Yoshua 3:1-17

  • Isroil Iordanni kechib o‘tadi (1-17)

3  Yoshua ertalab barvaqt turdi-da, barcha Isroil o‘g‘illari bilan Shitimdan+ yo‘lga chiqib, Iordanga yetib keldi. Daryoni kechib o‘tishdan avval, tunni o‘sha yerda o‘tkazishga qaror qilishdi.  Uch kundan so‘ng boshliqlar+ qarorgoh bo‘ylab yurib,  xalqqa shunday amr berishdi: «Levi ruhoniylari+ Allohingiz Yahovaning ahd sandig‘ini ko‘tarib ketayotganini ko‘rishingiz bilanoq, o‘z joylaringizdan qo‘zg‘alib, ularning ketidan boringlar.  Lekin ahd sandig‘i bilan sizlarning orangizdagi masofa 2 000 tirsak* bo‘lsin. Unga yaqinlashmanglar. Shu yo‘sin qaysi yo‘ldan yurish kerakligini bilib olasizlar, chunki ilgari bu yo‘ldan yurmagansizlar».  Yoshua xalqqa: «O‘zingizni poklang*+, chunki ertaga Yahova orangizda ajoyib ishlar qiladi»+,— dedi.  Keyin u ruhoniylarga: «Ahd sandig‘ini ko‘taringlar-da+, xalq oldida boringlar»,— deb aytdi. Shunda ular ahd sandig‘ini ko‘tarib, xalq oldida borishdi.  Yahova Yoshuaga dedi: «Men Muso bilan bo‘lganimday+, sen bilan ham bo‘lishimni+ bilishlari uchun, barcha Isroil o‘g‘illarining ko‘z oldida bugundan seni yuksaltirishni boshlayman+.  Ahd sandig‘ini ko‘tarib boradigan ruhoniylarga: “Iordan daryosiga yetib kelganingizda, oyoqlaringiz suvga tegishi bilanoq to‘xtanglar”+,— deb buyruq ber».  Yoshua Isroil o‘g‘illariga: «Bu yoqga kelinglar, Tangringiz Yahovaning so‘zlarini tinglanglar»,— deb aytdi. 10  Keyin Yoshua ularga shunday dedi: «Allohingiz oldingizdan kan’onliklar, xetiylar, xiviylar, pariziylar, girgoshiylar, amoriylar va yobusiylarni albatta haydab chiqaradi+. O‘shanda barhayot Xudoyingiz orangizda ekanini bilib olasizlar+. 11  Butun olam Rabbining ahd sandig‘i sizlardan oldin Iordanga kiradi. 12  Endi Isroil qabilalaridan 12 kishini — har bir qabiladan bittadan kishini tanlab olinglar+. 13  Butun olam Rabbi Yahovaning ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylarning oyoqlari Iordan suvlariga tegishi bilanoq, Iordanning oqayotgan suvlari to‘g‘on bilan to‘sib qo‘ygandek to‘xtab qoladi»+. 14  Shunday qilib Iordanni kechib o‘tishdan avval, xalq qarorgohdan yo‘lga chiqdi va ahd sandig‘ini+ ko‘targan ruhoniylar xalqning oldida borishdi. 15  Iordanga yetib kelgach, sandiqni ko‘tarib olgan ruhoniylarning oyoqlari Iordan sohilidagi suvlarga tegishi bilanoq, (o‘rim-yig‘im paytida Iordan suvlari qirg‘og‘idan toshib oqardi+) 16  oqayotgan suvlar to‘xtab qoldi. Suvlar Zoraton yaqinidagi Adama shahri oldida, to‘g‘on bilan to‘sib qo‘ygandek ancha uzoqda to‘xtab qoldi. Arabadagi dengizga, ya’ni Tuz dengiziga* quyiladigan suvlar esa qurib qoldi. Suvlar to‘xtab qolgach, xalq daryoning Yerixo shahrining ro‘parasidan kechib o‘tdi. 17  Butun Isroil xalqi quruq yerdan yurib+, Iordan daryosini kechib o‘tmaguncha, Yahovaning ahd sandig‘ini ko‘tarib kelayotgan ruhoniylar Iordanning o‘rtasida, quruq yerda qo‘zg‘almay turishdi+.

Izohlar

Yoki «muqaddas qiling».
Ya’ni O‘lik dengizga.