Zabur 126:1-6
Ziyorat qo‘shig‘i.
126 Yahova surgun qilinganlarni Sionga qayta yiqqanda+,Biz tush ko‘ryapmiz deb o‘yladik.
2 O‘shanda yuzimizdan kulgi,Tilimizdan quvonch hayqiriqlari arimadi+.
Xalqlar o‘zaro shunday dedi:
«Yahova ular uchun buyuk ishlar qildi»+.
3 Yahova biz uchun buyuk ishlar qilganidan+Biz behad baxtiyormiz.
4 Yomg‘ir suvlari Nagavdagi soylarni* to‘ldirganiday,Ey Yahova, surgunda bo‘lganlarimizni ortga qaytar.
5 Ko‘z yoshlar bilan urug‘ ekkanlarQuvonch bilan hosil yig‘adi.
6 Urug‘ xaltasini ko‘tarib,Yig‘lagancha dalaga chiqib ketgan kishi,Hosilini ko‘tarib+,Shodlik hayqiriqlari bilan qaytadi+.
Izohlar
^ Yoki «janubdagi vodiylarni».