Lug‘at
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O‘ SH CH
A
-
Abaddo‘n.
Ushbu ibroniycha so‘z «halokat» degan ma’noni bildiradi. Shuningdek, bu so‘z «halokat joyi»ga ham ishora qilsa-da, tom ma’nodagi joyni anglatmaydi. Bu ibora inson o‘limidan so‘ng tanasi chirib, tuproqga aylanishiga ishora qilishi mumkin. (Zb 88:11; Ayub 26:6; 28:22; Hk 15:11) Ammo Vahiy 9:11 dagi «Abaddo‘n» so‘zi «tubsizlik farishtasi»ning nomi sifatida qo‘llanilgan.
-
Abib.
Yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 1-oy va ularning dunyoviy kalendaridagi 7-oyning asl nomi. Bu oyning nomi «ko‘m-ko‘k boshoqlar» degan ma’noga ega. Martning o‘rtasidan aprelning o‘rtasigacha davom etardi. Yahudiylar Bobildan qaytgach, u nison deb atalgan. (Qn 16:1) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Adar.
Bobilga surgun qilingandan so‘ng yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 12-oy, dunyoviy kalendarida esa 6-oy nomi. Fevralning o‘rtasidan martning o‘rtasigacha davom etgan. (Est 3:7) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Ahd sandig‘i.
Akasiya daraxtining yog‘ochidan yasalib, oltin bilan qoplangan quti. U muqaddas chodirdagi Eng muqaddas xonada, keyinchalik esa Sulaymon qurgan ma’baddagi Eng muqaddas xonada turgan. Uning sof oltindan qilingan qopqog‘i ustida bir-biriga qarab turgan ikkita karub bor edi. Sandiq ichida asosan, O‘nta amr yozilgan ikkita tosh lavha saqlanardi. (Qn 31:26; 3Shh 6:19; Ibr 9:4) Ilovaning B5 va B8 mavzulariga q.
-
Ahd.
Xudo va odamlar yoki ikki odam orasida nimanidir qilish yo qilmaslik haqidagi rasmiy kelishuv yoki shartnoma. Ba’zan faqat bir tomon shartlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan (bir tomonlama ahd, odatda, va’da sifatida berilgan). Ba’zan esa ikki tomon ham shartlarni bajarishi kerak bo‘lgan (ikki tomonlama ahd). Xudoning odamlar bilan qilgan ahdlaridan tashqari Muqaddas Kitobda odamlar, qabilalar, xalqlar yoki bir guruh odamlar o‘rtasidagi ahdlar eslatib o‘tilgan. Uzoq kelajakka ta’sir qilgan ahdlar orasida Xudoning Ibrohim, Dovud, Isroil xalqi va Xudoning Isroili bilan qilgan ahdlari (yangi ahd) mavjud. (Ibt 9:11; 15:18; 21:27; Chq 24:7; 2Sl 21:7)
-
Alamot.
Bu musiqiy atama «qizlar; yosh ayollar» degan ma’noga ega. Ehtimol, yosh ayollarning soprano ovoziga ishora qiladi. Aftidan, bu atama biror bir musiqiy parcha yoki qo‘llaniladigan asbob yuqori registrda chalinishi kerakligini anglatadi. (1Sl 15:20; Zb 46, so‘zboshi)
-
Alfa va Omega.
Yunon alifbosining birinchi va oxirgi harflari bo‘lib, Vahiy kitobida uch marta Xudoning unvoni sifatida qo‘llanilgan. Ushbu matn tarkiblarida bu so‘zlar «birinchi va oxirgi», «ibtido va intiho» degan ma’nolarni bildiradi. (Vh 1:8; 21:6; 22:13)
-
Alloh.
Qodir Xudo, Yaratuvchi. Ushbu tarjimada bu so‘z «Xudo» va «Tangri» so‘zlari bilan bir qatorda asl matnda Yaratuvchini bildiradigan Elohim so‘zini o‘girishda qo‘llanildi.
-
Arava.
Ikki g‘ildirakli, asosan urushda foydalanilgan va ot qo‘shilgan harakatlanish Chq 14:23; Hak 4:13; Hv 8:28)
vositasi. ( -
Areopag.
Afinada, Akropolning shimoli-g‘arbida joylashgan tepalik. Qolaversa, shu yerda yig‘inlar o‘tkazgan kengashning (mahkamaning) nomi. Pavlus o‘z e’tiqodini tushuntirib berishi uchun, stoik va epikurchi faylasuflar uni Areopagga olib borishgan edi. (Hv 17:19)
-
Armageddon.
Ibroniycha Hor-Magiddon, ma’nosi «Maxido‘ tog‘i». Bu so‘z «Qodir Allohning ulug‘ kunida yuz beradigan jangga» taalluqli va bu paytda «barcha jahon shohlari» Yahovaga qarshi jangga to‘planishadi. (Vh 16:14, 16; 19:11–21) BUYUK MUSIBAT iborasiga q.
-
Arqoq.
Gazlamaning o‘rishi bilan ko‘ndalangiga kesishuvchi iplari. Mato to‘qilganda arqoq iplari uzunasiga tushgan tanda iplarining ustidan va tagidan o‘tadi. (Lv 13:59)
-
Aselgeya.
AXLOQSIZ XULQ iborasiga q.
-
Av.
Bobilga surgun qilingandan so‘ng yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 5-oy va ularning dunyoviy kalendaridagi 11-oy shunday atalgan. Hozirgi kalendar bo‘yicha, bu oy iyulning o‘rtasidan avgustning o‘rtasigacha davom etadi. Muqaddas Kitobda bu oyning nomi yozilmagan. U shunchaki «beshinchi oy» deb tilga olingan. (S’h 33:38; Ezr 7:9) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Axaya.
Yunoncha yozuvlarga ko‘ra, Yunoniston janubidagi Rim viloyati bo‘lib, poytaxti Korinf shahri edi. Axaya hududiga butun Peloponnes yarimoroli va Yunonistonning qit’ada joylashgan markaziy qismi kirgan. (Hv 18:12) Ilovaning B13 mavzusiga q.
-
Axloqsiz xulq.
Yunoncha aselgeya so‘zi Allohning qonunlarini buzuvchi jiddiy xatti-harakatlarni bildiradi. Shuningdek, sharmandalarcha yoki o‘ta jirkanch munosabatni — hokimiyat, qonunlar va me’yorlarga hurmatsizlik ko‘rsatish, hatto mensimaslik ruhini aks etadi. Ammo nomukammallik dastidan qilingan xatolar nazarda tutilmaydi. (Gl 5:19; 2Btr 2:7)
-
Ayb qurbonligi.
Shaxsiy gunohlar uchun keltiriladigan qurbonlik. Bu qurbonlik, gunoh uchun keltiriladigan boshqa qurbonliklardan bir oz farq qiladi. Ushbu qurbonlik, tavba qilgan kishiga gunohi dastidan mahrum bo‘lgan huquqlarini tiklashga hamda uni jazodan ozod etishga imkon yaratardi. (Lv 7:37; 19:22; Isha 53:10)
-
Azazel.
Bu ibroniycha nomning ma’nosi «yo‘qolib ketadigan taka» bo‘lishi mumkin. Gunohni yuvish kunida azazel uchun tanlangan taka sahroga qo‘yib yuborilgan. Ramziy ma’noda bu taka xalqning o‘tgan yili qilgan gunohlarini olib ketgan. (Lv 16:8, 10)
-
Azob ustuni.
Yunoncha stauros so‘zi ostida tik qoziq yoki ustun nazarda tutilgan. Iso shunday ustunda qatl etilgan. Ushbu yunoncha so‘z, bir necha asrlar mobaynida butparastlar diniy ramz sifatida ishlatib kelgan xochni anglatishiga hech qanday dalil yo‘q. «Azob ustuni» stauros so‘zining to‘liq ma’nosini yetkazib beradi. Shu bois, stauros so‘zi Isoning izdoshlari duch keladigan azob, qiynoq va sharmandalik ramzi sifatida qo‘llanilgan. (Mt 16:24; Ibr 12:2) USTUN so‘ziga q.
-
Ashtaret.
Kan’onliklarning urush va hosildorlik ma’budasi, Baal xudosining xotini. (1Shh 7:3)
B
-
Baal.
Kan’onliklar xudosi. Uni osmon egasi, yomg‘ir va hosildorlik ato 3Shh 18:21; Rm 11:4)
etuvchi deb bilishgan. Mahalliy kichik xudolarni ham «Baal» deb atashgan. Ibroniychada bu so‘zning ma’nosi «ega; xo‘jayin» degani. ( -
Baalzabub.
Bu nom Shaytonga tegishli bo‘lib, jinlarning hukmdori yoki boshlig‘i deganidir. Ushbu nom Exrondagi filistimliklar sig‘ingan Baalning boshqa nomi — Baal-Zabubning o‘zgacha tarzda yozilishi bo‘lsa kerak. (4Shh 1:3; Mt 12:24)
-
Balzam.
Ba’zi o‘simliklardan, jumladan buta va daraxtlardan olinadigan smolali, yog‘li xushbo‘y modda. Balzam tibbiyotda dori vositasida va atir sifatida qo‘llanilgan. Sharqda yashovchi odamlar balzamni nihoyatda yuqori baholashgan. (Ibt 37:25; Yerm 8:22)
-
Bat.
Suyuqlik o‘lchov birligi. Arxeologik qazilmalar paytida topilgan va ustiga ushbu nom yozilgan ko‘za bo‘laklariga asosan, bir bat taxminan 22 l ga teng. Muqaddas Kitobdagi ko‘pgina boshqa o‘lchov birliklari batdan kelib chiqqan holda o‘lchangan. (3Shh 7:38; Hiz 45:14) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Baxshida qilingan nonlar.
TORTIQ ETILGAN NONLAR iborasiga q.
-
Bag‘ishlash bayrami.
Antiox IV Epifan ma’badni bulg‘aganidan so‘ng, u qayta poklanganini eslatib turuvchi yillik bayram. U xislav oyining 25-kuni boshlanib, sakkiz kun davomida nishonlangan. (Yuh 10:22)
-
Bag‘ishlanganlikni ko‘rsatuvchi muqaddas belgi.
Ustiga ibroniychada «Yahova muqaddasdir», deb yozilgan sof oltindan qilingan yaltiroq lavha. U oliy ruhoniy sallasining old qismiga o‘rnatilgan edi. (Chq 39:30) Ilovaning B5 mavzusiga q.
-
Bashorat.
Xudo tomonidan ilhomlantirilgan xabar. Bu, Tangrining irodasi oshkor etilishini va e’lon qilinishini bildiradi. Bashorat Xudo tomonidan berilgan axloqiy ta’lim-tarbiyani, Uning amri yoki hukmini, shuningdek, bo‘lajak voqealarni yetkazishni o‘z ichiga oladi. (Hiz 37:9, 10; Dn 9:24; Mt 13:14; 2Btr 1:20, 21)
-
Belgi.
Bu so‘z ostida bugungi kunda yoki kelajakda qandaydir narsaning nishoni sifatida xizmat qiladigan biror predmet, harakat, vaziyat hamda noodatiy ko‘rinish nazarda tutiladi. (Ibt 9:12, 13; 4Shh 20:9; Mt 24:3)
-
Bosh farishta.
Mazkur ibora Muqaddas Kitobda birlikda ishlatilgani, faqat bitta bosh farishta mavjudligini ko‘rsatyapti. Bu bosh farishtaning ismi Mikoildir. (Dn 12:1; Yah 9; Vh 12:7)
-
Boshga qo‘l qo‘yish.
Biror kishining boshiga qo‘l qo‘yish unga maxsus topshiriq berish, xizmatga tayinlash, sog‘aytirish, baraka va muqaddas ruh ato etishni anglatgan. Ba’zida, qurbonlikka keltiriladigan hayvonlar boshiga ham qo‘l qo‘yilgan. (Chq 29:15; S’h 27:18; Hv 19:6; 1Tm 5:22)
-
Bosh ruhoniy.
Ibroniycha yozuvlarda «oliy ruhoniy» iborasining ekvivalenti. Yunoncha yozuvlarda esa, «bosh ruhoniy» degan ibora ruhoniylar ustidan nazoratchi bo‘lgan odamlarga, ehtimol, o‘z vazifasini topshirgan oliy ruhoniylarga va 24 ta ruhoniylar guruhining boshlig‘iga nisbatan ishlatilgan. (2Sl 26:20; Ezr 7:5; Mt 2:4; Mrk 8:31)
-
Bul.
Yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 8-oy va ularning dunyoviy kalendaridagi 2-oy nomi. Bu oyning nomi «hosil» degan ma’noga ega. U oktabrning o‘rtasidan noyabrning o‘rtasigacha davom etardi. (3Shh 6:38) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Burchakka qo‘yiladigan negiz toshi.
Binoning ikki devori tutashgan joyiga, ular qulab ketmasligi uchun burchagiga qo‘yiladigan tosh. Bosh burchak tosh poydevorga qo‘yiladigan burchak tosh bo‘lgan. Odatda ijtimoiy binolar va shahar devori uchun juda qattiq tosh tanlangan. Ushbu ibora ramziy ma’noda yerning poydevoriga nisbatan qo‘llanilgan. Iso ham uyga qiyoslangan masihiy jamoati «poydevorining burchak toshi» deb atalgan. (Ef 2:20; Ayub 38:6)
-
But; butparastlik.
Odamlar sig‘inish uchun ishlatgan narsaning (mavjud yoki o‘ylab chiqarilgan) tasviri. Butparastlik — butlarni yaxshi ko‘rish, sajda qilish yoki sig‘inish demakdir. (Zb 115:4; Hv 17:16; 1Kr 10:14)
-
Buyuk musibat.
«Musibat» deya tarjima qilingan yunoncha so‘z, og‘ir vaziyat oqibatida azob-uqubat chekishni o‘z ichiga oladi. Iso Masih Quddusning va butun insoniyatning boshiga tushadigan misli ko‘rilmagan «buyuk musibat» haqida gapirgan. Bu hodisa uning kelajakda «shon-shuhrat bilan» kelishiga aloqadordir. (Mt 24:21, 29–31) Havoriy Pavlus buyuk musibatni, «Xudoni tanimaganlarga hamda Hazratimiz Iso haqidagi xushxabarga itoat etmaganlarga» qarshi Xudoning adolatli jazosi sifatida tasvirlagan. Vahiy kitobi 19-bobida Iso «yirtqich hayvon va yer yuzi podshohlariga» hamda ularning qo‘shinlariga qarshi jang qilish uchun chiqqan samoviy qo‘shinlar sardori sifatida tasvirlangan. (2Sal 1:6–8; Vh 19:11–21) Buyuk musibatdan esa «ulkan olomon» omon qolishi haqida aytilgan. (Vh 7:9, 14) ARMAGEDDON so‘ziga q.
-
Bo‘yinturuq.
Yelkada tashish uchun ikki uchiga yuk osiladigan yog‘och moslama. Shuningdek, yuk tashuvchi juft hayvonning (odatda qoramol) bo‘yniga solinadi va ular aravani yoki qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan asbobni tortishadi. Qullar bo‘yniga bo‘yinturuq solib, og‘ir yuk tashishgani uchun bo‘yinturuq majoziy ma’noda qullikni, biror kimsaga tobe bo‘lishni hamda jabr-zulmni ifodalaydi. Bo‘yinturuqni olib yoki sindirib tashlash qullikdan, zulmdan va majburiy mehnatdan ozod etilishni anglatgan. (Lv 26:13; Mt 11:29, 30)
D
-
Dajjol.
Yunonchada bu atama ikkita ma’noga ega. Birinchisi Masihga qarshi bo‘lishni, ikkinchisi esa soxta Masih, Masihning o‘rniga turgan kimsani bildiradi. O‘zlarini Masihning vakillari yoki Masih ekanini yolg‘on da’vo qilayotganlar, Masihga yoki uning shogirdlariga qarshi chiqayotgan odamlar, tashkilotlar yoki guruhlarni haqli ravishda dajjol deb atash mumkin. (1Yuh 2:22)
-
Darik.
8,4 g ga teng fors oltin tangasi. (1Sl 29:7) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Dengiz sarjini.
