Zabur 8:1-9

  • Xudoning mahobati, inson qadri

    • «Isming naqadar mahobatlidir!» (1, 9)

    • «O‘tkinchi inson nedirki, uni yodga olasan?» (4)

    • «Shon-sharafni unga toj qilib kiygizding» (5)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Gittit*. Dovud sanosi. 8  Ey, Rabbimiz Yahova, yer yuzi bo‘ylab isming naqadar mahobatlidir!Ulug‘vorliging samodan ham yuksakdir!*+   Senga qarshi chiqqanlar,Dushmanlar-u qasoskorlar ovozini o‘chirish uchun,Bolalar-u chaqaloqlarning og‘zi bilan kuchingni namoyon etding+.   Men osmonga, qo‘llaring* mahsuliga,Sen yaratgan oy va yulduzlarga qaraganimda+:   «O‘tkinchi inson nedirki, uni yodga olasan?Inson o‘g‘li nedirki, unga g‘amxo‘rlik qilasan?»+ — deb o‘ylanib qolaman.   Sen uni farishtalardan* bir oz past qilib,Ulug‘vorlik va shon-sharafni unga toj qilib kiygizding.   Qo‘llaring mahsuli ustidan hokimlikni unga berding+,Barcha narsani uning oyog‘i ostiga qo‘yding:   Qo‘y-echkilar-u qoramolni ham,Yovvoyi hayvonlarni ham+,   Samodagi qushlar-u dengizdagi baliqlarni ham,Dengizlarda suzib yuruvchi har qanday jonzotni ham.   Ey, Rabbimiz Yahova, yer yuzi bo‘ylab isming naqadar mahobatlidir!

Izohlar

Boshqa variant «samodan ham yuqorida e’lon qilinadi».
So‘zma-so‘z «barmoqlaring».
Yoki «ilohiy zotlardan».