Zabur 52:1-9
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Maskil*. Dovud Oximalekning uyiga borganini edomlik Doeg Shoulga yetkazgani haqida Dovudning aytgan sanosi+.
52 Ey zolim, nega qilgan yovuz ishlaring bilan maqtanasan?+
Alloh mehr-sadoqatini hamisha namoyon etishini bilmaysanmi?+
2 Tiling ustaraday o‘tkir+,U ziyon yetkazib, yolg‘on so‘zlarni gapiradi+.
3 Sen yaxshilikdan ko‘ra, yomonlikni ko‘proq sevasan,Haqiqatdan ko‘ra, yolg‘onni ko‘proq gapirasan. (Sela)
4 Ey, yolg‘onchi til!Sen ozor beradigan so‘zlarni yaxshi ko‘rasan.
5 Shu bois, Xudo seni batamom yo‘q qilib yuboradi+,U seni ushlab olib, chodiringdan sudrab chiqaradi+,Yorug‘ dunyodan* seni sug‘urib tashlaydi+. (Sela)
6 Odil kishilar buni ko‘rib, Unga hurmati oshadi+.Ular yovuz kishining ustidan kulib+, shunday deydi:
7 «Xudoni qo‘rg‘onim deb bilmaydigan+,Mol-u davlatiga umid bog‘lab+,Yovuz fitnalariga tayanadigan odamning ahvolini ko‘rib qo‘ying».
8 Men esa, Xudoning uyidagi sershox zaytun daraxtiday bo‘laman,Xudoning mehr-sadoqatiga abadulabad umid bog‘layman+.
9 Qilgan ishlaring uchun toabad Senga hamd-u sanolar aytaman+.Senga sadoqatli bo‘lgan kishilar huzuridaIsmingga umid bog‘layman+, chunki bu yaxshidir.