Suvning chuqurligini o‘lchash uchun ishlatilgan 1,8 m ga teng bo‘lgan uzunlik o‘lchov birligi. (Hv 27:28) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Dinor.
Rim kumush tangasi bo‘lib, taxminan 3,85 g ga teng. Bir tomonida podshohning tasviri tushirilgan edi. Dinor ishchining kunlik maoshi bo‘lgan va yahudiylarning rimliklarga «jon solig‘i» sifatida bergan tangasi hisoblangan. (Mt 17:25; Lq 20:24) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Dovudning O‘g‘li.
Ko‘p hollarda Isoga nisbatan qo‘llaniladi. Bu, uning Shohlik ahdining merosxo‘ri ekanini ta’kidlaydi. Ahdga ko‘ra, bu merosxo‘r Dovudning naslidan kelib chiqishi kerak edi. (Mt 12:23; 21:9)
-
Dovud shahri.
Dovud Yobus shahrini zabt etib, u yerda o‘z saroyini qurgach, o‘sha shaharga berilgan nom. U Sion deb ham atalgan. U Quddusning janubi-sharqida joylashgan bo‘lib, uning eng ko‘hna qismi hisoblanadi. (2Shh 5:7; 1Sl 11:4, 5)
-
Draxma.
Yunoncha yozuvlarda bu so‘z yunon kumush tangasini nazarda tutadi. Uning og‘irligi 3,4 g ga teng bo‘lgan. Ibroniycha yozuvlarda esa bu so‘z ostida Fors boshqaruvi davriga oid darikka teng bo‘lgan oltin draxma nazarda tutilgan. (Nax 7:70; Mt 17:24) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Do‘g‘on.
Filistimliklar xudosi. Bu so‘zning kelib chiqishi aniq emas, ammo ayrim olimlar uni ibroniycha dag (baliq) so‘zi bilan bog‘liq deb hisoblashadi. (Hak 16:23; 1Shh 5:4)
E
-
Edom.
Is’hoqning o‘g‘li Esovga berilgan boshqa ism. Esovning (Edomning) avlodlari O‘lik dengiz va Aqaba qo‘ltig‘i oralig‘idagi tog‘li hududni, Seir hududini egallab olishgan. So‘ng o‘sha yerlar Edom deb tanilgan. (Ibt 25:30; 36:8) Ilovaning B3 va B4 mavzulariga q.
-
Efa.
Don mahsulotlarini o‘lchash uchun ishlatilgan hajm o‘lchov birligi. U suyuqlik o‘lchov birligi bo‘lgan batga, ya’ni 22 l ga teng edi. Efa so‘zi ham o‘lchov idishiga, ham sig‘imiga oid bo‘lgan. (Chq 16:36; Hiz 45:10) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Efod.
Ruhoniylar kiygan fartukka o‘xshash kiyim. Oliy ruhoniy esa maxsus efod kiyib, ustidan 12 ta qimmatbaho tosh qadalgan ko‘krakpech taqib yurgan. (Chq 28:4, 6) Ilovaning B5 mavzusiga q.
-
Efrayim.
Yusufning ikkinchi o‘g‘lining ismi. Keyinchalik Isroil qabilalaridan biri shu nom bilan atalgan. Isroil bo‘lingach, Efrayim eng asosiy qabila sifatida butun o‘n qabilali shohlikni ifodalagan. (Ibt 41:52; Yerm 7:15)
-
Elul.
Bobilga surgun qilingandan so‘ng yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 6-oy va dunyoviy kalendaridagi 12-oy shunday atalgan. Bu oy avgustning o‘rtasidan sentabrning o‘rtasigacha davom etardi. (Nax 6:15) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Epikurchi faylasuflar.
Yunon faylasufi Epikurning (mil. avv. 341–270) izdoshlari. Ularning falsafasi, hayotning asosiy mazmuni huzur-halovatdan iborat degan tushunchaga asoslangan. (Hv 17:18)
-
Erman.
Mazasi achchiq, o‘tkir hidli va poyasi bor o‘simlik. Muqaddas Kitobda erman majoziy ma’noda qo‘llanilib, axloqsizlik, qullik, adolatsizlik va murtadlikning achchiq asoratlarini tasvirlaydi. Vahiy 8:11 da «erman» achchiq va zaharli modda ekaniga ishora qilingan. (Qn 29:18; Hk 5:4; Yerm 9:15; Ams 5:7)
-
Eng muqaddas xona.
Muqaddas chodir va ma’badning ichki xonasi. Ahd sandig‘i o‘sha yerga qo‘yilgan bo‘lib, Eng muqaddas xona deb atalgan. Tavrotga binoan, bu xonaga faqat oliy ruhoniy yiliga bir marta (Gunohni yuvish kuni) kira olardi. (Chq 26:33; Lv 16:2, 17; 3Shh 6:16; Ibr 9:3)
F
-
Falastin; filistimliklar.
Isroilning janubidagi sohil bo‘yidagi yurt va uning aholisi. Kritdan ko‘chib, u yerga joylashgan kishilar filistimliklar deb ataladigan bo‘lgan. Dovud ularni bo‘ysundirgan bo‘lsa-da, ular mustaqil bo‘lib qolavergan va Isroilga doimo dushmanlik qilib kelgan. (Chq 13:17; 1Shh 17:4; Ams 9:7) Ilovaning B4 mavzusiga q.
-
Farishtalar.
Ibroniycha malax, yunoncha aggelos. Bu ikki so‘z ham «xabarchi» Ibt 16:7; 32:3; Yoq 2:25; Vh 22:8) Farishtalar qudratli ruhiy mavjudotlar bo‘lib, Xudo ularni insoniyatdan ancha oldin yaratgan. Muqaddas Kitobda ular «tumonat muqaddas farishtalar», «Tangrining o‘g‘illari» va «tong yulduzlari» deb ham atalgan. (Qn 33:2; Ayub 1:6; 38:7) Ularga ko‘payish qobiliyati berilmagan, har biri alohida-alohida yaratilgan. Farishtalarning soni 100 milliondan ham oshiqdir. (Dn 7:10) Muqaddas Kitobda ularning har biri shaxsiy ism va fe’l-atvorga ega ekanligi aytilgan. Lekin ular kamtarlik ila kimdir ularga topinishini rad etishadi. Ko‘pchiligi hatto o‘z ismini oshkor etmaydi. (Ibt 32:29; Lq 1:26; Vh 22:8, 9) Ular turli mavqe va vazifalarga ega. Masalan, Yahovaning taxti oldida xizmat qilish, Uning xabarlarini yetkazish, Yahovaning yerdagi xizmatchilarini himoya qilish, Xudoning hukmlarini ijro etish hamda va’zgo‘ylik ishini qo‘llab-quvvatlash. (4Shh 19:35; Zb 34:7; Lq 1:30, 31; Vh 5:11; 14:6) Kelajakda esa, ular Isoni Armageddon jangida qo‘llab-quvvatlashadi. (Vh 19:14, 15)
degan ma’noga ega, ammo ruhiy mavjudotlar haqida gap ketganda, «farishta» deb ifodalanadi. ( -
Farziylar.
Milodiy birinchi asrda mavjud bo‘lgan yahudiy dinidagi nufuzli mazhab. Ular ruhoniylar avlodidan bo‘lmagan, lekin Tavrotga, hatto mayda-chuydasigacha qattiq amal qilishgan. Ular og‘zaki urf-odatlarni Tavrot bilan bir qatorga qo‘yishgan. (Mt 23:23) Ular yunon madaniyatining har qanday ta’siriga qarshilik ko‘rsatib, Tavrot va urf-odatlar bilimdoni sifatida xalq ustidan kuchli hokimiyatga ega bo‘lishgan. (Mt 23:2–6) Ba’zilari hatto Oliy Kengash (Sinedrion) a’zolari edi. Shabbatga va urf-odatlarga rioya etish, shuningdek, gunohkorlar-u soliqchilar bilan muloqot qilish borasida Isoga tez-tez qarshi chiqishgan. Keyinchalik, ayrimlari masihiy bo‘lgan, Tars shahridan bo‘lgan Shoul bular qatoriga kiradi. (Mt 9:11; 12:14; Mrk 7:5; Lq 6:2; Hv 26:5)
-
Fir’avn.
Misr shohlariga berilgan unvon. Muqaddas Kitobda beshta fir’avnning ismi tilga olingan: Shishax, So‘vax, Tirxoqo, Nexo va Xofra. Boshqalarining, jumladan, Ibrohim, Muso va Yusuf bilan yaqindan muloqot qilgan fir’avnlarning ismi yozilmagan. (Chq 15:4; Rm 9:17)
-
Fisih.
Isroilliklar Misr yurtidan qutqarilganini har yili abib (keyinchalik nison deb nomlangan) oyining 14-kunida bayram sifatida nishonlagan. Bu kuni qo‘zi (yoki echki) so‘yilib, pishirilardi, so‘ng xamirturushsiz non va taxir o‘tlar bilan tanovul qilinardi. (Chq 12:27; Yuh 6:4; 1Kr 5:7)
-
Fohisha.
Yunonchadan «fohisha» deya tarjima qilingan porne so‘zi «sotmoq» fe’lidan kelib chiqqan. Bu so‘z asosan ayollarga nisbatan qo‘llaniladi. Muqaddas Kitobda bunday erkaklarga nisbatan esa «bachcha» so‘zi ishlatilgan. Tavrotda fohishalik qoralangan va ular oladigan haq Yahovaning muqaddas maskanida xayr-ehson sifatida qabul qilinmagan. Butparastlar esa bunday ish bilan shug‘ullanuvchilardan daromad manbai sifatida foydalanishgan. (Qn 23:17, 18; 3Shh 14:24) Muqaddas Kitobda, Allohga topinish bilan bir vaqtda butparastlik bilan shug‘ullangan insonlar, xalqlar va tashkilotlarga nisbatan majoziy ma’noda fohisha so‘zi qo‘llanilgan. Masalan, «Buyuk Bobil» deya nomlangan diniy tashkilot Vahiy kitobida fohisha kabi tasvirlangan. Chunki u, hokimiyat va boylikka ega bo‘lish maqsadida bu dunyo hukmdorlari orasiga qo‘shilib ketgan. (Vh 17:1–5; 18:3; 1Sl 5:25)
-
Fors; forslar.
Yurt va uning xalqiga berilgan nom. Ular ko‘pincha midiyaliklar bilan birga tilga olinadi. Qadimda forslar Eron yassi tog‘larining janubi-g‘arb qisminigina egallashgan. Buyuk Kirning (ba’zi qadimgi tarixchilarning aytishicha, uning otasi fors, onasi esa midiyalik bo‘lgan) boshqaruvi ostida forslar midiyaliklardan ustun bo‘lgan, lekin ular bitta imperiyani tashkil etgan. Kir Bobil imperiyasini mil. avv. 539-yili bosib olgan va asirlikdagi yahudiylarga o‘z ona yurtlariga qaytishga izn bergan. Fors imperiyasining hududi Hind daryosining sharqidan Egey dengizining g‘arbigacha cho‘zilgan. Mil. avv. 331-yili Iskandar Maqduniy forslarni mag‘lub qilgunga qadar, yahudiylar Fors boshqaruvi ostida bo‘lgan. Fors imperiyasi borasida Doniyorga vahiy nozil qilingan edi. Shuningdek, bu imperiya haqida Ezra, Naximiyo va Ester kitoblarida ham aytib o‘tilgan. (Ezr 1:1; Dn 5:28; 8:20) Ilovaning B9 mavzusiga q.
-
Furot.
Janubi-g‘arbiy Osiyodagi eng uzun va muhim daryo. Mesopotamiyadagi ikkita asosiy daryodan biri. Ilk bor Ibtido 2:14 da Adan bog‘idan o‘tgan to‘rtta daryodan biri sifatida tilga olingan. Bu daryo Isroil xalqiga berilgan hududning shimoliy chegarasi bo‘lgan. (Ibt 15:18; Vh 16:12) Ilovaning B2 mavzusiga q.
G
-
Ganch idish.
Misrning Alabastron shahri yaqinida uchraydigan toshdan yasalgan, xushbo‘y moylar uchun mo‘ljallangan kichik ko‘zalarning nomi. Odatda ushbu idishlarning bo‘yni ingichka qilib yasalgan va qimmatbaho xushbo‘y moy oqib ketmasligi uchun og‘zi mahkam yopib qo‘yilgan. (Mrk 14:3)
-
Garov.
Buni shuningdek, kafillik deb aytsa bo‘ladi. Bu borada, Tavrot kitobida xalq orasidagi ojiz va kambag‘al kishilarning manfaatini himoya qilishga nisbatan majburiyatlar yozilgan edi. (Chq 22:26; Hiz 18:7)
-
Gera.
Og‘irligi 0,57 g ga teng o‘lchov birligi. Gera 1/20 shekelga teng. (Lv 27:25) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Germes.
Yunonlar xudosi, Zevsning o‘g‘li. Germes xudolarning xabarchisi va so‘zamollik xudosi deya sanalgani uchun, Listra aholisi yanglishib Pavlusni u bilan adashtirgan. (Hv 14:12)
-
Gilad.
Iordan daryosi sharqidagi unumdor yer. U Yavoq vodiysining shimol va janub tomonlariga cho‘zilgan. Ba’zida, isroilliklarning Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi yashagan Iordan hududining sharqidagi barcha yerlariga qarata qo‘llanilgan (S’h 32:1; Yosh 12:2; 4Shh 10:33) Ilovaning B4 mavzusiga q.
-
Gittit.
Ma’nosi noaniq bo‘lgan musiqiy atama, ibroniycha gat so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ayrimlarning fikricha, ehtimol, bu so‘z sharob tayyorlash mavsumida aytiladigan qo‘shiqlar kuyini anglatadi. Chunki gat so‘zi uzumsiqqichni bildiradi. (Zb 81, so‘zboshi)
-
Govron.
Hayvonlarni haydash uchun ishlatiladigan uchi metalldan bo‘lgan uchli tayoq. Govron, tinglovchilarni dono maslahatga quloq tutishga undovchi dono kishining so‘zlari bilan solishtirilgan. «Govronga qarshi tepish» iborasi, o‘ziga jarohat yetkazib, o‘jarlik bilan govronga qarshi tiraladigan buqaning xatti-harakati bilan bog‘liq. (Hv 26:14; Hak 3:31)
-
Gunohni yuvish.
Ibroniycha yozuvlarda bu tushuncha odamlar Xudoga yaqinlashishi va topinishiga yo‘l ochish uchun keltirilgan qurbonliklar Lv 5:10; 23:28; Kls 1:20; Ibr 9:12)
bilan bog‘liq edi. Tavrotga ko‘ra, qurbonliklar aynan Gunohni yuvish kunida keltirilardi. Bundan maqsad alohida odamlarning hamda butun xalqning gunohlariga qaramay, ularni Xudo bilan yarashtirish edi. Bu qurbonliklar Isoning qurbonligi ramzi bo‘lgan. Uning qurbonligi esa, butun insoniyatning gunohlarini birato‘la yuvib, ularga Yahova bilan yarashish imkonini beradi. ( -
Gunohni yuvish kuni.
Isroilliklar uchun juda muhim va muqaddas kun. Bu kun shuningdek, Yom-Kippur deb nomlangan (ibroniycha yom xakkippurim, ma’nosi «qoplash kuni») va itanim oyining 10-kuni nishonlangan. Bosh ruhoniy muqaddas chodirdagi, keyinchalik esa ma’baddagi Eng muqaddas xonaga faqat shu kuni kirardi. Bu xonada u o‘zining, boshqa levilarning va xalqning gunohlari uchun keltirilgan qurbonlik qonini taqdim etardi. Bu muqaddas yig‘in va ro‘za payti edi. Shuningdek, bu shabbat bo‘lib, o‘sha kuni odatiy ishlar qilinmasdi. (Lv 23:27, 28)
-
Gunoh qurbonligi.
Inson nomukammalligi dastidan bilmay turib gunoh qilib qo‘yganda keltirilgan qurbonlik. Gunohini yuvmoqchi bo‘lgan kishi vaziyati hamda sharoitiga qarab, turli hayvonlarni, buqadan tortib kaptargacha, qurbonlik sifatida olib kelishi mumkin edi. (Lv 4:27, 29; Ibr 10:8)
-
Habashiston.
