Zafaniyo 1:1-18
1 Yahudoda Omon+ o‘g‘li Yo‘shiyo+ hukmronlik qilgan davrda, Kushining o‘g‘li, Gadaliyoning nevarasi, Emoriyoning evarasi, Hizqiyoning chevarasi Zafaniyoga* Yahova quyidagi so‘zlarni aytishni buyurdi:
2 Yahova shunday demoqda: «Men yer yuzidan barcha narsani yo‘q qilaman»+.
3 Yahova shunday demoqda: «Men odamlar-u hayvonlarni,
Osmondagi qushlar-u dengizdagi baliqlarni qirib tashlayman+.Qoqintiradigan toshlar*+ bilan birga yovuzlarni yo‘q qilaman.Shuningdek, yer yuzidan odamzodni qirib tashlayman.
4 Men Yahudoga hamdaQuddus aholisiga qarshi qo‘limni uzatib,Bu yerda Baaldan+ asar ham qoldirmayman.Begona xudolarning kohinlari bilan birga ruhoniylarning nomini o‘chirib tashlayman+.
5 Uyining tomida samoviy jismlarga sig‘inadigan+,Yahovaga sajda qilib, Unga sodiq qolishga qasamyod qiladigan+,Shu bilan birga Malkamga ham sodiq qolishga ont ichadiganlarni yo‘q qilaman+.
6 Yahovaga ergashishdan bosh tortganlarni+,Yahovani izlamaydigan, Undan yo‘l-yo‘riq so‘ramaydiganlarni ham qirib tashlayman»+.
7 Oliy Hukmdor Yahova oldida sukut saqlang, chunki Yahovaning kuni yaqin+.
Yahova qurbonlik tayyorlab qo‘ydi, O‘zi taklif qilgan kishilarni muqaddas qildi.
8 «Men — Yahova, qurbonlik keltirgan kunda beklarni,Shoh o‘g‘illari-yu+ chet el kiyimini kiyganlarning barini javobgarlikka tortaman.
9 O‘sha kuni supaga* chiqqan har qanday kishini,Xo‘jayinining uyini zo‘ravonlik va yolg‘on bilan to‘ldirganlarni javobgarlikka tortaman».
10 Yahova shunday demoqda: «O‘sha kuniBaliq darvozasidan+ dod-faryod,Shaharning Yangi dahasidan+ yig‘i-sig‘i,Tepaliklardan gumburlagan tovush eshitiladi.
11 Yig‘lang, Maxteshda* yashovchilar,Chunki savdogarlar yo‘q qilindi,Kumush tortib beradiganlarning hammasi qirib tashlandi.
12 O‘shanda Men moychiroqlar bilan Quddusni obdan tekshirib chiqaman.Yuragida: “Yahova na yaxshilik, na yomonlik qiladi”,— deb,
O‘ziga bino qo‘yganlarni javobgarlikka tortaman+.
13 Ularning boyligi talon-toroj qilinib, uylari vayron bo‘ladi+.
Ular uylar quradi-yu, u yerda yashamaydi.Ular uzumzorlar barpo qiladi-yu, sharobini ichmaydi+.
14 Yahovaning ulug‘ kuni yaqin!+
O‘sha kun yaqin va shiddat bilan yaqinlashib kelyapti!+
Yahova kunining tovushi — dahshatli+.
O‘sha kuni jangchi chorasizlikdan baqiradi+.
15 Bu kun — qahr kuni+,Qayg‘u va azob-uqubat kuni+,Bo‘ron va vayronagarchilik kuni,Qorong‘ilik va zulmat kuni+,Bulutlar va tim qorong‘ilik kuni+,
16 Burg‘u va jangga da’vat kuni+,Mustahkam shaharlar va devor burchaklaridagi baland minoralar vayron qilinadigan kundir+.
17 Men odamzod boshiga kulfat keltiraman.Ular ko‘r odamga o‘xshab yuradi+.Chunki ular Yahovaga qarshi gunoh qildi+.
Ularning qoni tuproq singari,Tanasi esa go‘ng kabi oyoq osti bo‘ladi+.
18 Yahovaning qahr kunida ularni na kumush, na oltin qutqara oladi+.
Uning rashk o‘ti butun yer yuzini yutib yuboradi+.Chunki U yer yuzining butun aholisini qirg‘in qiladi, chindan ham dahshatli qirg‘in bo‘ladi»+.
Izohlar
^ Ma’nosi «Yahova yashirdi (To‘plab qo‘ydi)».
^ Ehtimol, butparastlik bilan bog‘liq narsalar yoki ishlar nazarda tutilgan.
^ Yoki «baland joy; ostona». Shohning taxti turadigan supa bo‘lishi mumkin.
^ Quddusning Baliq darvozasi yaqinidagi qismi bo‘lishi mumkin.