Zabur 51:1-19
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Botshevaga+ yaqinlashgandan keyin, oldiga Natan payg‘ambar kelganda Dovudning aytgan sanosi.
51 Ey Allohim, mehr-sadoqating+ ila menga iltifot ko‘rsat,
Cheksiz rahm-shafqating ila qilmishlarimni o‘chirib yubor+.
2 Aybimni mendan batamom yuvib tashla+,Gunohimdan meni pokla+.
3 Chunki qilmishlarimni yaxshi bilaman,Qilgan gunohim hecham xayolimdan ketmayapti+.
4 Men birinchi navbatda Senga qarshi gunoh qildim+,Sening nazaringda yomon bo‘lgan ishni sodir etdim+.
Shu bois, Sening so‘zlaring haq,Chiqargan hukmlaring to‘g‘ridir+.
5 Men gunohkor bo‘lib tug‘ilganman,Onam qornida paydo bo‘lganimdayoq gunohkor edim+.
6 Inson yuragida haqiqatni topganingdan mamnun bo‘lasan+.Ey Xudo, qalbimga chinakam donolikni jo qilgin.
7 Toza bo‘lishim uchun, issop bilan meni gunohimdan pokla+,Qordan ham oppoq bo‘lishim uchun meni yuvib tozala+.
8 Shod-xurramlik tovushlarini eshitishimga ruxsat et,Garchi mening suyaklarimni ezgan bo‘lsang ham, quvonayin+.
9 Mening gunohlarimga qarama+,Hamma xatolarimni o‘chirib tashla+.
10 Ey Xudo, ichimda pok yurak yarat+,Menga yangi+ va barqaror ruh ato et.
11 O‘z huzuringdan meni uloqtirib tashlama,Muqaddas ruhingni mendan olib qo‘yma.
12 Qutqarganingda his qilgan quvonchimni qaytadan baxshida et+,Senga itoat etish istagini* menda uyg‘ot.
13 Qonunbuzarlarga yo‘llaringni o‘rgataman+,Shunda gunohkorlar Senga qaytadi.
14 Ey Xudo, najot beradigan Tangrim+, meni qon to‘kishdan saqla+,Toki xursandchilik ila Sening adolatingni e’lon etayin+.
15 Ey Yahova, gapirishimga ruxsat et,Senga hamd-u sano aytayin+.
16 Chunki Sen qurbonlikni istamading, yo‘qsa keltirgan bo‘lardim+,Butunlay kuydiriladigan qurbonlikni ham xush ko‘rmaysan+.
17 Allohga ma’qul qurbonlik — ezilgan ruhdir.Ey Xudo, singan va ezilgan yurakdan Sen voz kechmaysan+.
18 Ezgu niyat ila Sionga yaxshilik qil,Quddus devorlarini qaytadan bunyod et.
19 Shunda kuydiriladigan qurbonliklar-u barcha nazrlardan,Odil kishilarning keltirgan qurbonliklaridan xursand bo‘lasan,Qurbongohingda buqalar qurbonlikka keltiriladi+.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «tayyorlik ruhini».