Misrning janubida yashagan qadimiy xalq. Uning hududiga zamonaviy Misrning eng janubiy qismi hamda hozirgi Sudan kirgan. Bu so‘z ayrim hollarda ibroniycha «Kush» so‘zi o‘rniga ishlatilgan. (Est 1:1)
-
Hades.
Ushbu yunoncha so‘z ibroniycha sheo‘l so‘ziga ma’nodosh bo‘lib, odamning o‘limini anglatadi. MOZOR so‘ziga q.
-
Hakamlar.
Isroilda shohlar boshqargunga qadar Yahova O‘z xalqini himoyalash uchun tayinlagan kishilar. (Hak 2:16)
-
Hakamlik kursisi.
Odatda zina bilan ko‘tariladigan supa bo‘lib, u yerdan mansabdor kishilar olomonga qarata gapirar va qarorlarni e’lon qilardi. «Tangrining hakamlik kursisi» hamda «Masihning hakamlik kursisi» iboralari, Yahova insoniyatni hukm qilish uchun qo‘llaydigan choralarning ramzidir. (Rm 14:10; 2Kr 5:10; Yuh 19:13)
-
Haq Xudo.
Ibroniycha Ha-Elohim iborasi aksar hollarda «haq Xudo», «haq Tangri» va «Alloh» deb tarjima qilindi va bu bilan Yahova Taolo boshqa soxta xudolardan ajratib ko‘rsatilib, faqat U yakka-yu yagona Xudo ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Mana shunday matn tarkiblarida ushbu ibroniycha iboraning to‘liq ma’nosi saqlab qolinishi uchun izchillik bilan «haq Xudo» deb tarjima qilindi. (Ibt 5:22, 24; 46:3; Qn 4:39)
-
Havoriy.
Yunoncha apostolos so‘zi tom ma’noda «yuborilgan» degani. Bu so‘z Isoga hamda boshqalarga xizmat qilish uchun jo‘natilgan muayyan kishilarga nisbatan qo‘llanilgan. Aksar hollarda esa bu so‘z Iso vakillari sifatida shaxsan o‘zi tanlagan 12 ta kishiga nisbatan ishlatilgan. (Mrk 3:14; Hv 14:14)
-
Hayot daraxti.
Adan bog‘idagi daraxt. Muqaddas Kitobda bu daraxt mevalari hayot ato etuvchi xususiyatga ega ekani haqida aytilmagan. Hayot daraxti Xudo undan yeyishga ruxsat etgan kishilar uchun abadiy hayotga ega bo‘lishni kafolatlashini anglatadi. (Ibt 2:9; 3:22)
-
Hazratimizning kechlik taomi.
Masihning tanasi va qonining ramzi bo‘lgan xamirturushsiz non va sharobdan iborat taom. Isoning o‘limini xotirlash marosimi. Muqaddas Yozuvlarga ko‘ra, masihiylardan bu marosimga rioya etish kutiladi. (1Kr 11:20, 23–26)
-
Hirodning tarafdorlari.
Hirodchilar deb ham tanilgan. Ular Rim hokimiyati ostida boshqargan Hirodlarning siyosiy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlagan milliy partiya a’zolari bo‘lgan. Ehtimol, ba’zi sadduqiylar ham bu partiyaga tegishli edi. Hirodning tarafdorlari farziylar bilan til biriktirib, Isoga qarshi chiqishgan. (Mrk 3:6)
-
Hirod.
Rim tomonidan yahudiylar ustidan boshqarish uchun tayinlangan sulola nomi. Buyuk Hirod Quddusdagi ma’badni qayta tiklagani bilan mashhur edi. U Isoni halok qilish uchun yosh bolalarni o‘ldirishga farmon chiqargan. (Mt 2:16; Lq 1:5) Uning o‘g‘illari Hirod Arxelay va Hirod Antipa, otasi idora etgan yerning ayrim hududlari ustidan tayinlangan. (Mt 2:22) Tetrarx yoki viloyat hokimi bo‘lgan, ammo xalq orasida «shoh» deya atalgan Antipa, Masihning uch yarim yillik xizmati paytida va Havoriylar kitobi 12-bobida yozilgan hodisalar yuz bergan davrgacha hukm surgan. (Mrk 6:14–17; Lq 3:1, 19, 20; 13:31, 32; 23:6–15; Hv 4:27; 13:1) Bundan keyin Hirod Agrippa I — Buyuk Hirodning nevarasi qisqa vaqt mobaynida hukm surgach, Xudoning farishtasi tomonidan qatl etilgan. (Hv 12:1–6, 18–23) So‘ngra uning o‘g‘li Hirod Agrippa II hokimlik qila boshlagan va yahudiylar Rimga qarshi isyon ko‘targunga qadar boshqargan. (Hv 23:35; 25:13, 22–27; 26:1, 2, 19–32)
-
Horunning o‘g‘illari.
Levining nevarasi Horunning avlodlari. Musoning Tavrot kitobiga ko‘ra Horun birinchi oliy ruhoniy sifatida tanlangan edi. Uning o‘g‘illari muqaddas chodir va ma’badda ruhoniylik vazifasini bajarishgan. (1Sl 23:28)
-
Hosil bayrami.
Uchta asosiy bayramdan ikkinchisi. Bu bayramni nishonlash uchun barcha yahudiy erkaklardan Quddusga borish talab qilingan. Yunonchada bu bayram pentekoste deb nomlanib, «elliginchi» degan ma’noni beradi. Ibroniycha yozuvlarda Haftalar bayrami deb ham nomlanadi. Bu bayram 16-nisondan hisoblanib, 50-kuni nishonlangan. (Chq 23:16, izohga q.; Chq 34:22; Hv 2:1)
-
Hovli.
Muqaddas chodirning pardalar bilan o‘ralgan hovlisi bo‘lgan. Keyinchalik ma’badni ham hovli o‘rab turgan. Muqaddas chodirning hovlisida va ma’badning ichki hovlisida kuydiriladigan qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh turgan. (Ilovaning B5, B8, B11 mavzulariga q.) Muqaddas Kitobda uylar va saroylarning hovlilari ham tilga olingan. (Chq 8:13; 27:9; 3Shh 7:12; Est 4:11; Mt 26:3)
-
Hozir bo‘lish.
Yunoncha yozuvlardagi ba’zi matn tarkiblarida bu ibora Iso Masihning shoh sifatida ko‘zga ko‘rinmas ravishda hozir bo‘lishini bildiradi. Hozir bo‘lish davri Iso Masihning Samoviy Shohlikda taxtga o‘tirgan vaqtdan boshlanib, ushbu zamonaning oxirigacha davom etadi. Masihning hozir bo‘lishi qisqa muddatni emas, muayyan bir davrni o‘z ichiga oladi. (Mt 24:3)
-
Hukm kuni.
Ba’zi odamlar, xalqlar yoki umuman odamzod Xudo oldida hisobot berishi uchun belgilangan kun yoki davr. Bu kuni, o‘limga loyiq deb topilganlar mahkum etiladi, ayrimlarga esa omon qolish va abadiy hayotga ega bo‘lish imkoni beriladi. Iso Masih va uning havoriylari aytgan bo‘lajak Mt 12:36)
«Hukm kuni» nafaqat tiriklarga, balki o‘tmishda o‘lganlarga ham tegishli. ( -
Iblis.
Yunoncha yozuvlarda bu so‘z Shaytonga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lib, «tuhmatchi» deganidir. Shayton birinchi va o‘taketgan tuhmatchi bo‘lib, Tangri Yahovani, Uning muqaddas ismini hamda ezgu ishlarini qoralagani uchun unga bu nom berilgan. (Mt 4:1; Yuh 8:44; Vh 12:9)
-
Ibodatxona.
Yunoncha sinagoga. «Birga yig‘ilish, jamoa» degan ma’noga ega. Yahudiylar Muqaddas Yozuvlarni o‘qish, ta’lim olish, va’z qilish va ibodat qilish uchun yig‘iladigan joy edi. Isoning davrida Isroilning har bir shahrida shunday ibodatxonalar bo‘lgan. Katta shaharlarda esa bir nechta ibodatxona bor edi. (Lq 4:16; Hv 13:14, 15)
-
Ibroniy.
Bu so‘z ilk bor Ibromga (Ibrohimga) qarata qo‘llanilib, uni qo‘shni amoriylardan ajratib turgan. Keyin esa Ibrohimning nevarasi Yoqubdan kelib chiqqan avlodlarga va ular so‘zlashgan tilga nisbatan qo‘llanilgan. Iso Masih va uning shogirdlari ibroniy tilida gapirishgan. Isoning davrida ibroniy tiliga ko‘pgina oromiy so‘zlar kirib kelgan. (Ibt 14:13; Chq 5:3; Hv 26:14)
-
Ijrochilar rahbari.
Zabur kitobida ishlatilgan ibroniycha atama ostida qo‘shiqlarni uyg‘unlashtiradigan, kuylanishini nazorat qiladigan, levi qo‘shiqchilarni mashq qildirib ta’lim beradigan kishi nazarda tutilgan. (Zb 4; 5, so‘zboshlari)
-
Ilk hosil; birinchi hosil.
O‘rim-yig‘im paytida yig‘ilgan birinchi hosil yoki biror narsaning ilk hosili. Yahovaning talabiga binoan, Isroil xalqi birinchi hosilni Unga taqdim etishi darkor edi (u xoh inson, xoh hayvon, xoh yerning birinchi hosili bo‘lsin). Xalq sifatida isroilliklar Xamirturushsiz non va Hosil bayramlarida ilk hosilni Tangriga baxshida etishgan. «Birinchi hosil» iborasi Isoga hamda uning moylangan izdoshlariga nisbatan ramziy ma’noda qo‘llanilgan. (1Kr 15:23; S’h 15:21; Hk 3:9; Vh 14:4)
-
Illirika.
Yunonistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Rim viloyati. Pavlus o‘sha yergacha va’zgo‘ylik safarida bo‘lgan. Ammo u Illirikaning o‘zida va’z qilgan-qilmagani noma’lum. (Rm 15:19) Ilovaning B13 mavzusiga q.
-
Inoyat.
Ushbu yunoncha so‘zning asosiy ma’nosi yoqimli va jozibali demakdir. Keng ma’noda esa xush keladigan hadya yoki ezgulik qilish odatiga tegishli. Xudoning inoyati haqida gap borganda, bu so‘z ostida evaziga hech nima kutmasdan saxiylik bilan tuhfa etilgan Xudoning hadyasi nazarda tutiladi. Demak, bu ibora Xudoning insoniyatga nisbatan ko‘rsatayotgan saxiyligini va cheksiz mehr-muhabbatini aks ettiradi. Mazkur yunoncha ibora «iltifot» va «marhamat» deya ham tarjima qilingan. Garchi odam biror xizmati bilan erishmagan bo‘lsa-da, kishi saxiyligi yuzasidan unga inoyat ko‘rsatadi. (2Kr 6:1; Ef 1:7)
-
Inson O‘g‘li.
Injildagi to‘rtta bayonotda bu ibora deyarli 80 marta uchraydi. U Iso Masihga nisbatan qo‘llanilib, uning yer yuziga ruhiy zot sifatida kelganini emas, balki inson bo‘lib tug‘ilganini ko‘rsatadi. Bu ibora shuningdek, Doniyor 7:13, 14 dagi bashoratni Iso amalga oshirishini bildiradi. (Mt 19:28; 20:28)
-
Isroil.
Alloh Yoqubga bergan ism. Bu ism Yoqubning turli vaqtda yashagan barcha avlodlariga tegishli. Yoqubning 12 ta o‘g‘lining avlodlari odatda Gl 6:16; Ibt 32:28; 2Shh 7:23; Rm 9:6)
Isroil o‘g‘illari, Isroil xonadoni, Isroil xalqi yoki isroilliklar deb ataladi. Isroil shohligi ikkiga bo‘lingach, o‘n qabilali shimoliy shohlik Isroil deb nomlana boshladi. Keyinchalik moylangan masihiylar «Xudoning Isroili» deb ataladigan bo‘ldi. ( -
Issop.
Poklanish marosimida qon yoki suvni sachratish uchun qo‘llanilgan novdali va yaproqli o‘simlik. Ehtimol, tog‘rayhonning bir turi (Origanum maru; Origanum syriacum). Yuhanno 19:29 dagi issop novdaga yoki jo‘xorining (Sorghum vulgare) poyasiga chatishtirilgan bo‘lishi mumkin. Uning poyasi uzun bo‘lgani uchun, achigan sharob botirilgan shimgichni uning uchiga bog‘lab, Isoning og‘ziga tutishgan. (Chq 12:22; Zb 51:7)
-
Ichimlik nazri.
Nazr sifatida keltirilgan va qurbongoh ustiga quyilgan sharob. U boshqa nazrlar bilan bir qatorda taqdim etilgan. Pavlus imondoshlari uchun fido bo‘lishga tayyorligini ifodalash maqsadida o‘zini ichimlik nazriga o‘xshatgan. (S’h 15:5, 7; Flp 2:17)
-
Jahannam.
(Ibr. ge hinnom, ya’ni «Hinnom vodiysi». «Jahannam» so‘zi ushbu iboradan kelib chiqqan.) Bu vodiy qadimgi Quddusning janubi va janubi-g‘arbida joylashgan edi. (Yerm 7:31) Bashoratda bu yer jasadlar uloqtiriladigan joyga aylanishi haqida aytilgan (Yerm 7:32; 19:6) Hayvonlar yoki odamlar tiriklayin yondirilish yoki qiynoqqa solinish uchun jahannamga uloqtirilgani to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘q. Shunday ekan, bu yer insonning joni olovda mangu azoblanadigan ramziy ma’nodagi ko‘rinmas joyni anglatmaydi. Aksincha, Iso va uning shogirdlari jahannam so‘zini abadiy jazo yoki «ikkinchi o‘lim», ya’ni batamom yo‘q qilish ramzi sifatida qo‘llashgan. (Vh 20:14; Mt 5:22; 10:28)
-
Jamoat.
Muayyan maqsadda yoki ish uchun yig‘ilgan bir guruh odamlar. Ibroniycha yozuvlarda bu so‘z ostida asosan Isroil xalqi nazarda tutilgan. Yunoncha yozuvlarda alohida-alohida masihiy jamoatlar nazarda tutilsa-da, aksar hollarda barcha masihiylarga nisbatan qo‘llanilgan. (3Shh 8:22; Hv 9:31; Rm 16:5)
-
Jamoat xizmatkori.
Yunoncha diakonos so‘zi ko‘pincha «xizmatchi» yoki «xizmatkor» deya tarjima qilinadi. Ushbu ibora jamoatning oqsoqollar kengashiga yordam beradigan mas’uliyatli kishiga tegishli. Bu sharafli vazifani bajarish uchun masihiy Muqaddas Kitobdagi talablarga mos kelishi lozim. (1Tm 3:8–10, 12)
-
Jannat.
Chiroyli bog‘. Ilk shunday joy Adan bog‘i bo‘lib, Yahova uni birinchi inson jufti uchun yaratgan. Iso yonidagi ustunga mixlangan jinoyatchi bilan gaplashganda, yer yuzi jannatga aylanishini nazarda tutgan. 2 Korinfliklarga 12:4 da bu so‘z, ehtimol, bo‘lajak jannatga, Vahiy 2:7 da esa samodagi jannatga ishora qiladi. (Qo‘sh 4:13; Lq 23:43)
-
Jinlar.
Ko‘zga ko‘rinmas, ulkan qudratga ega yovuz ruhiy mavjudotlar. Ular Ibtido 6:2 da «Xudoning o‘g‘illari», Yahudo 6 da «farishtalar» deb atalgan, chunki yovuz qilib yaratilmagan. Ular Nuh davrida Xudoga itoat etmay, Uning dushmaniga aylanishgan va Shaytonning Yahovaga qarshi isyoniga sherik bo‘lishgan. (Qn 32:17; Lq 8:30; Hv 16:16; Yoq 2:19)
-
Jinsiy axloqsizlik; zino.
