Zabur 101:1-8

  • Benuqsonlik yo‘lida yurgan hukmdor

    • Takabburlarga toqat qilmayman (5)

    • «Sodiq insonlarga nazar solaman» (6)

Dovud sanosi. Qo‘shiq. 101  Mehr-sadoqating va adolatingni tarannum etaman. Ey Yahova, Senga madhlar kuylayman.   Men aql bilan ish qilib, benuqsonlik yo‘lidan yuraman. Qachon menga yordamga kelasan? O‘z uyimda sofdil bo‘lib+ yuraman.   Ko‘z oldimga yaramas narsalarni qo‘ymayman. To‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketganlarning ishlaridan jirkanaman+,Ularning yaqiniga ham yo‘lamayman.   Yuragida yovuzlik in qurganlar yonimda yurmaydi.Yomonlikni ma’qullamayman.   O‘z yaqiniga yashirincha tuhmat qiladigan kishining+Og‘zini yopaman. Nigohida takabburlik, qalbida mag‘rurlik bor kimsaningQilmishlariga toqat qilmayman.   Men bilan birga yashasin deya,Yer yuzidagi sodiq insonlarga nazar solaman. Benuqson yurgan odam menga xizmat qiladi.   Hech bir hiylagar uyimda yashamaydi,Yolg‘onchilar huzurimda turmaydi.   Dunyoning yovuzlarini har tong yo‘q qilaman,Yomonlik qiluvchilarni Yahovaning shahridan qirib tashlayman+.

Izohlar