Yunus 3:1-10

  • Yunus Xudoga quloq solib, Nineviyaga yo‘l oldi (1-4)

  • Nineviya aholisi Yunusning xabariga ishonib tavba qildi (5-9)

  • Xudo Nineviyani vayron qilish niyatidan qaytdi (10)

3  So‘ng Yahova ikkinchi marta Yunusga+:  «O‘rningdan tur-da, buyuk Nineviya+ shahriga borib, senga aytgan xabarimni e’lon qil»,— deb buyurdi.  Yunus o‘rnidan turdi va Yahovaning+ aytganiga quloq solib, Nineviyaga+ yo‘l oldi. Bu shahar juda katta* bo‘lib, uni aylanib chiqishga uch kun ketardi.  Nihoyat, Yunus shaharga kirib: «40 kundan keyin Nineviya vayron qilinadi»,— deya kun bo‘yi jar solib yurdi.  Nineviya aholisi Xudoga ishondi+. Ular ro‘za e’lon qilib, kichigidan tortib kattasigacha julga o‘randi.  Xabar Nineviya shohiga yetib borganda, u taxtidan tushib, shohona liboslarini yechdi-da, julga o‘ranib, kulga o‘tirdi.  Bundan tashqari, u butun Nineviya bo‘ylab quyidagilarni e’lon qilishni buyurdi:«Shoh va uning amaldorlarining farmonini eshitinglar: odamlar ham, hayvonlar ham, qoramol-u qo‘y-echkilar ham hech narsa yemasin. Ovqat ham yemasin, suv ham ichmasin.  Odamlar o‘zini va hayvonlarni julga o‘rasin. Ular Allohga yalinib-yolvorsin, yomon yo‘ldan qaytib, zo‘ravonlik qilishdan voz kechsin.  Kim bilsin, balki haq Tangri niyatidan qaytib*, otashin g‘azabidan tushar. Ehtimol, shunda halok bo‘lmasmiz». 10  Haq Tangri ularning harakatini, yomon yo‘ldan qaytganini ko‘rib+, boshlariga falokat yog‘dirish niyatidan qaytdi+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «Xudo uchun buyuk».
Yoki «afsuslanib».