Yunoncha pornia. Bu Xudo tomonidan taqiqlangan jinsiy aloqaning ba’zi turlariga nisbatan ishlatiladigan so‘z. Bu bevafolik, fohishalik, nikohda bo‘lmagan kishilar Vh 14:8; 17:2; 18:3; Mt 5:32; Hv 15:29; Gl 5:19) FOHISHA so‘ziga q.
bilan jinsiy aloqa, gomoseksualizm, hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilishni o‘z ichiga oladi. Vahiy kitobida majoziy ma’noda, ya’ni «Buyuk Bobil» deb atalgan diniy fohishaning hokimiyat va boylik uchun bu dunyoning hukmdorlari bilan qilayotgan aloqasini ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan. ( -
Jon.
Ibroniycha nefesh, yunoncha psixe. Muqaddas Yozuvlarda bu so‘zlarning qo‘llanilishini o‘rganib chiqib, ular asosan 1) odamga, 2) hayvonga yoki 3) odam yo hayvonning hayotiga ishora qilishini ko‘rsa bo‘ladi. (Ibt 1:20; 2:7; S’h 31:28; 1Btr 3:20, izohlarga q.) Ko‘pchilik «jon» so‘zini diniga qarab o‘zgacha tushunsa ham, Muqaddas Kitobda yer yuzidagi mavjudotlar haqida gap ketganda, nefesh va psixe so‘zlari ko‘zga ko‘rinadigan, ushlasa bo‘ladigan va o‘tkinchi jonlarni anglatadi. Ushbu nashrda bu so‘zlar ko‘pincha matn tarkibiga qarab «hayot», «mavjudot», «odam», «butun vujud» yoki kishilik olmoshi tariqasida (masalan, «men») deb o‘girilgan. Ko‘p hollarda, «jon» so‘zi izohda keltirilgan. Bu so‘z asosiy matnda yo izohda ishlatilishidan qat’iy nazar, uni yuqorida aytilganlarga binoan tushunish darkor. Biron ishni butun joni bilan bajarish to‘g‘risida gap ketganda esa, u buni butun vujudi yoki butun qalbi ila qilishini bildiradi. (Qn 6:5; Mt 22:37) Ibroniycha nefesh so‘zi ba’zi matn tarkiblarida o‘lgan odamni yoki murdani ifodalashi mumkin. (S’h 6:6; Xg 2:13)
-
Jul.
Don-dun solinadigan qop yoki xalta tayyorlashda qo‘llaniladigan dag‘al mato. U odatda qora echkining junidan to‘qilgan va motam kiyimi hisoblangan. Nafaqat aza tutganda, balki qayg‘urganda yoki tavba qilganda ham julga o‘ranishgan. (Ibt 37:34; Lq 10:13)
-
Kab.
Batdan kelib chiqqan holda o‘lchanganda, 1,22 l ga teng hajm o‘lchov birligi. (4Shh 6:25) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Kanizak.
Ko‘pincha cho‘ri qizlar orasidan tanlab olingan ikkinchi xotin. (Chq 21:8; 2Shh 5:13; 3Shh 11:3)
-
Kan’on.
Nuhning nevarasi, Xomning to‘rtinchi o‘g‘li. Vaqt o‘tib, Kan’ondan kelib chiqqan 11 ta qabila O‘rta dengizning sharqiy sohilida, Misr va Suriyaning o‘rtasida joylashgan hududda yashay boshlagan. Bu hudud «Kan’on yurti» deb atalgan. (Lv 18:3; Ibt 9:18; Hv 13:19) Ilovaning B4 mavzusiga q.
-
Karnay.
Bu puflama asbob metalldan yasalgan bo‘lib, ishora berish va musiqa chalish uchun ishlatilgan. Sahroda 10:2 ga binoan, Yahova isroilliklarga kumushdan ikkita karnay yasashni buyurgan. Jamoani chaqirish, chodirlarni yig‘ish, jangga da’vat qilish maqsadida ushbu karnaylardan foydalanib belgi berilgan. Hayvon shoxidan yasalgan burg‘ular egik bo‘lsa, karnaylar to‘g‘ri bo‘lgan. Ma’badda musiqali asbob sifatida boshqa karnaylar ham qo‘llanilgan. Biroq ularning tuzilishi qanday bo‘lgani aniq emas. Muqaddas Kitobda Yahovaning hukmlari e’lon qilinishi yoki boshqa muhim voqealar bilan bog‘liq hollarda majoziy karnaylar chalingani haqida aytilgan. (2Sl 29:26; Ezr 3:10; 1Kr 15:52; Vh 8:7–11:15)
-
Karublar.
Yuqori martabaga ega bo‘lgan va maxsus vazifalarni bajaradigan farishtalar. Ular seraflardan farq qiladi. (Ibt 3:24; Chq 25:20; Isha 37:16; Ibr 9:5)
-
Kassiya.
Dolchin daraxti bilan bir oilaga mansub bo‘lgan dolchin (Cinnamomum cassia) daraxtining po‘stidan olingan modda. Kassiya xushbo‘y modda bo‘lib, moylash uchun ishlatilgan muqaddas moy tarkibiga kirgan. (Chq 30:24; Zb 45:8; Hiz 27:19)
-
Kor.
Quruq narsalar hamda suyuqlik o‘lchov birligi. Batdan kelib chiqqan holda o‘lchanganda, 220 l ga teng. (3Shh 5:11) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Kulol.
Ibroniycha kulol so‘zi «shakl beruvchi» degan ma’noni bildiradi. Kulol gilga istagan shaklni berishi, ko‘pincha Yahovaning alohida insonlar va xalqlar ustidan hukmdorligini tasvirlash uchun qo‘llaniladi. (Isha 64:8; Rm 9:21)
-
Kunda.
Jazolash uchun qo‘llanilgan asbob. Ba’zilari oyoqlarga solinardi, boshqalari odamning butun tanasini bukib, oyoq-qo‘li bilan bo‘yniga solingan. (Yerm 20:2; Hv 16:24)
-
Kuydiriladigan qurbonlik.
Qurbonlikka keltirilgan hayvon Xudoga atab qurbongohda butunlayin kuydirilgan. Hayvonning (buqa, qo‘chqor, taka, g‘urrak yoki kaptar palaponi) hech bir qismi uni olib kelgan kishiga qolmas edi. (Chq 29:18; Lv 6:9)
-
Ko‘krakpech.
Qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan xaltacha. Isroillik oliy ruhoniy Muqaddas xonaga kirganida, uni ko‘ksiga taqqan. U «hukm ko‘krakpechi» deb atalgan, chunki unga urim va tummim solib qo‘yilgan. Urim va tummim orqali esa, Yahova O‘z hukmlarini oshkor etgan. (Chq 28:15–30) Ilovaning B5 mavzusiga q.
H
I
J
K
L
-
La’nat.
Biror kimsa yoki narsaga nisbatan yomonlik tilash, aytish. La’natni so‘kinish yoki jahl bilan adashtirmaslik lozim. Ko‘pincha la’nat rasmiy e’lon yoki yomonlik kelishi haqidagi bashorat sifatida aytilgan. Agar Xudo yoki vakolatga ega kishilar tomonidan aytilsa, la’nat bashoratli ahamiyatga va kuchga ega bo‘lgan. (Ibt 12:3; S’h 22:12; Gl 3:10)
-
Legion.
Qadimgi Rimda taxminan 4 000 dan 6 000 gacha askardan tashkil topgan harbiy qismni anglatardi. Muqaddas Yozuvlarda qo‘llanilgan ushbu so‘z, ehtimol, noaniq katta sonni bildiradi. (Mt 26:53; Mrk 5:9; Lq 8:30)
-
Lepta.
Yunoncha yozuvlar yozilgan davrda yahudiylarning eng kichik mis yoki bronza tangasi bo‘lgan. O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitobda «chaqa» deb tarjima qilingan. (Mrk 12:42; Lq 21:2 dagi izohlarga q.) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Leviatan.
Odatda suv to‘g‘risida gap borganda tilga olingan hayvon. Ehtimol, suv jonivorining bir turi. Ayub 3:8 va 41:1 da aftidan bu jonivor timsohni yoki bahaybat, kuchli suv jonivorini bildiradi. Zabur 104:26 da aytilgan jonivor kitning biror turi bo‘lishi mumkin. Boshqa oyatlarda bu so‘z ramziy ma’noda ishlatilgan bo‘lib, hech bir hayvonni bildirmaydi. (Zb 74:14; Isha 27:1 dagi izohlarga q.)
-
Levi; levilar.
Yoqubning Leaxdan tug‘ilgan uchinchi o‘g‘li. Shuningdek, uning ismi bilan atalgan qabila nomi. Levining uchta o‘g‘li levilarning asosiy uchta bo‘linmasining asoschilari bo‘lgan. Ba’zan «levilar» iborasi butun qabilaga nisbatan ishlatiladi. Ammo Horunning naslidan kelib chiqqan ruhoniylar xonadoni bunday atalmaydi. Levi qabilasiga va’da qilingan yurtda yer taqsimlab berilmagan, lekin qabilalar orasida ularga 48 ta shahar ajratilgan. (Qn 10:8; 1Sl 6:1; Ibr 7:11)
-
Livan tog‘ tizmasi.
Livan yeridagi tog‘larni tashkil etuvchi ikkita tog‘ tizmasidan biri. Livan tizmasi g‘arb, Antilivan tizmasi esa sharq tomonda joylashgan. Ushbu ikkita tog‘ tizmasini uzun unumdor vodiy ajratib turadi. Livan tizmasi deyarli O‘rta dengiz sohilidan boshlanib, o‘rtacha balandligi 1 800–2 100 m ni tashkil etadi. Qadimda Livan ulkan kedr daraxtlari bilan qoplangan bo‘lib, bu daraxtlar atrofdagi xalqlar tomonidan yuqori baholanar edi. (Qn 1:7; Zb 29:6; 92:12) Ilovaning B7 mavzusiga q.
-
Log.
Muqaddas Kitobda keltirilgan eng kichik suyuqlik o‘lchov birligi. Yahudiylarning Talmud kitobida bir log 1/12 xinga teng deb aytiladi. Shunga ko‘ra, bir logning sig‘imi 0,31 l. (Lv 14:10) Ilovaning B14 mavzusiga q.
M
-
Makedoniya.
Iskandar Maqduniy nomi tufayli mashhur bo‘lgan, Yunoniston shimolida joylashgan hudud. Bu yer, rimliklar tomonidan zabt etilmagunga qadar mustaqil qolgan. Havoriy Pavlusning Yevropaga birinchi safarida Makedoniya Rim viloyati edi. Pavlus bu yerga uch marotaba kelgan. (Hv 16:9) Ilovaning B13 mavzusiga q.
-
Malax.
MO‘LAX so‘ziga q.
-
Malkam.
Ehtimol, ommonliklarning bosh xudosi bo‘lmish Mo‘laxning boshqa nomi. (Zaf 1:5) MO‘LAX so‘ziga q.
-
Manna.
Isroilliklarning 40 yil sahroni kezib yurgan davridagi asosiy yeguligi. Uni Yahova taqdim etgan bo‘lib, Shabbat kunidan tashqari, har kuni ertalab shudring bug‘lanib ketgach mo‘jizaviy ravishda paydo bo‘lardi. Isroilliklar uni ilk bor ko‘rganda, «bu nima?» (ibr. man xu?) deb so‘rashgan edi. (Chq 16:13–15, 35) Boshqa oyatlarda bu so‘z «osmonning doni» (Zb 78:24), «osmondan non» (Zb 105:40) va «qudratli zotlar noni» (Zb 78:25) deyilgan. Iso ham manna so‘zini majoziy ma’noda qo‘llagan. (Yuh 6:49, 50)
-
Marjon.
Mittigina dengiz jonivorlarining skeletidan hosil bo‘lgan toshga o‘xshash qattiq modda. Okeanda ularning qizil, oq va qora rangdagi har xil turlari bor. Marjonlar ayniqsa Qizil dengizda ko‘p uchragan. Muqaddas Kitob yozilgan vaqtlarda qizil rangdagi marjonlar yuqori baholangan va ularni munchoqlar hamda boshqa taqinchoqlar yasashda ishlatishgan. (Hk 8:11)
-
Masih.
Ibroniycha mashiax, yunoncha xristos so‘zlari «moylangan» degan ma’noni anglatadi. Kimsaning boshiga moy quyish, uni muayyan xizmatga tayinlashni bildirgan. Ushbu so‘z unvon sifatida Isoga nisbatan qo‘llanilgan. (Mt 1:16; Yuh 1:41; 2Shh 22:51; 1Sl 16:22; Dn 9:25; Ibr 11:26)
-
Masihiy.
Iso Masihning izdoshlariga Xudo tomonidan berilgan nom. (Hv 11:26; 26:28)
-
Maskil.
Zabur kitobining 13 ta sanosi so‘zboshilarida uchraydigan ibroniycha atama, ma’nosi noaniq. Ehtimol, «o‘yga cho‘mdiruvchi she’r» degan ma’noga ega. Ayrimlarning fikricha, shunga o‘xshash so‘z shakli «xizmatini donolik ila bajarish» deya tarjima qilinib, ma’no jihatdan maskil so‘ziga yaqin. (2Sl 30:22; Zb 32, so‘zboshi)
-
Maxalat.
Musiqiy atama bo‘lishi mumkin. Bu atama Zabur 53 va 88-sanolarning so‘zboshilarida uchraydi. Bu so‘z, ibroniychada «zaiflashmoq, xasta bo‘lmoq» kabi o‘zak so‘zlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Shu bois, bu atama g‘amli, qayg‘uli ohangni anglatib, ushbu sanolarning g‘amgin mazmuniga uyg‘undir.
-
Mazhab.
Muayyan ta’limotga yoki yetakchiga ergashib, o‘z e’tiqodlari bo‘yicha yashovchi odamlardan tarkib topgan guruh. Bu so‘z, yahudiy dinidan kelib chiqqan ikkita oqimga — farziylar va sadduqiylarga nisbatan ishlatilgan. Shuningdek, masihiy bo‘lmagan odamlar masihiylarga qarata «mazhab» yoki «nasroniylar mazhabi» deya aytishgan, ehtimol, ular haqda yahudiy dinidan ajralib chiqqan degan fikrda bo‘lishgan. Keyinchalik masihiylar jamoatidan ham ajralib chiqqan mazhablar paydo bo‘lgan. Masalan, Vahiy kitobida «nikolaychi mazhabi» borasida aytib o‘tilgan. (Hv 5:17; 15:5; 24:5; 28:22; Vh 2:6; 2Btr 2:1)
-
Ma’bad.
Muqaddas chodirning o‘rniga qurilgan Quddusdagi ma’bad. Bu, isroilliklarning topinish markazi bo‘lgan. Sulaymon barpo etgan birinchi ma’bad bobilliklar tomonidan vayron etilgan. Ikkinchi marta esa isroilliklar Bobil surgunidan qaytgach, Zarubabel tomonidan qurilgan. Keyinchalik buyuk Hirod bu ma’badni ta’mirlagan. Muqaddas Yozuvlarda ma’bad ko‘pincha «Yahovaning uyi» deb aytiladi. (Ezr 1:3; 6:14, 15; 1Sl 29:1; 2Sl 2:4; Mt 24:1) Ilovaning B8 va B11 mavzulariga q.
-
Mehr-sadoqat.
Ibroniy tilidagi xesed so‘zi, asosan shunday tarjima qilingan. Bu ibora burch, benuqsonlik, sadoqat va qattiq bog‘lanish tufayli ko‘rsatilgan sevgini bildiradi. U ko‘pincha Xudoning odamzodga bo‘lgan sevgisiga nisbatan qo‘llanilsa-da, insonlar o‘rtasidagi mehr-muhabbatni ham o‘z ichiga oladi. (Chq 34:6; Rt 3:10)
-
Merodax.
Bobil shahrining bosh xudosi. Bobil shohi va qonun chiqaruvchi Xammurapi Bobil shahrini Bobilning poytaxtiga aylantirganda, Merodaxning (yoki Mardukning) nufuzi oshdi. Natijada, u bir talay avvalgi xudolarning o‘rnini bosib, Bobil panteonining bosh xudosiga aylandi. Keyinchalik Merodax nomi «Bel» (sohib) unvoniga almashtirilib, xalq uni Bel deb atay boshladi. (Yerm 50:2)
-
Mesh.
