Zabur 55:1-23
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Torli asboblar jo‘rligida. Maskil*. Dovud sanosi.
55 Ey Allohim, ibodatimga quloq sol+,Rahm so‘rab qilgan iltijoimga beparvo bo‘lma*+.
2 Menga e’tibor qaratib, javob ber+.
Tashvishlarim dastidan halovatimni yo‘qotdim+.Aql-u hushimdan ayrildim.
3 Dushmanimning gaplaridan,Yovuz kimsaning bosimi dastidan shu ko‘yga tushdim.
Chunki ular boshimga balo yog‘dirib,G‘azabga minib, menga qarshi tish qayrayapti+.
4 Yurak-bag‘rim qon bo‘ldi+,O‘lim dahshati meni qamrab oldi+.
5 Meni qo‘rquv va titroq bosdi,Iztirob meni iskanjaga oldi.
6 Men shunday deyman: «Qaniydi kabutarnikiday qanotlarim bo‘lganida,
Uchib ketib, xatarsiz joyda makon qurardim!
7 Uzoq-uzoqlarga qochib ketardim+.
Cho‘l-u biyobonda qo‘nim topardim+. (Sela)
8 Kuchli shamol va bo‘rondan qochib,Pana joyga oshiqqan bo‘lardim».
9 Ey Yahova, ularni sarosimaga sol, rejalarini yo‘qga chiqar+.Chunki shaharda bo‘layotgan zo‘ravonlig-u mojaroni ko‘rib turibman.
10 Ular tun-u kun shahar devorlari ustida aylanib yuribdi,Shahar ichida esa jinoyat-u tartibsizliklar hukm surmoqda+.
11 Shahardan yovuzlik,Uning maydonidan jabr-zulm va tovlamachilik arimayapti+.
12 Meni mazax qilayotgan o‘z dushmanim emas+,Aks holda, bardosh bergan bo‘lardim.
Menga qarshi ko‘tarilgan raqibim emas,Yo‘qsa undan yashirinib olgan bo‘lardim.
13 Ammo sen ham o‘zimday bir insonsan-ku+,Mening yaqin o‘rtog‘imsan-ku+.
14 Ikkimiz chin do‘st ekanimizdan quvonib yurardik,Xaloyiq bilan birgalikda Xudoning uyiga borardik.
15 Dushmanlarim yo‘q bo‘lib+,
Tiriklayin go‘rga* kirib ketsin!Boisi, ularning oralarida va qalblarida yovuzlik in qurgan.
16 Men bo‘lsam, Allohga yolvoraman,Yahova meni qutqaradi+.
17 Ertalab, tush payti-yu kechqurun halovat bilmay fig‘on chekaman+,U mening ovozimni eshitadi+.
18 Menga qarshi jang qilayotganlardan qutqarib, jonimga orom baxsh etadi.Chunki ko‘p odam menga qarshi ko‘tarildi+.
19 Azaldan taxtda o‘tirgan Zot+, (Sela)Alloh meni eshitib, ularga qarshi chora ko‘radi+.
Zero, ular yomon yo‘llaridan qaytishni istamaydi,Xudodan ham qo‘rqmaydi+.
20 U* o‘z do‘stlariga hujum qildi+,U ahdini buzdi+.
21 Uning so‘zlari sariyog‘dan ham yoqimli+,Ammo qalbi adovatga to‘la.
Uning so‘zlari moydan ham yoqimli,Biroq ular qinidan sug‘urilgan qilichdaydir+.
22 G‘am-tashvishingni Yahovaga tashla+,Uning O‘zi senga tayanch bo‘ladi+.
Odil kishining yiqilishiga U aslo yo‘l qo‘ymaydi+.
23 Yovuz kimsalarni esa Sen go‘rga tushirasan, ey Xudo+.
Qonxo‘r va aldamchilar umrining yarmini ham yashamaydi+.
Men bo‘lsam, Senga umid bog‘layman.
Izohlar
^ Yoki «Yordam so‘rab ibodat qilganimda, mendan yashirinma».
^ Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
^ Ya’ni 13- va 14- oyatlarda aytilgan sobiq do‘sti.