yahova ularning ota-bobolariga qasam ichib aytganiday, ularga har tomondan osoyishtalik ato etdi+ va dushmanlaridan hech biri ularga qarshi tura olmadi+. Yahova g‘animlarining hammasini ularning qo‘liga topshirdi+. 45  Yahova Isroil xonadoniga qanday yaxshi va’dalar bergan bo‘lsa, birortasi ham bajarilmay qolmadi, va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi+.

Izohlar