Yoshua 4:1-24

  • Toshlar eslatma sifatida xizmat qiladi (1-24)

4  Butun xalq Iordanni kechib o‘tishi bilanoq, Yahova Yoshuaga shunday dedi:  «Xalq ichidan 12 kishini — har bir qabiladan bitta odamni tanla+  va ularga: “Iordanning o‘rtasidan, ruhoniylar qo‘zg‘almay turgan joydan+ 12 ta toshni o‘zingiz bilan olib kelinglar va bugun tunab qoladigan yerga keltirib qo‘yinglar”+,— deb buyur».  Yoshua Isroil o‘g‘illari orasidan o‘zi tayinlagan 12 kishini, har bir qabiladan bittadan odamni chaqirdi.  Ularga quyidagilarni aytdi: «Xudoyingiz Yahovaning sandig‘i oldidan o‘tib, Iordanning o‘rtasiga boringlar va har biringiz bittadan toshni yelkangizda ko‘tarib kelinglar. Isroil o‘g‘illarining qabilalari soniga muvofiq,  bu toshlar sizlar uchun nishona bo‘lib xizmat qiladi. Bordi-yu, farzandlaringiz keyinchalik: “Nega bu toshlarni bu yerga qo‘ygansizlar?”+ — deb so‘rashsa,  ularga: “Bu toshlar, Isroil xalqi uchun asrlar osha eslatma sifatida xizmat qiladi+. Chunki Yahovaning ahd sandig‘i Iordandan olib o‘tilayotganda, Iordan suvlari to‘xtab qolgan edi”+,— deb aytinglar».  Isroil o‘g‘illari hammasini Yoshua aytganiday qilishdi. Yahova Yoshuaga buyurganiday, ular Isroil o‘g‘illarining qabilalari soniga muvofiq Iordanning o‘rtasidan 12 ta toshni olib kelishdi-da, o‘zlari tunab qoladigan yerga keltirib qo‘yishdi.  Yoshua shuningdek, Iordanning o‘rtasiga, ahd sandig‘ini ko‘tarib turgan ruhoniylarning oyoqlari tekkan joyga+ 12 ta toshni o‘rnatdi. Bu toshlar bugungacha o‘sha yerdadir. 10  Yahova xalqqa Yoshua orqali buyurganlarning, Muso Yoshuaga buyurganlarning bari amalga oshirilmaguncha, ruhoniylar ahd sandig‘ini ko‘targancha Iordanning o‘rtasida turishdi. Xalq esa shoshilinch tarzda daryodan o‘tib ketdi. 11  Butun xalq daryodan o‘tib bo‘lgach, ruhoniylar xalqning ko‘z o‘ngida Yahovaning ahd sandig‘i bilan birga xalq turgan tomonga o‘tib olishdi+. 12  Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi Musoning ularga bergan ko‘rsatmasiga binoan+, Isroil o‘g‘illari oldida jangovar tartibda daryodan o‘tishdi+. 13  Jang qilish uchun qurollangan taxminan 40 000 askar Yahovaning oldida daryoni kechib, Yerixo dashtlari tomonga o‘tdi. 14  O‘sha kuni Yahova barcha Isroil o‘g‘illarining ko‘z oldida Yoshuani yuksaltirdi+. Ular Musoni chuqur hurmat qilganday, Yoshuani ham butun hayoti davomida hurmat qilishdi+. 15  Keyin Yahova Yoshuaga: 16  «Shohidlik sandig‘ini ko‘tarib turgan ruhoniylarga Iordan daryosidan chiqishni buyur»+,— dedi. 17  Shunda Yoshua ruhoniylarga: «Iordandan chiqinglar»,— deb buyurdi. 18  Iordanning o‘rtasida Yahovaning ahd sandig‘ini ko‘tarib turgan ruhoniylar+ daryodan chiqishdi. Ular quruq yerga qadam bosishi bilanoq, Iordan suvlari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha, avvalgiday qirg‘oqlaridan toshib oqa boshladi+. 19  Xalq birinchi oyning o‘ninchi kuni Iordandan o‘tib, Yerixoning sharqiy chegarasi bo‘lmish Gilgalda qarorgoh qurdi+. 20  Iordandan olib chiqilgan 12 ta toshni Yoshua Gilgalga keltirib qo‘ydi+. 21  So‘ng u Isroil o‘g‘illariga quyidagilarni aytdi: «Kelajakda bolalaringiz sizlardan: “Bu toshlar nimani bildiradi?”+ — deb so‘rashsa, 22  ularga shunday deb tushuntiringlar: “Isroil xalqi Iordan daryosidan, quruq yerdan o‘tgan+. 23  Tangringiz Yahova ko‘z oldimizda Qizil dengiz suvlarini o‘tib ketmagunimizcha quritib qo‘yganidek, Iordanni kechib o‘tganimizda ham Xudoyingiz Yahova daryo suvlarini quritgan edi+. 24  Yer yuzidagi barcha xalqlar Yahovaning qo‘li qanchalik qudratli ekanini bilib olishi+ va sizlar hamisha Allohingiz Yahovadan qo‘rqishingiz uchun U shunday qildi”».

Izohlar