Zafaniyo 3:1-20
3 Isyonkor, iflos, zulmkor shaharning+ holiga voy!
2 U hech kimga quloq solmadi+, pand-nasihatni qabul qilmadi+.
U Yahovaga tayanmadi+, Xudosiga yaqinlashmadi+.
3 Uning beklari bo‘kirayotgan sherlar+,
Hakamlari tunda izg‘ib yuradigan bo‘rilardir.Ular tong otguncha g‘ajigani hatto bitta suyak qoldirmaydi.
4 Uning payg‘ambarlari surbet, xoin kishilardir+.
Uning ruhoniylari muqaddas narsani bulg‘aydi+.Ular qonunni buzadi+.
5 Shaharda makon qurgan Yahova odil+, U nohaqlik qilmaydi.
Har tong U hukmlarini e’lon qiladi+.Hukmlari tong shafag‘iday hamisha bor.
Adolatsiz kishilar esa uyatni bilmaydi+.
6 «Men xalqlarni yo‘q qildim, ularning devor burchaklaridagi minoralari bo‘sh qoldi.
Ko‘chalarini kimsasiz qoldirdim, ulardan hech kim yurmaydi.
Ularning shaharlari xarobaga aylandi, u yerda inson zoti qolmadi+.
7 Bu barcha ishlari uchun Men uni javobgarlikka tortganimda,
Yashash joyi buzilib ketmasin deb+,Unga: “Mendan qo‘rqib, pand-nasihatni* qabul qil”+,— dedim.
Ammo ular jon-jahdi bilan razil ishlar qilishga intilardi+.
8 Yahova shunday demoqda: “Talon-toroj qilishga kelmagunimcha*,Meni kutinglar*+.Chunki Mening hukmim xalqlar va shohliklarni yig‘ib,Nafratimni, otashin g‘azabimni ularning ustiga to‘kishdan iborat+.Rashk o‘tim butun yer yuzini yutib yuboradi+.
9 O‘shanda Men xalqlarga sof til ato etaman,Toki ularning bari Yahova ismini chaqirib,Unga yelkama-yelka xizmat qilsin”+.
10 Habashiston daryolari hududidanMenga yolvorgan, tarqalib ketgan xalqimning qizi Menga hadya keltiradi+.
11 Isyon ko‘tarib Menga qarshi qilgan barcha ishlaringdanO‘sha kuni uyalib qolmaysan+.Chunki Men kekkaygan maqtanchoqlarni ichingdan yo‘q qilaman.Endi hech qachon Mening muqaddas tog‘imda kekkaymaysan+.
12 Sening ichingda kamtar va xokisor insonlar qolishiga izn beraman+.Ular Yahovadan panoh topadilar.
13 Isroil xalqining omon qolganlari+ aslo adolatsizlik qilmaydi+.Ular yolg‘on gapirmaydi, tilida hiyla bo‘lmaydi.Ular yeb to‘yib, cho‘zilib yotadi va hech kim ularni qo‘rqitmaydi»+.
14 Ey Sion qizi, xursandchilikdan hayqir!
Ey Isroil, g‘olibona hayqir!+
Ey Quddus qizi+, shodlanib chin dildan quvon!
15 Yahova senga qarshi chiqargan hukmlarni bekor qildi+.
U dushmaningni quvib yubordi+.
Isroil Shohi — Yahova sen bilan+.
Bundan buyon ofatdan qo‘rqmaysan+.
16 O‘sha kuni Quddusga shunday deyiladi:
«Ey Sion, qo‘rqma+.
Qo‘llaring bo‘shashmasin.
17 Tangring Yahova sen bilan+.
U qudratli Xudo, seni qutqaradi.
U sen uchun behad quvonadi+.
Senga sevgisini namoyon etib, mamnuniyat his qiladi.
U sen uchun shod-xurram bo‘lib, quvonchdan hayqiradi.
18 Bayramlaringni sog‘inib, qayg‘urib yurganlarni birga yig‘aman+.Ular sharmanda bo‘lgani uchun sendan uzoqda edi+.
19 O‘shanda senga jabr-zulm o‘tkazayotgan barchaga qarshi chiqaman+,Oqsayotganlarni qutqaraman+.Tarqalib ketganlarni birga yig‘aman+.
Sharmandalikda yashagan yurtlarning hammasida,Ularni shon-sharafga erishtiraman.
20 O‘shanda sizlarni yurtingizga qaytarib olib kelaman,Sizlarni birga yig‘aman.
Ko‘z o‘ngingizda asir bo‘lgan odamlaringizni qaytarib olib kelganimda,Sizlarni yer yuzidagi barcha xalqlar ichida shon-sharafga erishtiraman+»,— demoqda Yahova+.
Izohlar
^ Yoki «tuzatishni».
^ Boshqa variant «Guvoh sifatida kelmagunimcha».
^ Yoki «sabr bilan kutinglar».