Qo‘y yoki echki terisidan qilingan xalta bo‘lib, unda sharob saqlangan. Sharob yangi meshlarga quyilgan. Chunki ichidagi sharob achiganda karbonat angidrid gazi ajralib chiqqan va meshning ichida katta bosim hosil bo‘lgan. Yangi meshlar kengayish xususiyatga ega bo‘lgani uchun bosimga dosh bera olgan. Eski meshlar esa qattiq bo‘lib, bosimga chiday olmay yorilib ketgan. (Yosh 9:4; Mt 9:17)
-
Midiyaliklar; Midiya.
Yofasning o‘g‘li Modaydan kelib chiqqan xalq. Ular Eron yassi tog‘lariga o‘rnashishgan va bu joy Midiya yurti deb atala boshlagan. Midiya Bobilga qo‘shilib, Ossuriyani mag‘lub etgan. O‘sha paytda Fors diyori Midiya yurtining bir viloyati bo‘lgan. Lekin Kir (Kurush) Midiyaga qarshi ko‘tarilib, Midiyani Fors diyori bilan birlashtirgan. Shu tariqa, Midiya va Fors imperiyasi vujudga kelgan. Bu imperiya mil. avv. 539-yili Yangi Bobil imperiyasini tor-mor qilgan. Mil. 33-yili Quddusda Hosil bayramini nishonlaganlar orasida midiyaliklar ham bo‘lgan. (Dn 5:28, 31; Hv 2:9) Ilovaning B9 mavzusiga q.
-
Miktam.
Zabur kitobining oltita sanosi so‘zboshilarida uchraydigan ibroniycha so‘z. (Zb 16; 56–60) Ushbu texnik atamaning ma’nosi noaniq. «Yozuv» so‘ziga yaqin bo‘lishi mumkin.
-
Milkom.
Ommonliklar sig‘ingan xudo. Mo‘lax xudosining boshqa nomi bo‘lishi mumkin. (3Shh 11:5, 7) Boshqaruvining so‘ngiga yaqin shoh Sulaymon shu soxta xudoga atab tepalik barpo etgan. MO‘LAX so‘ziga q.
-
Millo.
«Millo» so‘zi ibroniycha «to‘ldirmoq» o‘zak so‘zidan kelib chiqqan. Bu so‘z «Septuaginta»da «qal’a» deb tarjima qilingan. Ehtimol, bu Dovud shahridagi geografik joy yoki inshoot bo‘lgan, lekin buni aniq aytish qiyin. (2Shh 5:9; 3Shh 11:27)
-
Milya.
Uzunlik o‘lchov birligi. Yunoncha yozuvlarning asl nusxasida faqat bir marta uchraydi. Matto 5:41 dagi bu so‘z 1479,5 m ga teng Rim milyasi bo‘lishi mumkin. Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Mina.
Hizqiyo kitobida «mane» deb atalgan. Pul va og‘irlik o‘lchov birligi. Arxeologik dalillarga ko‘ra, mina 50 shekelga, shekel esa 11,4 g ga teng. Ibroniycha yozuvlardagi bir mina 570 g ga teng. Tirsak singari, minaning ham boshqa turi, ya’ni shoh minasi bo‘lgan. Yunoncha yozuvlarda bir mina 100 draxmaga teng. Uning og‘irligi 340 g. Oltmish mina bir talantga teng. (Ezr 2:69; Lq 19:13) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Mirra.
Xushbo‘y yelim. U kommifora (Commiphora) turidan bo‘lgan turli tikanakli butalar yoki kichik daraxtlardan olingan. Moylash uchun ishlatilgan muqaddas moyning tarkibiga kirgan. U kiyimlardan yoki yotoqdan xushbo‘y hid kelishi uchun qo‘llanilgan. Massaj qilishga mo‘ljallangan moy va badan uchun losyonga qo‘shilgan. Jasad dafn etishga tayyorlanganda ham undan foydalanilgan. (Chq 30:23; Hk 7:17; Yuh 19:39)
-
Motam qo‘shig‘i.
Do‘st yoki sevikli kishining o‘limi tufayli yuzaga kelgan qayg‘u va dard-alamni ifodalash uchun yaratilgan lirik va musiqiy asar; marsiya. (2Shh 1:17; Zb 7, so‘zboshi)
-
Moxov kasalligi.
Og‘ir teri kasalligi. Muqaddas Yozuvlarda tilga olingan bu kasallik, bugungi kundagi moxov kasalligidan farq qiladi. Boisi, bu kasallik faqat odamlarga emas, balki kiyimlaru uylarga ham ziyon yetkazgan. Moxov xastaligiga chalingan kishi moxov deb atalgan. (Lv 14:54, 55; Lq 5:12)
-
Moylamoq.
Ibroniy tilida bu so‘z asosan «moy surtish» degan ma’noni bildiradi. Odamni yoki narsani o‘zgacha xizmat uchun bag‘ishlashda moydan foydalanilgan. Yunoncha yozuvlarda bu so‘z osmonda yashash umidiga ega bo‘lgan tanlangan kishilar ustiga muqaddas ruh yog‘dirilishiga nisbatan ham qo‘llaniladi. (Chq 28:41; 1Shh 16:13; 2Kr 1:21)
-
Mozor.
Insoniyatning umumiy qabri. Ibroniycha sheo‘l, yunoncha hades. Muqaddas Kitobda bu so‘z ostida, barcha ish-harakat va idrok etish qobiliyati barham topadigan ramziy joy yoki holat tasvirlangan. (Ibt 37:35; Vz 9:10; Hv 2:31)
-
Muguz.
SHOX so‘ziga q.
-
Muhr.
Kimga tegishli va haqiqiy ekanini ko‘rsatish yoki o‘zaro kelishuv tuzilganda iz qoldirish uchun (odatda gil yoki mumda) qo‘llanilgan asbob. Qadimda muhrlar qattiq materiallardan (tosh, fil suyagi, yog‘och) yasalib, unga harflar yoki biror tasvir o‘yib tushirilgan. Muqaddas Kitobda muhr majoziy ma’noda qo‘llanilib, muayyan bir narsaning haqiqiy va kimga tegishli ekanini ko‘rsatish, shuningdek, biror narsaning yashirin yoki sir ekanining belgisi bo‘lgan. (Chq 28:11; Nax 9:38; Vh 5:1; 9:4)
-
Muhr uzugi.
Barmoqqa taqilgan yoki bog‘ichga bog‘lab, ehtimol, bo‘yinga osib qo‘yilgan. Bu, hukmdor yoki amaldorning hokimiyat ramzi hisoblangan. (Ibt 41:42) MUHR so‘ziga q.
-
Munajjim.
Kelajakdagi voqealarni oldindan aytish maqsadida quyosh, oy va yulduzlarning harakatini tadqiq qiladigan inson. (Dn 2:27; Mt 2:1)
-
Muqaddas maskan.
Umuman olganda, topinish uchun ajratilgan joy. Ko‘pincha, bu atama ostida muqaddas chodir yoki Quddusdagi ma’bad nazarda tutiladi. U shuningdek, Xudoning samodagi huzurini anglatadi. (Chq 25:8, 9; 4Shh 10:25; 1Sl 28:10; Vh 11:19)
-
Muqaddas ruh.
Xudo O‘z irodasini amalga oshirishda foydalanadigan ko‘zga ko‘rinmas faol qudrat. Bu qudrat, yuksak darajadagi poklik va adolat Sohibi bo‘lmish Yahovadan kelib chiqqanligi, U muqaddas ishlarini amalga oshirishda undan foydalangani uchun muqaddas ruh deb ataladi. (Lq 1:35; Hv 1:8)
-
Muqaddas sir.
Alloh niyatining muayyan bir jihati. Bu sir, vaqti kelmaguncha yashirin saqlanadi va Xudo uni O‘zi tanlagan odamlargagina oshkor etadi. (Mrk 4:11; Kls 1:26)
-
Muqaddas.
Tangri Yahova ushbu fazilat egasidir. Axloqiy jihatdan butunlayin sof va muqaddasdir (Chq 28:36; 1Shh 2:2; Hk 9:10; Isha 6:3) Ibroniy tilidagi bu so‘z, odamlar (Chq 19:6; 4Shh 4:9), hayvonlar (S’h 18:17), narsalar (Chq 28:38; 30:25; Lv 27:14), joylar (Chq 3:5; Isha 27:13), muayyan payt (Chq 16:23; Lv 25:12) va ishlar (Chq 36:4) haqida gap borganda qo‘llaniladi. Shuningdek, ajratilgan, tegishli bo‘lgan, muqaddas Allohga bag‘ishlangan va Yahovaga xizmat qilish uchun ajratib qo‘yilgan degan ma’noni bildiradi. Yunoncha yozuvlardagi «muqaddas» so‘zi ham xuddi shunday ma’noga ega bo‘lib, Xudo uchun ajratilgan ekanini anglatadi. Bundan tashqari, bu so‘z kishining pok yurish-turishiga nisbatan qo‘llanilgan. (Mrk 6:20; 2Kr 7:1; 1Btr 1:15, 16)
-
Muqaddas tosh.
Odatda toshdan yasalgan tik ustun. Bunday ustunlar, ehtimol, Baal yoki boshqa soxta xudolarning jinsiy a’zolari ko‘rinishida bo‘lgan. (Chq 23:24)
-
Muqaddas ustun.
Ibroniycha ashera so‘zi kan’onliklarning unumdorlik ma’budasi Asherani tasvirlovchi muqaddas ustunni yoki Ashera ma’budasining tasvirini anglatadi. Bunday ustunlar chamasi tik o‘rnatilgan va hech bo‘lmaganda qisman yog‘ochdan yasalgan. Ehtimol, ular yo‘nilmagan ustun yoki hatto daraxt bo‘lgan. (Qn 16:21; Hak 6:26; 3Shh 15:13)
-
Muqaddas xizmat.
Allohga topinish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun muqaddas sanalgan xizmat yoki ish. (Rm 12:1; Vh 7:15)
-
Muqaddas xona.
Muqaddas chodir yoki ma’badning Eng muqaddas xonasi oldidagi kattaroq xona. Muqaddas xonada oltin chiroqpoya, oltin tutatqi qurbongohi, tortiq etilgan nonlar qo‘yiladigan stol va oltin anjomlar, ma’badda esa oltin qurbongoh, o‘nta oltin chiroqpoya va tortiq etilgan nonlar qo‘yiladigan o‘nta stol turgan. (Chq 26:33; Ibr 9:2) Ilovaning B5 va B8 mavzulariga q.
-
Muqaddas chodir.
Uchrashuv chodiri deb ham ataladi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan so‘ng, topinish uchun foydalangan yig‘ma chodir. Chodirning ichida Yahovaning ahd sandig‘i turardi va Xudo O‘z xalqi bilan birga ekanini bildirardi. Shuningdek, qurbonlik keltiradigan hamda topinadigan joy sifatida xizmat qilgan. Chodir yog‘och romlar yordamida yasalib, ustiga karublar shakli tikilgan zig‘ir mato to‘shalgan edi. U ikkita xonaga bo‘lingan bo‘lib, birinchisi Muqaddas Yosh 18:1; Chq 25:9) Ilovaning B5 mavzusiga q.
xona, ikkinchisi esa Eng muqaddas xona deb atalardi. ( -
Murtadlik.
Yunonchada bu so‘z apostasia «yiroqlashish» ma’nosini anglatuvchi fe’ldan kelib chiqqan. Ot shaklida kelganda esa «tark etish, tashlab ketish yoki isyon» kabi mazmunga ega. Yunoncha yozuvlarda «murtadlik» so‘zi asosan haq topinishdan voz kechgan kishilarga nisbatan qo‘llanilgan. (Hk 11:9; Hv 21:21; 2Sal 2:3)
-
Mut-labben.
Zabur kitobining 9-sanosidagi so‘zboshida uchraydigan atama. Bu, odatda «o‘g‘ilning o‘limi to‘g‘risida» degan ma’noga ega. Ayrimlarning fikricha, ushbu sano kuylana boshlaganda qo‘llanilgan tanish kuyning nomi yoki ehtimol, uning kirish so‘zlari bo‘lgan.
-
Mo‘lax.
Ommonliklar xudosi. Ehtimol, Malkam, Milkom va Malax — bari shu xudoni bildiradi. Bu, mazkur xudoning ismi emas, unvoni bo‘lishi mumkin. Musoning Tavrot kitobiga ko‘ra, bolasini Mo‘laxga qurbon qilgan odam o‘limga mahkum etilardi. (Lv 20:2; Yerm 32:35; Hv 7:43)
N
-
Nasroniy.
Iso Nosira shahridan bo‘lgani uchun uni «nosiralik» yoki «nasroniy» deb atashardi. Bu ibora Ishayo 11:1 dagi «nihol» deya o‘girilgan ibroniycha so‘zdan kelib chiqqan. Keyinchalik, «nasroniy» so‘zi Isoning izdoshlariga nisbatan ham qo‘llanilgan. (Mt 2:23; Hv 24:5)
-
Nazr qilinmoq.
Bu ibroniycha ibora «tanlangan, bag‘ishlangan, ajratilgan» degan ma’nolarga ega. Ba’zilar o‘z ixtiyori bilan nazr qilinardi, ayrimlar Xudo tomonidan tanlanardi. Erkak yoki ayol kishi muayyan vaqt davomida o‘zini nazr qilib yashash uchun Yahovaga ont ichar edi. O‘z ixtiyori bilan o‘zini nazr qilgan odamga quyidagi uchta narsa man etilardi: spirtli ichimlig-u uzum mahsulotlarini iste’mol qilish, sochni qirqish va murdaga tegish. Xudo tomonidan tanlanganlar umr bo‘yi shunday yashagan. Ular uchun talablarni Yahovaning O‘zi o‘rnatardi. (S’h 6:2–7; Hak 13:5)
-
Nefilimlar.
To‘fondan oldin inson qiyofasiga kirgan farishtalar bilan yerdagi qizlardan tug‘ilgan zo‘ravon o‘g‘illar. (Ibt 6:4)
-
Netinim.
Ma’badda xizmat qilgan, isroillik bo‘lmagan xizmatchilar. Ibroniychada tom ma’noda «berilgan» deganidir. Bu, ularning ma’badda xizmat qilish uchun berilganini anglatadi. Ko‘p netinimlar, ehtimol, givonliklarning avlodlari bo‘lgan. Yoshua ularni Yahovaning qurbongohi uchun o‘tin teruvchi va suv tashuvchi qilib tayinlagan edi. (Yosh 9:23, 27; 1Sl 9:2; Ezr 8:17)
-
Nexilot.
Zabur 5-sanosining so‘zboshida uchraydigan ma’nosi noaniq atama. Ba’zilarning fikricha, u ibroniycha chalil (nay) so‘zining o‘zagi bilan bog‘liq bo‘lib, puflab chalinadigan asbobni bildiradi. Biroq bu, kuy ham bo‘lishi mumkin.
-
Nison.
Yahudiylar Bobil surgunidan qaytgach, abib oyiga berilgan yangi nom. Yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 1-oy va dunyoviy kalendaridagi 7-oy. U martning o‘rtasidan aprelning o‘rtasigacha davom etardi. (Nax 2:1) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Nopoklik.
Bu so‘z jismonan yoki axloqan nopok bo‘lishni bildiradi. Musoning Tavrot kitobiga binoan aksariyat hollarda bu, noma’qul yoki nopok narsaga ishora qiladi. (Lv 5:2; 13:45; Mt 10:1; Hv 10:14; Ef 5:5) POK so‘ziga q.
-
Nozir.
Jamoat a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish va ularga e’tibor qaratish uchun javobgar erkak kishi. Yunoncha Hv 20:28; 1Tm 3:2–7; 1Btr 5:2)
episkopos so‘zining asosiy ma’nosi himoyalash maqsadida nazorat qilishdan iborat. «Nozir» va «oqsoqol» (presbiteros) so‘zlari masihiylar jamoatida o‘sha-o‘sha vazifalarni anglatadi. «Oqsoqol» so‘zi tayinlangan kishining ma’nan yetuk ekaniga, «nozir» so‘zi esa uning zimmasiga yuklangan vazifalarga ishora qiladi. (
O
-
Odillik; adolat.
