Zabur 132:1-18

  • Dovud va Sion tanlandi

    • «Moylanganingni rad etma» (10)

    • Sion ruhoniylariga najotni kiyimday kiydiradi (16)

Ziyorat qo‘shig‘i. 132  Ey Yahova, Dovudni,Uning barcha azob-uqubatlarini esla+.   U Yahovaga qasam ichgan edi,Yoqubning Qodir Xudosiga shunday va’da bergandi+:   «Men chodirimga, o‘z uyimga kirmayman+. Yotog‘imga, o‘z to‘shagimga yotmayman.   Ko‘zlarimga uyqu bermayman,Qovoqlarim yumilishiga yo‘l qo‘ymayman,   Yahova uchun bir makon,Yoqubning Qodir Xudosi uchun a’lo maskan topmaguncha tinmayman»+.   Biz bu haqda Efratada+ eshitdik,Uni o‘rmonda topdik+.   Yuringlar, Uning maskaniga kiraylik+,Oyoq qo‘yadigan kursisi oldida sajda qilaylik+.   Qo‘zg‘al, ey Yahova, maskan qilgan yeringga+Qudrating ramzi bo‘lmish ahd sandig‘i bilan kir+.   Ruhoniylaring odillikni kiyimday kiyib olsin,Senga sadoqatli bo‘lganlar quvonchdan hayqirsin. 10  Xizmatkoring Dovud haqqiMoylanganingni rad etma+. 11  Yahova Dovudga ont ichgan edi.U bergan so‘zidan aslo qaytmaydi: «Naslingdan bo‘lgan bittasiniTaxtingga o‘tqazaman+. 12  Agar o‘g‘illaring ahdimga,Men beradigan eslatmalarimga rioya qilsa+,Ularning o‘g‘illari hamSening taxtingda abadiy o‘tiradi»+. 13  Zero, Yahova Sionni tanladi+.Uni O‘ziga maskan qilishni istab+, shunday dedi: 14  «Bu yer Mening abadiy maskanimdir.Men shu yerda yashayman+, chunki bu Mening irodamdir. 15  Bu shaharga oziq-ovqatni mo‘l qilib beraman,Undagi kambag‘allarni nonga to‘ydiraman+. 16  Ruhoniylariga najotni kiyimday kiydiraman+,Undagi sadoqatli kishilar quvonchdan hayqiradi+. 17  O‘sha yerda Dovudning qudratini oshiraman*. Moylanganim uchun chiroq tayyorlab qo‘yganman+. 18  Dushmanlariga sharmandalikni kiyimday kiydiraman,Uning boshidagi tojni esa yarqirataman»+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «muguzi yuksaladi».