Yunus 2:1-10
2 Yunus baliqning qornida bo‘lganda, Xudosi Yahovaga ibodat qilib+,
2 shunday dedi:
«Qayg‘u chekkanimda Yahova Senga iltijo qildim va Sen menga javob berding+.
Mozor* qa’ridan yalinib yordam so‘radim+.
Sen ovozimni eshitding.
3 Meni dengiz qa’riga, ummon bag‘riga uloqtirganingda,Suvlar oqimi meni yutib yubordi+.
Kuchli to‘lqinlaring ustimga yopirilib keldi+.
4 Shunda: “Men ko‘z oldingdan haydaldim.
Muqaddas ma’badingni* endi qayta ko‘ra olamanmi?” — dedim.
5 Suvlar meni qurshab olgani bois, jonim* uzilishiga sal qoldi+.Chuqur suvlar meni qamrab oldi.
Dengiz o‘tlari boshimga o‘ralib qoldi.
6 Dengiz* tubiga g‘arq bo‘ldim.
Yer darvozalari qulflanib, men abadiy qamalib qoldim.
Lekin Sen, ey Allohim Yahova, meni chuqurlikdan tirik olib chiqding+.
7 Umr chirog‘im* o‘chay deganda, Yahova, Seni yodga oldim+.
Ibodatim Senga, muqaddas ma’badingga qadar yetib bordi+.
8 Befoyda butlarga sig‘inadiganlar mehr-sadoqat manbaini rad etishdi*.
9 Men esa, Senga shukronalar aytib, qurbonlik keltiraman.
Ichgan qasamimni bajaraman+.
Ey Yahova, najot faqat Sendan keladi!»+
10 So‘ng, Yahovaning buyrug‘i bilan baliq Yunusni quruqlikka chiqarib yubordi*.
Izohlar
^ Yoki «hayotim».
^ So‘zma-so‘z «Tog‘lar».
^ Yoki «jonim».
^ Boshqa variant «sadoqatli bo‘lishdan voz kechishdi».
^ So‘zma-so‘z «qusib tashladi».