Zabur 16:1-11

  • Yahova barakalar Manbai

    • «Yahova ulushim» (5)

    • «O‘y-fikrlarim menga ta’lim beradi» (7)

    • «Yahova o‘ng tomonimda» (8)

    • «Sen meni mozorda tashlab ketmaysan» (10)

Miktam*. Dovud sanosi. 16  Meni himoya qil, ey Xudo, chunki Senda boshpana topganman+.   Yahovaga shunday deb aytdim: «Ey Yahova, Sen jamiki barakalarim Manbaisan.   Yer yuzida yashovchi muqaddas kishilar,Ulug‘vor kishilar menga ulkan quvonch baxsh etadi»+.   Boshqa xudolarga xizmat qilayotganlar, dard-alamlarini ko‘paytiradi+. Ularning qon aralash ichimlik nazrlariga aslo sherik bo‘lmayman,Ismlarini tilga ham olmayman+.   Yahova ulushim, nasibamdir+, U mening kosamni to‘ldiradi+. U merosimni qo‘riqlaydi.   Yaxshi yerlar menga ulush bo‘lib tegdi. Ha, menga berilgan merosdan mamnunman+.   Menga pand-nasihat bergan Yahovani+ sharaflayman. Hatto tunda ham chuqur o‘y-fikrlarim* menga ta’lim beradi+.   Yahovani hamisha yodimda tutaman+. U mening o‘ng tomonimda ekan, men hech qachon tebranmayman+.   Shu bois, qalbim quvonadi, butun vujudim shodlanadi. Men xavfsizlikda kun kechiraman. 10  Sen meni mozorda* tashlab ketmaysan+. Sadoqatli xizmatching qabrga tushishiga* yo‘l qo‘ymaysan+. 11  Sen menga hayot so‘qmoqlarini ko‘rsatding+. Huzuringda ulkan shodlik hukmrondir+,O‘ng tomoningda bo‘lish, toabad baxt-saodatga yetaklaydi.

Izohlar

Yoki «teran his-tuyg‘ularim». So‘zma-so‘z «buyraklarim».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
Boshqa variant «chirishiga».