Muqaddas Kitobga ko‘ra, Xudoning nima yaxshi, nima yomon borasidagi me’yorlariga mos kelish. Shuningdek, «odillik» so‘zi ko‘pincha hukm chiqarish haqida gap ketganda qo‘llaniladi va bu atama gapga yuridik tus beradi (asl matndagi atamalar ba’zan «adolatli» va «adolat» deb tarjima qilingan). «Odil» deganda shunchaki insoniy nuqtai nazardan to‘g‘ri yo‘l tutadigan kishi emas, balki Xudoning irodasi va amrlariga muvofiq hayot kechiradigan odam tushuniladi. (Ibt 15:6; Qn 6:25; Hk 11:4; Zaf 2:3; Mt 6:33)
-
Oliy Kengash.
Yunoncha Sinedrion. Yahudiylarning Quddusdagi oliy mahkamasi. Isoning davrida u 71 ta a’zodan tashkil topgan. Bu kengash oliy ruhoniy, ilgari oliy ruhoniy bo‘lganlar, oliy ruhoniylar xonadonidan ba’zilar, oqsoqollar, qabila hamda xonadon boshlari va ulamolardan iborat edi. (Mrk 15:1; Hv 5:34; 23:1, 6)
-
Oliy ruhoniy.
Musoning Tavrot kitobiga ko‘ra, u Xudoning oldida xalq vakili bo‘lib, boshqa ruhoniylarni nazorat qilar edi. U shuningdek, «bosh ruhoniy» deb atalgan. (2Sl 26:20; Ezr 7:5) Gunohni yuvish kunida muqaddas chodirning, keyinchalik ma’badning Eng muqaddas xonasiga faqat u kira olardi. Iso Masih ham «oliy ruhoniy» deb nomlanadi (Lv 16:2, 17; 21:10; Mt 26:3; Ibr 4:14)
-
Olovkuraklar.
Oltin, kumush yoki misdan qilingan idish. Muqaddas chodir va ma’badda tutatqi tutatish, qurbongohdan cho‘g‘larni hamda oltin moychiroqlardan yonib bo‘lgan piliklarni olish uchun ishlatilgan. Shuningdek, ular tutatqi tutatiladigan idish deb ham atalgan. (Chq 37:23; 2Sl 26:19; Ibr 9:4)
-
Olovli ko‘l.
«Olovli va oltingugurtli ko‘l» ramziy ma’noga ega bo‘lib, «ikkinchi o‘lim» deb ham ifodalanadi. Bu ko‘lga tavba qilmagan gunohkorlar, Iblis, o‘lim bilan mozor (yunon. hades) ham uloqtiriladi. Ruhiy mavjudotlar va o‘lim bilan hades olovda yonmaydi, shunday ekan, bu ramziy ko‘l bo‘lib, abadiy qiynoqni emas, balki batamom yo‘q qilinishni anglatadi. (Vh 19:20; 20:14, 15; 21:8)
-
Omin.
«Shunday bo‘lsin» yoki «shubhasiz» degan ma’noga ega. Ibroniy tilidagi aman degan o‘zak so‘z «sodiq, ishonchli bo‘lish» ma’nolarini bildiradi. «Omin» so‘zi qasamni, ibodatni yoki fikrni tasdiqlash uchun aytilardi. Qolaversa, Vahiy kitobida u Isoning unvoni sifatida ishlatilgan. (Qn 27:26; 1Sl 16:36; Vh 3:14)
-
Omir.
2,2 l ga yoki efaning o‘ndan bir qismiga teng hajm o‘lchov birligi. (Chq 16:16, 18) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Oniks.
Qimmatbaho tosh. Oniksning oq qatlamlari qora, jigarrang, qizil, kumush yoki yashil rangli qatlamlar bilan almashinib turadi. U oliy ruhoniyning kiyimlari bezatilishida qo‘llanilgan. (Chq 28:9, 12; 1Sl 29:2; Ayub 28:16)
-
Oqsoqol.
Yetuk yoshdagi kishi. Ammo Muqaddas Yozuvlarda eng avvalo jamiyatda yoki xalq orasida muayyan vakolatga va mas’uliyatga ega bo‘lgan odam. Vahiy kitobida ushbu so‘z Chq 4:29; Hk 31:23; 1Tm 5:17; Vh 4:4)
samoviy mavjudotlarga nisbatan ham qo‘llanilgan. Jamoatda rahbarlikni o‘z zimmasiga olishga mas’uliyatli bo‘lganlar haqida gap ketganda yunoncha presbiteros so‘zi «oqsoqol» deb tarjima qilingan. ( -
Oromiycha.
Som tillari oilasiga kiruvchi, ibroniychaga yaqin va bir xil alifboga ega bo‘lgan til. Avvaliga bu tilda oromiylar gaplashishgan, ammo keyinchalik Ossuriya hamda Bobil imperiyalarida savdo-sotiqda va o‘zaro aloqada xalqaro til sifatida qo‘llanilgan. Shuningdek, Fors imperiyasining rasmiy tili bo‘lgan. (Ezr 4:7) Ezra, Yeremiyo va Doniyor kitoblarining ayrim qismlari oromiychada yozilgan. (Ezr 4:8–6:18; 7:12–26; Yerm 10:11; Dn 2:4b–7:28)
-
Orom; oromiylar.
Som o‘g‘li Oromning avlodlari. Ular asosan Livan tog‘laridan to Mesopotamiyagacha, shimoldagi Tavr tog‘laridan to Damashqqacha va olis janubga cho‘zilgan hududlarda yashashgan. Ibroniychada Orom deb atalgan bu hudud keyinchalik Suriya, u yerda yashovchilar esa suriyaliklar deb atalgan. (Ibt 25:20; Qn 26:5; Hsh 12:12)
-
Osiyo.
Yunoncha yozuvlarda tilga olingan Rim viloyati. Uning hududiga hozirgi Turkiyaning g‘arbiy qismi, shuningdek, Samos va Patmos kabi qirg‘oq bo‘yidagi orollar kirgan. Uning poytaxti Efes shahri bo‘lgan. (Hv 20:16; Vh 1:4) Ilovaning B13 mavzusiga q.
-
Oxirgi kunlar.
Bashoratlarda qo‘llanilgan bu so‘z va shunga o‘xshash iboralar (mas. «kunlarning oxiri») tarixiy voqealar o‘z avj nuqtasiga yetgan vaqtni bildiradi. (Hiz 38:16; Dn 10:14; Hv 2:17) Bashoratning mohiyatiga qarab, bu bir necha yilni yoki undan ko‘proq davrni o‘z ichiga olishi mumkin. Xususan, Muqaddas Kitobdagi bu ibora ushbu zamonaning «oxirgi kunlariga», Masihning ko‘zga ko‘rinmas hozir bo‘lish davriga ishora qiladi. (2Tm 3:1; Yoq 5:3; 2Btr 3:3)
-
Oxirzamon.
Shayton boshqaruvi ostidagi ushbu zamonaga chek qo‘yilishidan oldin bo‘ladigan vaqt oralig‘i. U Masihning hozir bo‘lish vaqti bilan bir paytda boshlangan. Isoning boshqaruvi ostida farishtalar «yomon odamlarni odil kishilardan ajratib», ularni yo‘q qilishadi. (Mt 13:40–42, 49) Isoning shogirdlari ushbu vaqtning oxiri qachon kelishi bilan qiziqishgan. (Mt 24:3) Osmonga qaytishidan oldin Iso izdoshlariga o‘sha vaqtning oxirigacha ular bilan birga bo‘lishini va’da qilgan. (Mt 28:20)
-
Oyoq yuvish.
Iqlimi issiq bo‘lgan qadimgi Yaqin Sharqda, ovqat yeyishdan oldin qilingan mehmondo‘stlik va iltifot belgisi edi. U yerda odamlar sandal kiyib, tuproqli chang yo‘llarda piyoda yurishgan. Odatda mezbon idishda suv olib kelib, mehmonlarga bergan va ular oyoqlarini yuvishgan. Boy mezbonlarning esa ushbu vazifani bajaruvchi xizmatkorlari bo‘lgan.
-
Ozodlik yili.
Isroil xalqi va’da qilingan yurtga kirgan paytdan boshlab sanalgan har bir 50-yilning nomi. Ozodlik yili yer shudgor qilinmas edi, yahudiy qullar esa ozod etilardi. Meros bo‘lib o‘tgan yerlar sotib yuborilgan bo‘lsa, shu yili egasiga qaytarilardi. Ozodlik yili bir yil davom etadigan bayram bo‘lib, Isroil xalqi Xudo ularni tashkil etgan dastlabki holatiga qaytarilar edi. (Lv 25:10)
P
-
Palaxmon.
Hayvon payidan, qamish yoki jundan to‘qilgan bog‘ich yoki charm tasma. O‘rta qismi enli bo‘lib, asosan tosh otish uchun mo‘ljallangan edi. Palaxmonning bir uchi qo‘lga Hak 20:16; 1Shh 17:50)
yoki bilakka bog‘lanib, ikkinchi uchi esa o‘sha qo‘lda ushlab aylantirilardi-da, so‘ng qo‘yib yuborilardi. Qadimgi xalqlarning qo‘shinida palaxmonchilar bo‘lgan. ( -
Panoh shaharlar.
Levilarga tegishli bu shaharlarda atayin odam o‘ldirmagan kishi qon uchun qasos oluvchidan qochib, panoh topishi mumkin edi. Oltita shunday shaharni Yahovaning rahbarligi ostida avval Muso, keyinroq esa Yoshua va’da qilingan yurtning turli yerlaridan tanlagan edi. Panoh shaharga yetib borgan qochoq, shahar darvozasi oldida o‘z masalasini oqsoqollarga aytib berardi, so‘ng uni mehmondo‘stlik ila qabul qilishardi. Atayin odam o‘ldirgan kishi bu tadbirdan foydalanib qolmasligi uchun, u aybdor yoki aybsiz ekanini aniqlash maqsadida, uni qotillik sodir etilgan shaharda hukm qilishardi. Agar uning aybsizligi isbotlansa, u panoh shaharga qaytib, hayotining oxirigacha yoki bosh ruhoniyning o‘limigacha o‘sha shahar hududida yashashi lozim edi. (S’h 35:6, 11–15, 22–29; Yosh 20:2–8)
-
Papirus.
Sayoz suvda o‘sadigan, poyasi cho‘kmaydigan qamishsimon o‘simlik bo‘lib, savatlar va qayiqlar yasashda foydalanilgan. Shuningdek, yozish uchun qo‘llanilgan qog‘ozga o‘xshash material va o‘rama bitiklar tayyorlashda ishlatilgan. (Chq 2:3)
-
Parda.
Chiroyli qilib to‘qilgan va ustiga karublar tasviri tikilgan mato parchasi. Bu parda muqaddas chodirda va ma’badda Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turgan. (Chq 26:31; 2Sl 3:14; Mt 27:51; Ibr 9:3) Ilovaning B5 mavzusiga q.
-
Payg‘ambar.
Allohning irodasini ayon etadigan vositachi. Payg‘ambarlar Xudo nomidan gapirar, kelajakda bo‘ladigan hodisalarni bayon qilar, Tangri Yahovaning ta’limotlari, amrlari va hukmlarini yetkazar edi. (Ams 3:7; 2Btr 1:21)
-
Pergament.
Qog‘oz o‘rnida ishlatilgan qo‘y, echki yoki buzoq terisi. Pergament papirusdan ko‘ra ancha pishiq bo‘lib, Muqaddas Kitob o‘rama bitiklari yozilishida ishlatilgan. Pavlus Timo‘tiydan pergament bitiklarni, ehtimol, Ibroniycha yozuvlarning qismlarini olib kelishini so‘ragan. O‘lik dengiz bitiklarining ayrimlari pergamentda yozilgan. (2Tm 4:13)
-
Pilik o‘chirgichlar.
Muqaddas chodir va ma’badda ishlatilgan oltin yoki misdan yasalgan asbob. Ular moychiroqlarning piligini o‘chirish uchun ishlatilgan. Ehtimol, qaychiga o‘xshash shaklda bo‘lgan. (4Shh 25:14)
-
Pim.
Qadimiy og‘irlik o‘lchov birligi va turli metall asboblarni charxlash uchun filistimliklar belgilagan qiymat. Isroilda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari jarayonida, ibroniycha harflar bilan ustiga «pim» deb yozilgan bir nechta qadoqtoshlar topilgan. Toshlarning o‘rtacha og‘irligi 7,8 g ga, ya’ni bir shekelning taxminan uchdan ikki qismiga teng. (1Shh 13:20, 21)
-
Pok.
Muqaddas Kitobda bu so‘z ostida nafaqat jismoniy poklik, balki nuqsonsiz, beg‘ubor, har qanday ifloslikdan xoli, axloqiy va ma’naviy jihatdan buzadigan narsalardan uzoqda bo‘lishni anglatadi. Tavrotga binoan, bu so‘z rasman pok bo‘lishni anglatardi. (Lv 10:10; Zb 51:7; Mt 8:2; 1Kr 6:11)
-
Pornia.
JINSIY AXLOQSIZLIK iborasiga q.
-
Purim.
Adar oyining 14-, 15- kunida nishonlangan yillik bayram. Bu bayram, malika Ester davrida yahudiylarning halokatdan xalos etilgani munosabati bilan nishonlangan. Ibroniychadan Est 3:7; 9:26)
kelib chiqmagan purim so‘zining ma’nosi «qur’alar» demakdir. Xomon yahudiylarni qirish maqsadida muayyan kunni tanlash uchun qur’a («pur») tashlagan. Shu bois, bu bayram Purim deb atalgan. (
Q
-
Qalam.
Gil yoki mum kabi ashyolarda iz tushirish uchun mo‘ljallangan yozuv quroli bo‘lgan. (Zb 45:1; Isha 8:1; Yerm 8:8) Qalam yoki keskich metalldan, yo bo‘lmasa boshqa qattiq materialdan tayyorlanib, tosh yoki metallga xatlar o‘yib yozishda foydalanilgan. (Ayub 19:24; Yerm 17:1)
-
Qarindoshlik burchi.
Ushbu udum keyinchalik Tavrotga kiritilgan. Unga ko‘ra kishi o‘g‘il ko‘rmay vafot etgan aka yoki ukasining avlodini davom ettiradigan farzandlarni dunyoga keltirish uchun uning xotiniga uylanishi kerak edi. Bu udum levirat nikoh deb ham tanilgan. Qolaversa, ushbu burch qullikdagi odamni qutqarish yoki qayta sotib olishni, yaqin qarindoshning mulki yoki merosini qayta sotib olishni ham anglatadi. (Ibt 38:8; Qn 25:5; Rt 2:20; 4:7–10)
-
Qarich.
Uzunlik o‘lchov birligi. Yozilgan panjaning bosh barmog‘i uchidan jimjiloqning uchigacha bo‘lgan masofa. Bir tirsak 44,5 sm ga to‘g‘ri kelsa, bir qarichning uzunligi 22,2 sm ga teng. (Chq 28:16; 1Shh 17:4) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Qasam.
Biron ish, nazr keltirish, hadya qilish, biron xizmatni boshlash yoki qonunga zid bo‘lmagan muayyan narsadan o‘zini tiyish haqida Xudoga va’da berish yoki ont ichishni anglatadi. (S’h 6:2; Vz 5:4; Mt 5:33)
-
Qisqichlar.
Muqaddas chodirda va ma’badda moychiroqlardagi olovni o‘chirishda ishlatilgan oltindan yasalgan buyumlar. (Chq 37:23)
-
Qonun.
Bu so‘z bosh harf bilan yozilganda, ko’pincha Muso payg‘ambar orqali berilgan qonun to‘plami yoki Muqaddas Kitobning ilk beshta kitobi (Tavrot) nazarda tutiladi. Kichik harf bilan yozilganda esa, bu Musoning Tavrot kitobidagi alohida qonunlarga yoki qonunning prinsipiga ishora qiladi. (S’h 15:16; Qn 4:8; Mt 7:12; Gl 3:24)
-
Qurbonlik.
