Zabur 139:1-24

  • Tangri O‘z xizmatchilarini yaxshi biladi

    • Allohning ruhidan qochib bo‘lmaydi (7)

    • Naqadar ajoyib yaratilganman (14)

    • «Pusht shaklida bo‘lganimda ko‘zlaring meni ko‘rgan» (16)

    • «Meni abadiyat yo‘lidan yetakla» (24)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi. Qo‘shiq. 139  Ey Yahova, Sen meni o‘rganib chiqding, Sen meni bilasan+.   Qachon o‘tirib, qachon turishimdan xabardorsan+. O‘y-fikrimni uzoqdan turib tushunasan+.   Yurganimda ham, yotganimda ham meni kuzatib turasan,Hamma yo‘llarim Senga ma’lumdir+.   Tilimga so‘z kelmay turib,Ey Yahova, Sen nima deyishimni allaqachon bilasan+.   Orqa va oldimdan meni qo‘riqlab turibsan,Qo‘lingni ustimga qo‘ygansan.   Bunday narsalarni aqlimga sig‘dirish qiyin. Ular shunchalik yuksakki, ularni anglay olmayman+.   Sening ruhingdan qayerga ham qochib ketardim?!Meni ko‘rmasliging uchun qayerga ham yashirina olardim?!+   Agar osmonga ko‘tarilsam, Sen o‘sha yerda bo‘lasan,Qabrda* o‘zimga to‘shak solsam, o‘sha yerda ham meni topasan!+   Bordi-yu, eng olis dengiz bo‘yida yashash uchunTong qanotlarini olib uchib ketsam ham, 10  Hatto o‘sha yerda Sening qo‘ling meni yetaklaydi,O‘ng qo‘ling meni ushlab turadi+. 11  Agar: «Qorong‘ilik meni yashiradi!» — deb aytsam, Meni chulg‘ab olgan tun yorishib ketadi. 12  Zulmat ham Sen uchun qorong‘i bo‘lmaydi,Tun esa kunduz kabi yorug‘ bo‘ladi+.Zulmat Sen uchun yorug‘lik singaridir+. 13  Axir buyraklarimni O‘zing yaratgansan-ku,Onam qornida meni parda bilan qoplagansan*+. 14  Seni madh etaman! Naqadar hayratli, ajoyib yaratilganman+. Ijodlaring g‘aroyibdir+,Men buni juda yaxshi bilaman. 15  Men pinhon yaratilganimda,Onam qornida rivojlanganimda*Suyaklarim Sendan yashirin emas edi+. 16  Hali pusht shaklida bo‘lganimda ko‘zlaring meni ko‘rgan.Tanamdagi a’zolar vujudga kelmay turib,Ularning har birini,Ular qachon shakllanganini O‘z kitobingga yozib qo‘ygansan. 17  Sening fikrlaring men uchun qadrlidir!+ Ey Tangri, ular benihoya ko‘pdir!+ 18  Ularni sanashga urinsam, qum zarralariday behisobdir+. Uyqudan uyg‘onganimda, xayolimda hamon Sensan*+. 19  Ey Xudo, koshki yovuzni o‘ldirsang edi!+ Shunda zo‘ravonlar* mendan uzoqlashardi. 20  Ular yovuz niyat bilan Senga qarshi gapirayotgan,Ismingni noo‘rin tarzda tilga olayotgan dushmanlaringdir+. 21  Ey Yahova, Sendan nafratlanganlardan men ham nafratlanaman+,Senga qarshi isyon ko‘targanlardan jirkanaman+. 22  Ulardan nihoyatda nafratlanaman+,Ular mening ashaddiy dushmanlarimdir. 23  Ey Tangri, meni o‘rganib chiqib, yuragimni bilib ol+. Meni tekshirib, tashvishli o‘y-fikrlarimdan xabardor bo‘l+. 24  Qarab ko‘r-chi, menda yomon bir moyillik bormikan?+Meni abadiyat yo‘lidan yetakla+.

Izohlar

Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
Boshqa variant «meni to‘qigansan».
So‘zma-so‘z «yerning tubida to‘qilganimda».
Boshqa variant «hamon ularni sanayotgan bo‘laman».
Yoki «xunrezlar».