Zafaniyo 2:1-15

  • Yahovaning g‘azab kunidan oldin, Uni izlang (1-3)

    • Adolat va kamtarlik payida bo‘ling (3)

    • «Balki shunda... panoh toparsiz» (3)

  • Qo‘shni xalqlarga qarshi hukm (4-15)

2  Ey, uyatni bilmaydigan xalq+,Birga yig‘iling, ha, to‘planing!+   Qaror kuchga kirishidan oldin,Kun somonday uchib ketmasidan oldin,Yahovaning otashin qahri ustingizga kelmasidan oldin+,Yahovaning g‘azab kuni boshingizga tushmasidan oldin,   Yahovani izlang+, ey, yer yuzida yashovchi kamtar* kishilar,Uning adolatli farmonlariga amal qiluvchilar. Adolat va kamtarlik payida bo‘ling. Balki shunda Yahovaning g‘azab kunida panoh toparsiz+.   Chunki G‘azo tashlandiq shaharga aylanadi.Ashqalon esa huvullab qoladi+. Ashdod aholisi kuppa-kunduzi haydab chiqariladi.Exron tag-tomiri bilan qo‘porib tashlanadi+.   «Dengiz sohilida yashovchi xalqning, xaretiylarning holiga voy!+ Yahova sizlarga hukm chiqardi. Ey Kan’on, filistimliklar yurti Men seni vayron qilaman.Senda birorta ham inson zoti qolmaydi.   Dengiz sohili yaylovlarga aylanadi,U yerda cho‘ponlar uchun quduqlar, qo‘ylar uchun tosh qo‘ralar bo‘ladi.   U yerlar Yahudo xonadonining omon qolganlariga tegishli hudud bo‘ladi+.Ular o‘sha yerda boqiladi, Kechasi Ashqalondagi uylarda yotadi. Zero, Xudosi Yahovaning nazari ularga tushadi*,Asirga olinganlarni esa qaytarib olib keladi»+.   «Mo‘abning malomati, ommonliklar haqorati qulog‘imga yetdi+.Ular xalqimni masxara qilib, yerlarini olib qo‘yaman, deb tahdid qildi+.   Hayotim bilan qasam ichib aytamanki,Mo‘ab Sado‘m kabi+,Ommonliklar G‘amo‘ra singari+Qichitqi o‘tlar o‘sadigan, tuz chuquri va abadiy tashlandiq yerga aylanib qoladi+. Xalqimning omon qolganlari ularni talon-toroj qiladi,Xalqimning omon qolganlari ularga egalik qiladi»,— demoqda Isroil Tangrisi Qo‘shinlar Sarvari Yahova. 10  «Bularning bari ularning mag‘rurligi dastidan boshiga tushadi+.Ular Qo‘shinlar Sarvari Yahovaning xalqini mazax qilib, uni mensimay qo‘ydi. 11  Yahova ularga qarshi chiqqanida qo‘rqinchli bo‘ladi.Chunki U yer yuzidagi barcha xudolarni yakson qiladi,Orollarda yashovchi barcha xalqlarO‘z joyidan turib Unga sajda qiladi+. 12  Ey habashistonliklar, qilichimdan halok bo‘lasizlar+. 13  U shimol tomon qo‘lini cho‘zib, Ossuriyani vayron qiladi,Nineviyani* qaqragan sahroga aylantirib, xarob qiladi+. 14  Uning ichida podalar, har turli yovvoyi hayvonlar yotadi. Birqozon va jayra uning qulagan ustunlari orasida tunaydi. Derazadan kuy ovozi eshitiladi. Ostonasida toshlar uyum bo‘lib yotadi.Uning kedr qoplamalari esa ko‘rinib qoladi. 15  Xavfsizlikda yashayotgan mag‘rur shaharYuragida: “Men tanhoman, hech kim menga teng kela olmaydi”,— deydi. U dahshatli ahvolga tushib,Yovvoyi hayvonlar tunab qoladigan joyga aylandi! Uning yonidan o‘tib ketayotganlar uni masxara qilib, bosh chayqaydi*+».

Izohlar

Yoki «muloyim, beozor».
Yoki «g‘amxo‘rlik qiladi».
Yoki «Naynavo».
So‘zma-so‘z «hushtak chalib, mushtini tebratadi».