Zabur 43:1-5

  • Alloh Hakam sifatida qutqaradi

    • «Nuring va haqiqatingni yubor» (3)

    • «Nega men tushkun ahvoldaman?» (5)

    • «Xudoni kutgin» (5)

43  Ey Allohim, meni oqla+,Mahkamada bevafo xalqga qarshi chiqib, meni himoya qil+. Yolg‘onchi va adolatsiz kishilardan meni qutqar.   Zero, Sen mening Xudoyim, qo‘rg‘onimsan+. Nega meni tark etding? Nega dushmanim zulmi ostida xomush bo‘lib yurishim kerak?+   Nuring va haqiqatingni yubor+, Ular menga yo‘l ko‘rsatsin+,Meni muqaddas tog‘ingga va ulug‘vor muqaddas chodiringga boshlab borsin+.   Shunda men Xudoning qurbongohi oldiga+,Cheksiz quvonchim bo‘lmish Allohning huzuriga kelaman. Ey Tangri, mening Xudoyim, arfa chalib Senga hamdlar aytaman+.   Nega men tushkun ahvoldaman? Ko‘nglim, nega buncha bezovta bo‘lasan? Xudoni kutgin+,Zero, Uni Buyuk Najotkorim va Allohim sifatida yana olqishlayman+.

Izohlar