Zabur 49:1-20

  • Boylikka tayanish ahmoqlik

    • Hech kim boshqani qutqara olmaydi (7, 8)

    • Alloh mozordan qutqaradi (15)

    • Boylik o‘limdan qutqara olmaydi (16, 17)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Ko‘rax o‘g‘illari sanosi+. 49  Tinglang, ey barcha xalqlar! Diqqatli bo‘ling, ey dunyo ahli!   Katta-yu kichik,Boy-u kambag‘allar — baringiz tinglang!   Og‘zimdan dono so‘zlar chiqadi,Qalbimdagi o‘y-fikrlar+ tushuncham borligidan dalolat beradi.   Hikmatli so‘zga e’tibor qarataman,Arfa chalib jumbog‘imning yechimini aytaman.   Meni qulatishga urinayotgan yovuzlar qurshovida qolganimda,Og‘ir kunlar kelganda nega qo‘rqishim kerak?!+   O‘z boyligiga ishonganlar+,Ko‘p mol-mulki bilan maqtanib yurganlarning+   Hech biri hatto birodarini qutqara olmaydi,U uchun Xudoga to‘lov bera olmaydi+.   (Inson hayoti* uchun beriladigan to‘lov bahosi shu qadar qimmatki,Uni to‘lash aslo imkonsizdir.)   U abadiy yashab, qabr yuzini ko‘rmasligi uchun, uni qutqara olmaydi+. 10  Ularning har biri dono odamlar o‘lishini,Ahmoq va beaql kishilar birday halok bo‘lishini+,Ularning boyligi boshqalarga qolib ketishini biladi+. 11  Ular ich-ichidan uylari abadiy qolishini,Uy-joylari nasldan naslga o‘tishini istaydi, Yer-mulklariga o‘z nomlarini beradi. 12  Inson qanchalik obro‘li bo‘lmasin, uzoq yashay olmaydi+,O‘lim oldida u hayvondan farq qilmaydi+. 13  Nodonlarning+, ularga ergashib,Ularning safsatalaridan huzur qiladiganlarning hayot yo‘li shundaydir. (Sela) 14  So‘yiladigan qo‘y singari ular mozorga* haydab boriladi. O‘lim ularga cho‘ponlik qiladi,To‘g‘ri insonlar tong saharda ular ustidan boshqaradi+. Ulardan nom-nishon ham qolmaydi+,Saroy emas, mozor*+ ularning uyi bo‘ladi+. 15  Biroq Alloh jonimni mozor* changalidan qutqaradi+,U meni O‘z himoyasiga oladi. (Sela) 16  Birovning boyligi ko‘payib,Xonadonining obro‘yi oshib ketganidan qo‘rqma. 17  Chunki u o‘lganda, o‘zi bilan hech narsa olib keta olmaydi+,Obro‘yi ham ortidan ergashib bormaydi+. 18  Hayotligida u o‘zini maqtaydi+. (Farovonlikka erishsang odamlar seni ko‘klarga ko‘taradi.)+ 19  Lekin oxir-oqibat u ham ota-bobolariga qo‘shiladi. Ular yorug‘likni qayta ko‘rmaydi. 20  Buni tushunmaydigan inson qanchalik obro‘li bo‘lmasin+,O‘lim oldida u hayvondan farq qilmaydi.

Izohlar

Yoki «joni».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.