Zabur 17:1-15
Dovudning ibodati.
17 Ey Yahova, o‘tinchimga quloq solib, adolat o‘rnat,Yordam so‘rab iltijo qilganimda meni tingla,Chin yurakdan aytayotgan ibodatimni eshit+.
2 Mening foydamga adolatli hukm chiqar+,Ko‘zlaring to‘g‘ri inson ekanimni ko‘rsin.
3 Sen qalbimni tekshirib, tunda meni ko‘zdan kechirding+,Sen meni pok qilding*+.Hech qanday yomonlikni niyat qilmaganimni,Og‘zim bilan gunoh qilmaganimni ko‘rasan.
4 Odamlarning ishlari haqida aytadigan bo‘lsam,So‘zlaring tufayli, bosqinchining so‘qmoqlaridan chetda yurganman+.
5 Yo‘llaringdan yurishimga ijozat ber,Shunda oyoqlarim qoqilib ketmaydi+.
6 Ey Xudo, Seni chaqiraman, chunki menga javob berasan+.
Menga quloq tut, so‘zlarimni tingla+.
7 Senga qarshi chiqqanlardan qochib,O‘ng qo‘lingdan boshpana izlaydiganlarning Najotkori!Ajoyib ishlaring orqali mehr-sadoqatingni namoyon qil+.
8 Ko‘zing qorachig‘iday meni avaylab+,Qanotlaring soyasida yashirib qo‘y+.
9 Menga hujum qilayotgan yovuz kimsalardan meni himoya qil,Meni o‘rab olib, o‘ldirmoqchi bo‘lgan dushmanlarimdan qutqar+.
10 Ularning yuraklari sezgirligini yo‘qotgan*,Og‘izlaridan takabbur so‘zlar chiqadi.
11 Mana, ular bizni qurshab oldi+,Bizni yiqitish uchun qulay fursat kutib turishibdi.
12 Ularning har biri o‘ljasini tilka-pora qilishga tashna arslonga,Pistirmada pisib o‘tirgan yosh sherga o‘xshaydi.
13 Qo‘zg‘al, ey Yahova, ularga qarshi chiqib+, yer bilan bitta qil,Qilichingni ishga solib, yovuzlardan meni qutqar.
14 O‘z qo‘ling bilan meni xalos qil, ey Yahova!Hozirgi hayotlarida ulushini oladigan bu dunyoning odamlaridan+,Sen berayotgan yaxshi narsalar bilan qornini to‘ydirgan kimsalardan+,Bolalarining bariga meros qoldirayotganlardan meni qutqar.
15 Men bo‘lsam, adolatli yo‘l tutganim uchun, menga iltifot ko‘rsatasan,Huzuringda uyg‘onishdan mamnunman+.
Izohlar
^ Ibroniycha bu ibora metallni eritib, chiqindilardan tozalashni anglatadi.
^ Yoki «Ularni yog‘ bosgan».