Zakariyo 2:1-13

  • Uchinchi vahiy: qo‘lida o‘lchov ipi bor kishi (1-13)

    • Quddus o‘lchandi (2)

    • Yahova shahar uchun «olovli devor» bo‘ladi (5)

    • Xudoning ko‘z qorachig‘iga tegish (8)

    • Ko‘p xalqlar Yahovaning tomonini egallaydi (11)

2  Men yuqoriga qaradim va qo‘lida o‘lchov ipi+ bor bir kishini ko‘rdim.  Shunda men: «Qaerga ketyapsiz?» — deb so‘radim. U esa: «Quddusni o‘lchab, eni va uzunligini bilmoqchiman»+,— deb javob berdi.  Men bilan gaplashayotgan farishta yonimdan ketdi, unga boshqa farishta peshvoz chiqib,  shunday dedi: «Yugur, anavi yigitga ayt: “Quddusda aholi va chorva ko‘payib ketganidan+, unda istiqomat qiluvchilar devorlari yo‘q qishloqlarda yashaganday bo‘ladi+.  Zero, Men u uchun olovli devor bo‘lib+, uni O‘z ulug‘vorligim bilan to‘ldiraman”,— demoqda Yahova»+.  «Hoy, shoshilinglar, shimoldagi yurtdan qochinglar»+,— demoqda Yahova. «Men sizlarni to‘rt tarafga* sochib yuborgan edim»+,— demoqda Yahova.  «Hoy, Bobil qizi bilan yashayotgan Sion, qochib qol!+  Qo‘shinlar Sarvari Yahova ulug‘langanidan keyin, sizlarni talon-toroj qilgan xalqlar oldiga meni yuborib+, shunday dedi: “Kim sizlarga tegsa, Mening ko‘z qorachig‘imga tekkan bo‘ladi+.  Men ularga musht ko‘taraman. O‘z qullari ularni talon-toroj qiladi”+. Shunda meni Qo‘shinlar Sarvari Yahova yuborganiga amin bo‘lasizlar. 10  Yahova demoqda: “Ey Sion qizi, quvonchdan hayqir!+ Men kelib+ sizlarning orangizda yashayman+. 11  O‘sha kuni ko‘p xalqlar Yahovaning tomonini egallaydi+ va ular Mening xalqim bo‘ladi. Men sizlarning orangizda yashayman”». Shunda, meni oldingizga yuborgan Qo‘shinlar Sarvari Yahova ekanini bilib olasizlar. 12  Yahova muqaddas yerdagi ulushi sifatida Yahudoni mulk qilib oladi va Quddusni yana tanlaydi+. 13  Ey odamzod, Yahova oldida sukut saqla, chunki U muqaddas maskanidan chiqib chora ko‘rmoqda.

Izohlar

So‘zma-so‘z «osmonning to‘rt shamoliga».