Zakariyo 9:1-17
9 Xudoning xabari:
«Yahovaning so‘zi Xadrax yurtiga qarshi,Damashqga ham qarshi aytilgan+.(Yahovaning ko‘zi insoniyatga+,Isroilning barcha qabilalariga qaratilgan.)
2 Bu so‘z unga* chegaradosh bo‘lgan Xomatga+Hamda juda dono+ bo‘lgan Tir+ bilan Sidonga+ tegishli.
3 Tir o‘ziga qal’a qurgan.
U kumushni qumday,Oltinni ko‘chadagi loyday to‘plagan+.
4 Mana, Yahova uning mol-mulkini tortib oladi.Lashkarini dengizda mag‘lub qiladi+.Uni olov yutib yuboradi+.
5 Ashqalon buni ko‘rib, qo‘rqadi.G‘azo qattiq azob chekadi.Exron ham shu ahvolga tushadi, chunki umidi puchga chiqadi.
G‘azo shohi halok bo‘ladi,Ashqalonda hech kim yashamaydi+.
6 Ashdodda noqonuniy tug‘ilgan o‘g‘il yashaydi,Men filistimlikning g‘ururiga chek qo‘yaman+.
7 Men uning og‘zidan qonni,Tishlaridan jirkanch narsalarni olib tashlayman.Undan omon qolgan Xudoga tegishli bo‘ladi.U Yahudoda shayx* kabi+,Exron aholisi yobusiylar kabi bo‘ladi+.
8 Men uyimni himoya qilish uchun qarorgoh quraman+.Shunda hech kim undan o‘tib qaytmaydi.Hech bir nazoratchi* undan o‘tmaydi+,Chunki Men buni* O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib turibman.
9 Benihoya quvon, ey Sion qizi!
Xursandlikdan hayqir, ey Quddus qizi!
Mana, shohing sen tomonga kelmoqda+.
U odil, u najot keltirmoqda.U kamtarin+, u eshakka minib kelmoqda,Xo‘tikka, eshak bolasiga minib kelmoqda+.
10 Men Efrayimdan jang aravalarini,Quddusdan otlarni yo‘qotaman.
Urush kamonlari yo‘q bo‘ladi.
U xalqlarga tinchlik e’lon qiladi+.U dengizdan dengizgacha,Furotdan yerning chetlarigacha hukmdorlik qiladi+.
11 Senga kelsak, ey ayol*, sen bilan oramizdagi ahd qoni tufayliAsirlaringni suvsiz chuqurlikdan chiqarib olaman+.
12 Ey umidvor asirlar, qo‘rg‘onga qayting+.
Bugun senga shunday deyapman:“Ey ayol, Mendan ikki hissa baraka olasan+.
13 Men Yahudoni kamon kabi bukaman.
Efrayimni kamonimga o‘qday o‘rnataman.Ey Sion, o‘g‘illaringni uyg‘otib,Ey Yunoniston, sening o‘g‘illaringga qarshi chiqaraman.Seni* jangchining qilichiday qilaman”.
14 Yahova O‘z xalqi bilan ekanini yaqqol ko‘rsatadi,Uning o‘qlari yashinday uchadi.
Oliy Hukmdor Yahova burg‘u chalib+,Janubdan esgan kuchli shamolday, dushmanlariga qarshi jangga chiqadi.
15 Qo‘shinlar Sarvari Yahova xalqini himoya qiladi.Ular palaxmon toshlarini oyoq osti qilib, yutib yuborishadi+.
Ular sharob ichganday xursand bo‘lib, hayqirishadi.Ular kosa kabi,Qurbongohning burchaklari kabi to‘lishadi+.
16 O‘sha kuni Tangrisi Yahova ularni,Ya’ni O‘z suruvi bo‘lmish xalqini himoya qiladi+.Chunki ular xuddi tojga o‘rnatilgan qimmatbaho toshday, Uning yerida yarqirab turishadi+.
17 Uning himmati naqadar a’lo!+U ko‘rkamlikda tengsiz!
Don tufayli yigitlar,Yangi sharob tufayli qizlar jonlanishadi»+.
Izohlar
^ Xadrax yoki Damashq nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
^ Shayx qabila boshi bo‘lgan.
^ Xalqining qayg‘usi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
^ Yoki «zolim».
^ Ya’ni Sion yoki Quddus.
^ Sion nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.