Tangriga shukrona bildirish, o‘z gunohida iqror bo‘lish va U bilan yaxshi munosabatlarni tiklash maqsadida tortiq etilgan. Hobildan boshlab Tavrot joriy etilguniga qadar odamlar turli narsalarni, jumladan hayvonlarni ixtiyoriy ravishda qurbon qilishgan. Tavrotga ko‘ra, hayvonlarni qurbonlikka keltirish talab qilingan. Iso o‘z hayotini mukammal qurbonlik sifatida keltirgach, hayvonlarni qurbon qilishga hojat qolmagan. Masihiylar esa Xudoga ma’naviy qurbonliklar keltirishadi. (Ibt 4:4; Ibr 13:15, 16; 1Yuh 4:10)
-
Qurbongoh.
Qurbonliklar keltirish yoki tutatqi tutatish maqsadida loy, xarsangtosh, yaxlit tosh yoki metall bilan qoplangan yog‘ochdan qilingan qurilma yoki supa. Muqaddas chodir va ma’badning birinchi xonasida tutatqi tutatish uchun kichik «oltin qurbongoh» turardi. U yog‘ochdan yasalib, oltin bilan qoplangan edi. Kuydiriladigan qurbonliklar keltirishga mo‘ljallangan kattaroq «mis qurbongoh» esa tashqarida, hovlida turardi. (Chq 27:1; 39:38, 39; Ibt 8:20; 3Shh 6:20; 2Sl 4:1; Lq 1:11) Ilovaning B5 va B8 mavzulariga q.
-
Qurbongoh shoxlari.
Qurbongohning to‘rtta burchagidan tashqariga chiqib turgan shoxsimon bo‘rtiklar. (Lv 8:15; 3Shh 2:28) Ilovaning B5 va B8 mavzulariga q.
-
Qur’a.
Qaror chiqarish uchun qo‘llanilgan mayda toshlar yoki taxtachalar. Ularni kiyim etagi yoki birorta idishga solib, silkitishardi. Yerga tushgani yoki qo‘lga ilingani tanlangan hisoblanar edi. Bunga ibodat ila yondashilardi. Ramziy va tom ma’noda qo‘llanilgan «qur’a» iborasi «ulush» yoki «nasiba» degan ma’nolarga ega. (Yosh 14:2; Zb 16:5; Hk 16:33; Mt 27:35)
-
Qo‘riqchi.
Odamlarga yoki ularning mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bor vaziyatlardan himoyalardi. Bu vazifani u aksar hollarda kechasi bajarardi. Qo‘riqchi yaqinlashayotgan xavfdan ogoh etardi. Qo‘riqchilar ko‘pincha shahar devorlari ustida va minoralarda turib, shaharga yaqinlashib kelayotganlarni kuzatib turgan. Harbiy xizmatda bo‘lgan qo‘riqchi soqchi va qorovul deb ham atalgan. Payg‘ambarlar Isroil xalqi uchun majoziy ma’noda qo‘riqchi sifatida xizmat qilib, yaqinlashib kelayotgan kulfatdan ogohlantirishgan. (4Shh 9:20; Hiz 3:17)
R
-
Rahbar.
Bu unvon Iso Masihga berilgan bo‘lib, uning sodiq insonlarni gunohning o‘limga yetaklovchi oqibatlaridan ozod qilishda hamda abadiy hayotga erishishida tutgan muhim o‘rnini ifodalaydi. (Hv 3:15; 5:31; Ibr 2:10; 12:2)
-
Rahob.
Bu so‘z Ayub, Zabur va Ishayo kitoblarida ramziy ma’noda qo‘llanilgan. Ayub kitobining matn tarkibidan Rahob dengiz maxluqi ekani ma’lum bo‘ladi. Boshqa kitoblarda esa Misrni tasvirlaydi. (Ayub 9:13; Zb 87:4; Isha 30:7; 51:9, 10)
-
Ramz nazri.
Butunlay keltiriladigan qurbonlik timsoli yoki ramzi sifatida tortiq etilgan qurbonlik qismi. Ushbu ibroniycha ibora eslatma nazri, ya’ni butunlayin keltiriladigan qurbonlik haqida Xudo uchun eslatma degan fikrni o‘z ichiga oladi. (Lv 2:2)
-
Ruh.
Ibroniycha ruax, yunoncha pnevma. Odatda «ruh» deb tarjima qilingan so‘z bir nechta ma’noga ega. Uning hamma ma’nolari ko‘rinmaydigan narsalarga tegishli bo‘lib, harakatdagi kuchni nazarda tutadi. Ushbu ibroniycha va yunoncha so‘zlar 1) shamol, 2) yerdagi mavjudotlarning hayotiy kuchi, 3) odamni biron narsa aytishga yoki qilishga undaydigan majoziy qalbdan chiqadigan kuch, 4) ko‘zga ko‘rinmas manbadan kelib chiqqan ilohiy so‘zlar, 5) ruhiy mavjudotlar va 6) Allohning faol qudrati yoki muqaddas ruhini bildiradi. (Chq 35:21; Zb 104:29; Mt 12:43; Lq 11:13)
-
Ruhoniy.
Ruhoniylar xalq oldidagi Xudoning vakillari bo‘lib, xalqqa xizmat qilishar va Alloh to‘g‘risida hamda Uning qonunlarini o‘rgatishardi. Shuningdek, ular xalqning Tangri oldidagi vakillari bo‘lib, xalq uchun qurbonliklar keltirishar hamda vositachi bo‘lib, ular uchun iltijo qilishardi. Muso payg‘ambarga Qonun berilmasidan avval, oila boshi o‘z oilasi uchun ruhoniy sifatida xizmat qilgan. Tavrotga binoan, Levi qabilasidan bo‘lmish Horunning naslidan kelib chiqqan erkaklar ruhoniylik xizmatini bajarishgan. Levi qabilasidan bo‘lgan boshqa erkaklar ularga yordam berishgan. Yangi ahd kuchga kirgach, ramziy Isroil ruhoniylardan iborat xalq, Iso Masih esa Oliy ruhoniy bo‘lgan. (Chq 28:41; Ibr 9:24; Vh 5:10)
-
Ro‘za.
Isroilliklar Gunohni yuvish kunida, qayg‘uli damlarda va Xudoning rahbarligiga muhtoj bo‘lganda ro‘za tutishgan. Yahudiylar ularning tarixida sodir bo‘lgan musibatlarni xotirlash uchun yilda 4 marta ro‘za tutishgan. Ezr 8:21; Isha 58:6; Lq 18:12)
Masihiylardan ro‘za tutish talab etilmaydi. ( -
Sadduqiylar.
Yahudiy dinidagi nufuzli mazhab. U, badavlat asilzodalardan va ma’baddagi ishlar ustidan kuchli hokimiyatga ega bo‘lgan ruhoniylardan tashkil topgan. Sadduqiylar farziylarning ko‘pgina og‘zaki urf-odatlari va e’tiqodlarini rad etishgan. Ular tirilishga va farishtalarning mavjudligiga ishonishmagan. Isoga qarshi chiqishgan. (Mt 16:1; Hv 23:8)
-
Salla.
Oliy ruhoniy a’lo sifatli zig‘ir matosidan salla o‘rardi. Sallaning old qismida moviy rangli bog‘ich bilan bog‘langan oltin lavha bor edi. Shohlar esa boshiga avval salla o‘rab, ustidan toj kiyishgan. Ayub majoziy ma’noda o‘z adolatini salla bilan solishtirgan. (Chq 28:36, 37; Ayub 29:14; Hiz 21:26)
-
Samariya.
Deyarli 200 yil davomida shimoliy o‘n qabilali Isroil shohligining poytaxtiga va bu shohlikning butun hududiga berilgan nom. Bu shahar Samariya deb atalgan tog‘ ustida joylashgan edi. Isoning davrida, shimolda Jalila va janubda Yahudiya o‘rtasida joylashgan viloyat Samariya deb nomlanardi. Odatda Iso bu hududda va’z qilmagan, ammo vaqti-vaqti bilan u yerdan o‘tib ketayotganda, o‘sha yerda yashovchilar bilan suhbatlashardi. Samariyaliklarga muqaddas ruh tushganda, Butrus Shohlikning majoziy kalitlaridan ikkinchisini qo‘llagan. (3Shh 16:24; Yuh 4:7; Hv 8:14) Ilovaning B10 mavzusiga q.
-
Samariyaliklar.
Boshida bu so‘z shimoliy o‘n qabilali shohlikda yashovchi isroilliklarga nisbatan ishlatilgan. Biroq mil. avv. 740- yili Ossuriya Samariyani zabt etgach, ossuriyaliklar u yerga ko‘chirgan musofirlar ham shunday deb atalgan. Isoning davrida, bu nom irqiy yoki siyosiy ma’noga emas, balki qadimgi Shakam va Samariyada joylashgan diniy mazhab tarafdorlariga qarata qo‘llanilgan. Ularning e’tiqodlari yahudiylarning e’tiqodlaridan keskin farq qilgan. (Yuh 8:48)
-
Samo Qirolichasi.
Yeremiyo davrida murtad isroilliklar sig‘ingan ma’buda. Ayrimlarning fikricha, bu, Bobil ma’budasi Ishtar (Astarta). Qadimda shumerlar ushbu ma’budaga Inanna (ma’nosi «Samo Qirolichasi») nomi ila sajda qilishgan. U shuningdek, hosildorlik ma’budasi hisoblangan. Astarta Misr qo‘lyozmalarida ham «Samo Bekasi» deb nomlangan. (Yerm 44:19)
-
Sano.
Xudoni madh etuvchi qo‘shiq. Sanolarga musiqa bastalanib, topinuvchilar tomonidan kuylangan. Shuningdek, Quddusda Tangri Yahovaning ma’badida tarannum etilgan. (Lq 20:42; Hv 13:33; Yoq 5:13)
-
Satrap.
Bobil va Fors imperiyalaridagi noib yoki viloyat hokimi. U shoh tomonidan bosh hokim etib tayinlanardi. (Ezr 8:36; Dn 6:1)
-
Sehr-jodu.
Ko‘pchilik, marhumning ruhi tanasidan chiqib yashashda davom etishiga va tiriklar bilan, ayniqsa uning ta’siri ostida bo‘lgan arvoh chaqiruvchi kishi orqali muloqot qilishiga ishonadi. «Sehr-jodu» deb o‘girilgan yunoncha farmakia so‘zi, tom ma’noda «giyohvandlik» degani. Qadimda sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilar jinlardan kuch berishni so‘raganda, giyohvand modda ishlatishgani uchun, ushbu so‘z sehr-jodu bilan bog‘liq bo‘lib ketgan. (Gl 5:20; Vh 21:8)
-
Sela.
Zabur sanolari va Xabaqquq kitobida uchraydigan atama. Bu, musiqada yoki yodaki o‘qishda (deklamasiyada) qo‘llanilgan. Qo‘shiq kuylanganda yoki musiqa ijro etilganda yoxud har ikkovida qilingan pauzani bildirishi mumkin. Bunday pauza mulohaza yuritishga chorlash, yo bo‘lmasa aytilgan so‘zlar borasida his-tuyg‘ularni uyg‘otish maqsadida qo‘llanilgan. «Septuaginta»da diapsalma deb tarjima qilingan bu atama «musiqiy interlyudiya» degan ma’noga ega. (Zb 3:4; Xb 3:3)
-
Seraflar.
Samoda Yahovaning taxti atrofida turgan ruhiy mavjudotlar. Ibroniycha serafim so‘zi tom ma’noda «yonib turuvchilar» degan ma’noga ega. (Isha 6:2, 6)
-
Sexa.
Hajm o‘lchov birligi. Bat suyuqlik o‘lchovi asosida hisoblanganda bir sexa 7,33 l ga teng. (4Shh 7:1) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Silkitiladigan nazr.
Ruhoniy nazr tortiq etayotgan kishining qo‘llari ostiga o‘z qo‘llarini qo‘yib, u yoqdan bu yoqqa silkitgan yoki ruhoniyning o‘zi bu nazrni silkitgan. Bunday harakat nazr Yahovaga atab keltirilganiga ishora qilardi. (Lv 7:30)
-
Sion; Sion tog‘i.
Quddusning janubi-sharqidagi tepalik nomi. Avval bu tepalikda yobusiylarning Yobus qal’asi joylashgan edi. Dovud u yerni bosib olganidan keyin shoh saroyini qurgan va o‘sha yer «Dovud shahri» deb atalgan. (2Shh 5:7, 9) Dovud ahd sandig‘ini Sion tog‘iga olib kelganidan so‘ng, bu yer Yahova uchun muqaddas hisoblangan. Keyinchalik bu nom ostida, muqaddas chodir joylashgan Moriyox tog‘ining hududi va butun Quddus shahri ham tushunilgan. Yunoncha yozuvlarda bu ibora ramziy ma’noda qo‘llaniladi. (Zb 2:6; 1Btr 2:6; Vh 14:1)
-
Sirt.
Liviyaning (Shimoliy Afrika) sohilidagi ikkita katta ko‘rfaz. Dengiz suvlarining tez-tez ko‘tarilishi va pasayishi natijasida uning tubida qumloq sayozlik yuzaga kelib, qadimgi dengizchilarni qo‘rquvga solardi. (Hv 27:17) Ilovaning B13 mavzusiga q.
-
Stoik faylasuflari.
Yunon faylasuflarining maktabi. Ular aql-idrokka bo‘ysunish, tabiatga muvofiq yashash orqali baxtga erishish mumkinligiga ishonishardi. Ular, chindan ham dono bo‘lgan kishi qayg‘u yoki huzur-halovatga beparvo qaraydi degan fikrda bo‘lishgan. (Hv 17:18)
-
Sulaymon ravoqi.
Isoning davrida ma’badning sharq tomonidagi ichki hovlining dahlizi. Ko‘pchilikning fikricha, Sulaymonning ma’badidan qolgan. Iso «qish faslida» u yerda aylanib yurgani hamda ilk masihiylar topinish uchun to‘planib turishgani ma’lum. (Yuh 10:22, 23; Hv 5:12) Ilovaning B11 mavzusiga q.
-
Sunbul moyi.
Och qizil rangli hind sunbuli (Nardostachys jatamansi ) o‘simligidan olingan qimmatbaho atir moyi. U qimmat bo‘lgani uchun ko‘pincha arzonroq moylar bilan aralashtirilardi. Gohida qalbaki sunbul moyi ham bo‘lgan. Mark va Yuhanno Isoga «sunbul moyi» surtilganini qayd etishgan. (Mrk 14:3; Yuh 12:3)
-
Sunnat.
Erkak kishining jinsiy a’zosi terisining uchini kesish. Ibrohim va uning avlodlari uchun bu majburiy edi, ammo masihiylardan sunnat qilinish talab etilmaydi. Turli matn tarkibiga qarab, bu so‘z ramziy ma’noda ham qo‘llanilgan. (Ibt 17:10; 1Kr 7:19; Flp 3:3)
-
Surgun.
Odatda bosib oluvchi tomonidan odamlarni o‘z yurtidan yoki uyidan quvib chiqarish. Ibroniycha so‘z «jo‘natib yuborish» degan ma’noga 4Shh 17:6; 24:16; Ezr 6:21)
ega. Isroilliklar asosan ikki marotaba keng miqyosda surgun qilingan edi. O‘n qabilali shimoliy shohlikda yashovchilar ossuriyaliklar tomonidan surgun etilgan. Keyinchalik ikki qabilali janubiy shohlikda yashovchilar bobilliklar tomonidan surgun qilingan. Omon qolgan insonlar esa Fors shohi Kirning boshqaruvi davrida o‘z ona yurtiga qaytarilgan edi. ( -
Suriya; suriyaliklar.
OROM; OROMIYLAR iborasiga q.
-
Suvga cho‘mish.
Suvga botmoq, cho‘mmoq, sho‘ng‘imoqni anglatadi. Iso uning izdoshi bo‘lishni istagan kishi suvga cho‘mishi kerakligini aytgan. Muqaddas Yozuvlarda shuningdek, Yahyo payg‘ambar odamlarni suvga cho‘mdirgani, muqaddas ruhga va olovga cho‘mdirilish haqida aytilgan. (Mt 3:11, 16; 28:19; Yuh 3:23; 1Btr 3:21)
-
So‘zboshi.
