Zabur 88:1-18

  • O‘limdan asrash haqida ibodat

    • «Hayotim mozor yoqasida turibdi» (3)

    • Har tong Senga ibodat qilaman (13)

Qo‘shiq. Ko‘rax o‘g‘illari sanosi+. Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Maxalat* uslubida navbatma-navbat kuylash uchun. Zerahiy Xamanning maskili*+. 88  Ey Yahova, mening najotkor Tangrim+,Kun bo‘yi Senga yolvoraman,Kechasi ham huzuringda iltijo qilaman+.   Ibodatim Senga yetib borsin+,Yordam so‘rab qilgan nolalarimga quloq sol+.   Zero, musibatlar dastidan jonimdan to‘yib ketdim+,Hayotim mozor* yoqasida turibdi+.   Men bir oyog‘i go‘rda turganlar qatoridaman+,Tinka-madorim qolmadi+.   O‘liklar orasida qoldirilgan odamday,Qabrda yotgan murdadayman.Sen boshqa esga olmaydigan,Yordamingdan bebahra bo‘lgan inson kabiman.   Sen meni chuqur o‘raga,Qorong‘i joyga, tubsiz chohga tushirding.   Qahring ustimdan zilday bosib turibdi+,Halokatli to‘lqinlaring domida qoldim. (Sela)   Tanishlarimni mendan uzoqlashtirding+,Meni ularga jirkanch qilib qo‘yding. Men qopqonga tushib, chiqa olmay qoldim.   Qayg‘u-alam chekkanimdan ko‘zlarim xiralashdi+, Kun bo‘yi Senga yolvoraman, ey Yahova+.Qo‘llarimni ko‘tarib ibodat qilaman. 10  O‘liklarga mo‘jiza ko‘rsatgan bo‘larmiding? Marhumlar turib Senga hamd-u sano ayta olarmidi?+ (Sela) 11  Sevging* qabrda,Sodiqliging qaro yerda* e’lon qilinarmidi? 12  Mo‘jizalaring zulmatda,Adolating unutilganlar diyorida ma’lum bo‘larmidi?+ 13  Ammo yordam so‘rab Senga nola qilaveraman, ey Yahova+,Har tong ibodatlarim huzuringga yetib boradi+. 14  Ey Yahova, nahotki mendan voz kechgan bo‘lsang?+ Nega mendan yuzingni yashiryapsan?+ 15  Yoshligimdan jabr-zulm chekib,O‘lim yoqasida yuraman+.Sen yo‘l qo‘ygan dahshatli narsalar dastidan holdan toydim. 16  Otashin g‘azabingga duchor bo‘ldim+,Vahimalaring meni barbod qildi. 17  Ular kun bo‘yi meni suv kabi qurshab turadi,Har tomondan* menga hujum qiladi. 18  Yor-u do‘stlarimdan meni ayirding+,Zulmat hamrohimga aylandi.

Izohlar

Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
Yoki «Mehr-sadoqating».
So‘zma-so‘z «halokat joyida». Ibr. Abaddo‘n. Lug‘atga q.
Boshqa variant «Hammasi birdaniga».