Zabur 15:1-5

  • «Ey Yahova, chodiringda kim mehmon bo‘ladi?»

    • Qalbida haqiqatni gapiradi (2)

    • Tuhmat qilmaydi (3)

    • Zarariga bo‘lsa-da, va’dasini bajaradi (4)

Dovud sanosi. 15  Ey Yahova, chodiringda kim mehmon bo‘ladi? Muqaddas tog‘ingda kim yashaydi?+   Benuqson hayot kechiradigan+,To‘g‘ri ishlar qiladigan+,Qalbida haqiqatni gapiradigan kishi+ bunga erishadi.   U tili bilan o‘zgalarga tuhmat qilmaydi+,O‘z yaqiniga hech qanday yomonlik qilmaydi+,Do‘stlarini badnom qilmaydi+.   Razil kimsalarni u rad etadi+,Yahovadan qo‘rqadiganlarga esa hurmat ko‘rsatadi. O‘z zarariga bo‘lsa-da, bergan va’dasining ustidan chiqadi+.   Foyda ko‘rish uchun qarzga pul bermaydi+,Aybsizni qoralash uchun pora olmaydi+. Bularga amal qilgan kishi aslo tebranmaydi+.

Izohlar