Zabur 118:1-29

  • Yahovaning g‘alabasi uchun shukrona

    • «Qayg‘uli kunimda Yahni chaqirdim» (5)

    • «Yahova men tomonda» (6, 7)

    • Burchakka qo‘yiladigan negiz toshi (22)

    • «Yahovaning nomidan kelayotgan inson» (26)

118  Yahovaga shukronalar ayting, chunki U yaxshidir+,Uning mehr-sadoqati toabad bor bo‘ladi.   Isroil xalqi ham: «Uning mehr-sadoqati toabad bor bo‘ladi»,— deb aytsin.   Horun xonadoni ham: «Uning mehr-sadoqati toabad bor bo‘ladi»,— deb aytsin.   Yahovadan qo‘rqadiganlar ham: «Uning mehr-sadoqati toabad bor bo‘ladi»,— deb aytsin.   Qayg‘uli kunimda Yahni* chaqirdim,Yah menga javob berib, xavfsiz yerga olib bordi+.   Yahova men tomonda ekan, qo‘rqmayman+. Inson menga nima ham qila olardi?!+   Yordamchim Yahova men tomonda ekan*+,Mendan nafratlanganlar mag‘lubiyatini o‘z ko‘zim bilan ko‘raman+.   Insonlarga umid bog‘lagandan ko‘ra,Yahovadan panoh topgan afzalroq+.   Beklarga tayangandan ko‘ra,Yahovadan panoh topgan afzalroq+. 10  Barcha xalqlar meni o‘rab oldi,Ammo Yahovaning ismi bilanmen ularni quvib soldim+. 11  Ular meni qurshab oldi, ha, batamom qurshovda qoldim,Ammo Yahovaning ismi bilan men ularni quvib soldim. 12  Ular xuddi asalarilar kabi meni o‘rab oldi,Lekin tikanday lov etib yondi-yu, birpasda o‘chib qoldi. Yahovaning ismi bilanMen ularni quvib soldim+. 13  Ular meni yiqitish uchun qattiq itarib yubordi*,Lekin Yahova menga yordam berdi. 14  Yah boshpanam va qudratimdir,U mening xaloskorim bo‘ldi+. 15  Odil kishilarning chodiridanQuvonch va g‘alaba hayqiriqlari eshitiladi. Yahovaning o‘ng qo‘li qudratli ishlar qiladi+. 16  Yahovaning o‘ng qo‘li baland ko‘tariladi,Yahovaning o‘ng qo‘li qudratli ishlar qiladi+. 17  Yahning ishlarini e’lon qilish uchunMen o‘lmayman, men yashayman+. 18  Yah meni qattiq jazoladi+,Ammo o‘limga topshirmadi+. 19  Menga odillik darvozalarini oching!+Ulardan kirib, Yahni madh etay! 20  Bu Yahovaning darvozasidir. Odillar u orqali kiradi+. 21  Seni madh etaman, zero menga javob berding+,Mening xaloskorim bo‘lding. 22  Quruvchilar keraksiz deb tashlagan tosh,Burchakka qo‘yiladigan negiz toshi* bo‘lib chiqdi+. 23  Buni Yahovaning O‘zi qildi+,Ko‘z o‘ngimizda mo‘jiza bo‘ldi+. 24  Bu kunni Yahova belgilagan,Bu kuni shod bo‘lib, xursandchilik qilamiz. 25  Ey Yahova, o‘tinamiz, bizni qutqar! Yahova, yolvoramiz, bizga g‘alaba ato et! 26  Yahovaning nomidan kelayotgan inson baraka topsin!+Yahovaning uyida sizlarni duo qilamiz. 27  Yahova bizning Xudoyimizdir,U bizga nur taratadi+. Qo‘lingizga novdalar olib, tantanali yurishda ishtirok eting+,Qurbongoh shoxlari oldigacha boring+. 28  Sen mening Xudoyimsan, Seni madh etaman!Allohim, Seni ulug‘layman+. 29  Yahovaga shukronalar ayting+, chunki U yaxshidir,Uning mehr-sadoqati toabad bor bo‘ladi+.

Izohlar

Yahova degan ismning qisqacha shakli.
Boshqa variant «menga yordam berayotganlar bilan birga».
Boshqa variant «Sen meni qattiq itarding».
So‘zma-so‘z «burchak boshi». Lug‘atda q.