Zabur 113:1-9
113 Yahni madh eting!*
Ey, Yahovaning xizmatchilari, Unga hamd-u sano ayting!Yahovaning ismiga maqtovlar ayting!
2 Hozirdan boshlab toabadYahovaning ismiga maqtovlar yog‘ilsin!+
3 Kunchiqar tomondan to kunbotar tomongacha,Yahovaning ismiga hamd-u sanolar bo‘lsin!+
4 Yahova barcha xalqlar ustidan yuksalgan+,Uning ulug‘vorligi osmondan ham yuksakdir+.
5 Yuqorida maskan qurgan* Zotga,Xudoyimiz Yahovaga kim teng kela oladi?+
6 U egilib osmon bilan yerga qaraydi+,
7 Bechorani tuproqdan,
Kambag‘alni kuldan* turg‘izadi+.
8 Uni asilzodalar bilan,Xalq asilzodalari bilan birga o‘tqazadi.
9 U bepusht ayolni onalik baxtiga musharraf qiladi+.Uni uyli-joyli qilib, shodlik ato etadi.
Yahni madh eting!
Izohlar
^ Yoki «Halleluya!» «Yah» — bu Yahova degan ismning qisqacha shakli.
^ Yoki «taxtda o‘tirgan».
^ Boshqa variant «axlat uyumidan».