Yoshua 9:1-27

  • Farosatli givonliklar sulh tuzishga keladi (1-15)

  • Givonliklar fosh etiladi (16-21)

  • Givonliklar o‘tin teruvchi va suv tashuvchi bo‘ladi (22-27)

9  Iordanning g‘arbiy tomonida+ — o‘rtadagi tog‘li hududda, Shefelada, Buyuk dengiz* sohilida+ va Livanning ro‘parasida yashovchi xetiylar, amoriylar, kan’onliklar, pariziylar, xiviylar va yobusiylarning shohlari nima bo‘lganidan xabar topgach+,  Yoshuaga hamda Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun ittifoq tuzishdi+.  Yoshua Yerixo bilan Ay+ shaharlarini ne ko‘yga solganini Givon+ aholisi ham eshitdi+.  Shu bois, ular uzoqni ko‘zlab ish qilishdi. Ular eskirgan xurjunlarga oziq-ovqat solib, yirtiqlari yamalgan meshlarni olishdi-da, eshaklarga ortishdi.  Oyoqlariga eskirgan va yamalgan sandallarni, egnilariga juldur kiyimlarni kiyishdi. O‘zlari bilan suvi qochgan, uvalanib ketgan nonlarni olishdi.  Keyin ular Yoshuaning oldiga, Gilgaldagi qarorgohga+ borishdi-da, unga va isroilliklarga: «Biz uzoq yurtdan keldik. Iltimos, biz bilan sulh tuzinglar»,— deyishdi.  Ammo isroilliklar xiviylarga+: «Ehtimol, sizlar bizga yaqin joyda yasharsizlar. Qanday qilib sizlar bilan sulh tuzamiz?»+ — deb aytishdi.  Ular Yoshuaga: «Biz xizmatkorlaringizmiz»,— deb javob qaytarishdi. Yoshua ulardan: «Sizlar kimsizlar? Qayerdan kelgansizlar?» — deb so‘radi.  Ular javoban bunday deyishdi: «Biz Tangringiz Yahovaning ismini hurmat qilganimiz uchun juda uzoq yurtdan keldik+. Chunki Xudoyingizning shuhrati va Uning Misr yurtida qilgan barcha ishlarini eshitdik+. 10  Iordanning narigi tomonida* yashagan amoriylarning ikkita shohi — Xashbon shohi Sixo‘n+ va Ashtaro‘tdagi Bashan shohi O‘g+ bilan nima qilganini eshitdik. 11  Shu sababli, yurtimizning oqsoqollari va butun aholisi bizga quyidagicha aytishdi: “Yo‘lga oziq-ovqat olinglar-da, ularning oldiga boringlar. Ularga: “Biz sizlarning xizmatkorlaringiz bo‘laylik+, iltimos, biz bilan sulh tuzinglar”+,— denglar”. 12  Oldingizga kelish uchun uyimizdan chiqqanimizda, olgan nonlarimiz issiq edi. Endi esa qarang, ularning suvi qochib, uvalanib ketdi+. 13  Meshlarimizni sharobga to‘ldirganimizda, meshlarimiz yangi edi, hozir esa ular yorilib ketdi+. Uzoq yo‘l yurganimizdan kiyimlarimiz ham, sandallarimiz ham yirtilib ketdi». 14  Shunda isroilliklar ularning oziq-ovqatidan oz-moz olib, tekshirib ko‘rishdi, ammo Yahovadan yo‘l-yo‘riq so‘rashmadi+. 15  Yoshua ularni tirik qoldirish uchun tinchlik sulhini tuzdi+. Jamoa yo‘lboshchilari ham ularga qasam ichdi+. 16  Ular bilan sulh tuzilgandan uch kun o‘tgach, isroilliklar ular qo‘shni ekanini va yaqin joyda yashashini eshitib qolishdi. 17  Isroil o‘g‘illari yo‘lga chiqib, uchinchi kuni ularning shaharlariga yetib kelishdi. Ularning shaharlari Givon+, Xafira, Bero‘t va Xirat-Yorim+ edi. 18  Biroq jamoa yo‘lboshchilari ularga Isroilning Tangrisi Yahova haqqi qasam ichganlari bois, isroilliklar ularga hujum qilishmadi+. Butun jamoa esa yo‘lboshchilardan noliy boshladi. 19  Shunda barcha yo‘lboshchilar jamoaga quyidagilarni aytishdi: «Biz Isroilning Xudosi Yahova haqqi qasam ichgan ekanmiz, ularga zarar yetkaza olmaymiz. 20  Allohning nafratiga duchor bo‘lmaslik uchun, ichgan qasamimizga binoan ularni tirik qoldiramiz»+. 21  Yo‘lboshchilar yana: «Mayli, ular tirik qolishsin. Butun jamoaga o‘tin teruvchi va suv tashuvchi bo‘lib xizmat qilishsin»,— deb aytishdi. Shunday qilib, yo‘lboshchilar bergan va’dalarida turishdi. 22  Yoshua ularni chaqirib, dedi: «Nega bizni: “Biz ancha uzoq yerdan keldik”,— deb aldadingiz? Axir bizga juda yaqin joyda yashar ekansizlar-ku?!+ 23  Endi la’natga qolgan xalqsizlar+. Xudoyimning uyi uchun doimo o‘tin teruvchi va suv tashuvchi qullar bo‘lasizlar». 24  Ular Yoshuaga javoban deyishdi: «Allohingiz Yahova xizmatchisi bo‘lmish Musoga butun yurtni sizlarga berishini, aholisini esa oldingizda yo‘q qilib tashlashga buyruq berganini+ biz qullaringizga aytishganda, sizlar tufayli jonimizdan ayrilishdan qo‘rqib+ shunday qildik+. 25  Endi sizning ixtiyoringizdamiz. Nimani ma’qul va to‘g‘ri deb bilsangiz, shunday yo‘l tuting». 26  Yoshua ularning o‘tinchiga yarasha yo‘l tutib, ularni isroilliklarning qo‘lidan qutqarib qoldi va isroilliklar ularni o‘ldirmadi. 27  O‘sha kuni Yoshua ularni butun jamoa uchun hamda Yahova O‘zining qurbongohi uchun tanlagan yerda+ o‘tin teruvchi va suv tashuvchi qilib tayinladi+. Ular bugungacha shu ishlarni bajarib kelishyapti+.

Izohlar

Ya’ni O‘rta dengiz.
Ya’ni sharq tomonida