Zabur kitobidagi sanolarning kirish so‘zlari. U yerda sanoning yozuvchisi, tarixi va maqsadiga tegishli ma’lumot hamda qanday ijro etilishi borasida ko‘rsatmalar keltirilgan. (Zb 3; 4; 5; 6; 7; 30; 38; 60; 92; 102, so‘zboshilari)
-
Tabat.
Bobilga surgun qilingandan so‘ng yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 10- oy va dunyoviy kalendaridagi 4- oy shunday atalgan. Bu oy dekabrning o‘rtasidan yanvarning o‘rtasigacha davom etardi. Odatda «o‘ninchi oy» deb aytiladi. (Est 2:16) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Talant.
Ibroniylarning eng katta pul va og‘irlik o‘lchov birligi. Bir talant 34,2 kg ga teng. Yunon talanti kichikroq bo‘lib, og‘irligi taxminan 20,4 kg ga teng bo‘lgan. (1Sl 22:14; Mt 18:24) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Tammuz.
Birinchidan, bu soxta xudoga berilgan nom bo‘lib, yo‘ldan ozgan ibroniy ayollar Quddusda bu xudo uchun ko‘z yosh to‘kishgan. Tammuz aslida shoh bo‘lgani, o‘limidan so‘ng u ilohiylashtirilgani haqida taxmin bor. Shumer yozuvlarida Tammuz «Dumuzi» deb nomlangan va hosildorlik ma’budasi Inannaning (Bobilda Ishtar) eri yoki o‘ynashi bo‘lgan deb aytilgan. (Hiz 8:14) Ikkinchidan, Bobil asirligidan so‘ng, yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 4- oy va dunyoviy kalendaridagi 10- oy shunday atalgan. Bu oy iyunning o‘rtasidan iyulning o‘rtasigacha davom etardi. Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Tanda iplari.
Mato to‘qish uchun uzunasiga, bo‘ylama tortilgan ip. Mato to‘qilganda tanda iplari ko‘ndalangiga tushgan arqoq iplari bilan kesishgan. (Hak 16:13)
-
Tartar.
Yunoncha yozuvlarda bu so‘z Nuhning zamonida Allohga bo‘ysunmagan farishtalarning tutqunlikdagi kamsitilgan holatini bildiradi. 2 Butrus 2:4 da tartaroo (tartarga uloqtirmoq) fe’li ishlatilgan. Bu degani «gunohkor farishtalar» soxta xudolarning mifologiyasidagi tartarga, ya’ni yer ostidagi zindon va kichik xudolar tashlanadigan zulmatga uloqtirilmagan. Aksincha, bu so‘z Xudoyi Taolo ularni osmondagi mavqeidan va sharafli vazifalaridan mahrum etib, tim qorong‘ilikka o‘xshash aqliy tanazzulga yo‘liqtirganiga ishora qiladi. Ular Allohning niyatlarini tushunishga ko‘maklashuvchi ma’naviy nurdan yiroqdir. Muqaddas Yozuvlarga binoan zulmat, shuningdek, bu farishtalar ham o‘z hukmdori Iblis Shayton kabi butkul yo‘q qilinishini anglatadi. Xullasi kalom, tartar bu isyonkor farishtalarning g‘oyat darajada kamsitilgan holatini bildiradi. Ushbu ibora Vahiy da aytilgan «tubsizlik» iborasidan farq qiladi. 20:1–3
-
Tarshish kemalari.
Ilgari qadimgi Tarshishga (hozirgi Ispaniya) safarga chiqadigan kemalar shunday atalgan. Keyinchalik bu ibora uzoq masofaga suzadigan katta kemalarga nisbatan qo‘llanilgan. Sulaymon va Yohushafat bunday kemalardan savdo-sotiq qilish maqsadida foydalangan. (3Shh 9:26; 10:22; 22:48)
-
Tavba.
Muqaddas Kitobda bu so‘z o‘tmish hayotidan, yomon ishlaridan yoki xatolaridan chin dildan afsus chekib, fikrlash tarzini o‘zgartirishga nisbatan qo‘llanilgan. Odamning chindan tavba qilgani yurish-turishini o‘zgartirganidan ko‘rinadi. (Mt 3:8; Hv 3:19; 2Btr 3:9)
-
Tavrot; Musoning Tavrot kitobi.
Yahova Muso orqali Isroil xalqiga mil. avv. 1513- yili Qonunni, ya’ni Tavrotni bergan. Shuningdek, Muqaddas Kitobning ilk beshta kitobi ko‘pincha Musoning Tavrot kitobi deb aytiladi. (Yosh 23:6; Lq 24:44)
-
Tayyorgarlik kuni.
Shabbat kunidan oldingi kunga berilgan nom. Bu kuni yahudiylar zaruriy tayyorgarliklarni ko‘rishgan. Tayyorgarlik kuni, juma quyosh botganda tugagan, so‘ng Shabbat kuni boshlangan. Yahudiylarda kun oqshomdan kelasi oqshomgacha davom etgan. (Mrk 15:42; Lq 23:54)
-
Tegirmon toshi.
Donni yanchib un qilish uchun bir-birining ustiga qo‘yiladigan ikkita yumaloq tosh. Ostki toshning o‘rtasiga o‘rnatilgan qoziqqa ustki tosh kirgizib aylantiriladi. Muqaddas Kitob yozilgan davrda, ko‘p oilalarda ayollar qo‘l tegirmonidan foydalangan. Oilaning kundalik noni qo‘l tegirmoniga bog‘liq bo‘lgani bois, Musoning Tavrot kitobida qo‘l tegirmonini olib qo‘yish yoki ustki toshini garovga olish man etilgan. Shunga o‘xshash katta tegirmonni esa hayvonlar aylantirgan. (Qn 24:6; Mrk 9:42)
-
Tepalik.
Odatda tog‘ yoki tepalik ustida topinish uchun qurilgan joy yoki supa. Bu tepaliklar ba’zida Xudoga topinish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa-da, ko‘pincha butparastlarning soxta xudolariga sajda qilish bilan bog‘liq edi. (S’h 33:52; 3Shh 3:2; Yerm 19:5)
-
Terafim.
Muayyan oilaga tegishli xudolar yoki butlar. Ba’zida fol ochishda qo‘llanilgan. (Hiz 21:21) Ayrimlarining shakli va kattaligi odamnikiday, boshqalariniki esa ancha kichik bo‘lgan. (Ibt 31:34; 1Shh 19:13, 16) Mesopotamiyada olib borilgan qazilmalar natijasidagi topilmalarga ko‘ra, terafim kimda bo‘lsa, o‘sha kishi oilasining merosiga egalik qilishga haqli bo‘lgani aniqlangan. Mana shu sababli, Rohila otasining terafimlarini olib ketgan. Ammo bunday odat Isroilda bo‘lmagan. Shunga qaramay, hakamlar va shohlar davrida butparastlar terafimlarga sig‘ingan. Shoh Yo‘shiyo yo‘q qilgan butparastlikka oid narsalar orasida terafimlar ham bo‘lgan. (Hak 17:5; 4Shh 23:24; Hsh 3:4)
-
Tinchlik qurbonligi.
Yahova bilan tinchlikka ega bo‘lishni so‘rash uchun keltiriladigan qurbonlik. Uning go‘shtini qurbonlik keltirgan kishi va uning oilasi, qurbonlikni taqdim etgan ruhoniy hamda xizmatda bo‘lgan boshqa ruhoniylar — barchasi yeyishgan. Qurbonlikning yog‘i kuydirilganda, Yahova uning yoqimli hidini qabul qilgan desa bo‘ladi. Hayot ramzi bo‘lmish qon ham Unga taqdim etilgan. Ruhoniylar va topinuvchilar Yahova bilan birga o‘tirib taom tanovul qilganday bo‘lishgan. Bu esa ularning Lv 7:29, 32; Qn 27:7)
orasida tinchlik hukm surganini anglatgan. ( -
Tirilish.
O‘limdan hayotga qaytish. Yunoncha anastasis so‘zi tom ma’noda «ko‘tarilmoq; turmoq» degan ma’noga ega. Muqaddas Kitobda to‘qqizta tirilish, jumladan, Isoning Tangri Yahova tomonidan tiriltirilgani qalamga olingan. Garchi Ilyos, Elishay, Iso, Butrus va Pavlus ham boshqalarni tiriltirgan bo‘lishsa-da, bu mo‘jizalar Allohning qudrati bilan amalga oshirilgan. Yer yuzida «adolatli va adolatsiz odamlarning tirilishi» Xudoning niyatida muhim o‘rinni egallaydi. (Hv 24:15) Muqaddas Kitobda, shuningdek, samoviy hayotga tirilish haqida aytilgan bo‘lib, u «birinchi tirilish» deb nomlangan. Bu, Isoning muqaddas ruh ila moylangan birodarlariga taalluqli. (Flp 3:11; Vh 20:5, 6; Yuh 5:28, 29; 11:25)
-
Tirsak.
Uzunlik o‘lchov birligi. Taxminan tirsakdan o‘rta barmoq uchigacha bo‘lgan uzunlikka teng. Odatda isroilliklar 44,5 sm ga teng bo‘lgan tirsakdan foydalanishgan. Lekin to‘rt barmoq eni qo‘shilgan 51,8 sm ga teng uzun tirsak ham qo‘llanilgan. (Ibt 6:15; Lq 12:25) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Tishri.
YETANIM so‘ziga va ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Tortiq etilgan nonlar.
Muqaddas chodir yoki ma’baddagi Muqaddas xonadagi stolning ustiga ikki taxlam qilib, har bir taxlamga oltitadan qo‘yilgan 12 ta non. «Taxlam nonlar» va «baxshida qilingan nonlar» deb ham aytiladi. Xudoga atab tortiq etilgan bu nonlar, har Shabbat kunida yangilari bilan almashtirib turilgan. Olib qo‘yilgan nonlarni faqat ruhoniylar yegan. (2Sl 2:4; Mt 12:4; Chq 25:30; Lv 24:5–9; Ibr 9:2) Ilovaning B5 mavzusiga q.
-
Tong yulduzi.
Quyosh chiqishidan oldin ufqning sharqiy qismida oxirgi bo‘lib chiqadigan yulduz. U yangi kun boshlanayotganidan dalolat beradi. (Vh 22:16; 2Btr 1:19)
-
Tubsizlik.
Yunoncha abissos. Bu so‘z «nihoyatda chuqur» yoki «tagiga yetib bo‘lmaydigan, cheksiz» degan ma’noga ega. Yunoncha yozuvlarda qamoq yoki tutqunlik holati ma’nosida qo‘llanilgan. U «qabrni» ham bildiradi, ammo bu bilan cheklanib qolmaydi. (Lq 8:31; Rm 10:7; Vh 20:3)
-
Tutatqi.
Sekin yonib, yoqimli hid taratadigan xushbo‘y yelim va balzamlardan tayyorlangan aralashma. Muqaddas chodir va ma’badda foydalanilgan bu maxsus tutatqi to‘rtta tarkibiy qismdan iborat edi. U ertalab va kechqurun Muqaddas xonadagi tutatqi qurbongohida, Gunohni yuvish kunida esa Eng muqaddas xonada kuydirilardi. Tutatqi Xudoning sodiq xizmatchilarining maqbul ibodatlari ramzi hisoblangan. Uni kuydirish masihiylardan talab etilmagan. (Chq 30:34, 35; Lv 16:13; Vh 5:8)
-
To‘lov.
Asirlik, jazo, azob, gunoh yoki biron majburiyatdan ozod etish uchun to‘lanadigan haq. To‘lov nafaqat pul bilan to‘langan. (Isha 43:3) To‘lov turli vaziyatlarda talab etilgan. Misol uchun, Isroilda birinchi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va hayvonlarning birinchi erkak bolasi Yahovaga tegishli bo‘lgan, ya’ni butunlay Allohning xizmati uchun baxshida etilgan. Ularni bu mas’uliyatdan ozod etish uchun to‘lov berilishi lozim bo‘lgan. (S’h 3:45, 46; 18:15, 16) Agar qarovsiz qolgan suzong‘ich buqa biron kimsani suzib o‘ldirsa, uning egasi to‘lov evaziga o‘zini o‘lim jazosidan qutqara olgan. (Chq 21:29, 30) Ammo qasddan odam o‘ldirgan qotilni hech qanday to‘lov qutqara olmagan. (S’h 35:31) Muqaddas Kitobda tilga olingan to‘lovlardan eng muhimi — itoatkor insonlarni gunoh va o‘limdan qutqarish uchun o‘z jonini fido qilgan Masihning to‘lovidir. (Zb 49:7, 8; Mt 20:28; Ef 1:7)
-
To‘ng‘ich.
Asosan olganda (onaning emas) otaning birinchi o‘g‘li hisoblanadi. Qadimda to‘ng‘ich o‘g‘il oilada o‘zgacha hurmatga sazovor bo‘lib, otasi hayotdan ko‘z yumganda oila boshiga aylanardi. Bu so‘z ostida shuningdek, hayvonlarning «birinchi erkak bolasi» ham tushunilar edi. (Chq 11:5; 13:12; Ibt 25:33; Kls 1:15)
-
Ulamo.
Ibroniycha yozuvlarda kotib deb qo‘llaniladi. Lekin Isoning zamonida Tavrot bilimdonlarini ifodalardi. Ular Isoga qarshilik ko‘rsatishgan. (Ezr 7:6, izohga q.; Mrk 12:38, 39; 14:1)
-
Urim va tummim.
Oliy ruhoniy urim va tummimni xuddi qur’a singari o‘rtaga tashlab, u yoki bu masalada Xudoning irodasini aniqlab olgan. Masalan, butun xalq uchun muhim hisoblangan masalalar yuzasidan Yahovaga maslahat solish kerak bo‘lganda, oliy ruhoniy urim va tummimdan foydalangan. U muqaddas chodirga kirganida, urim va tummimni ko‘krakpechiga solib qo‘yardi. Ammo Quddus bobilliklar tomonidan yo‘q qilinganidan keyin, ulardan foydalanmay qo‘yildi. (Chq 28:30; Nax 7:65)
-
Ustun.
Inshootga tik o‘rnatiladigan tirgovuch yoki kolonna. Yoki bo‘lmasa kolonnaga o‘xshash narsa. Ba’zilar tarixiy yoki muhim voqealarni xotirlash uchun ustun o‘rnatishgan. Butparastlar soxta xudolariga sig‘inish maqsadida muqaddas ustunlar o‘rnatishgan. Isroilliklar ham ba’zida ularning bu odatiga taqlid qilishgan. (3Shh 14:23) Ustundan, shuningdek, jazolashning bir turi sifatida foydanilgan. Ayrim xalqlar qatl qilish, boshqalarga ogohlantirish bo‘lishi uchun jasadni osib qo‘yish yoki omma oldida tahqirlash maqsadida ustundan foydalanishgan. Jangda shafqatsizligi bilan tanilgan ossuriyaliklar asirlarni yalang‘och holda uchi o‘tkir ustunga o‘tqazishgan. Ustun asirlarning qornidan o‘tib, ko‘krak qafasini teshib chiqqan. Yahudiylarning qonuniga ko‘ra, Xudoni haqorat qilish yoki butparastlik kabi jirkanch jinoyatni sodir etganlar toshbo‘ron qilinib yoki boshqacha usul bilan o‘ldirilib, so‘ng atrofdagilarga ogohlantirish bo‘lishi uchun jasad ustunga yoki daraxtga osib qo‘yilgan. (Qn 21:22, 23; 2Shh 21:6, 9) Rimliklar ba’zan o‘limga mahkum etilgan insonni ustunga bog‘lab qo‘yishgan. Odam og‘riq, tashnalik, ochlik va jazirama dastidan bir necha kun qiynalib o‘lgan. Boshqa vaziyatlarda, masalan, Isoni qatl qilishganda, rimliklar uning qo‘l-oyoqlarini ustunga mixlashgan. (Lq 24:20; Yuh 19:14–16; 20:25; Hv 2:23, 36) AZOB USTUNI iborasiga q.
-
Ustun qosh.
Ustunning bezak berilgan tepa qismi. Yoxin va Boz deb atalgan ikkita ustunning tepa qismidagi katta ustun qoshlari bo‘lib, Sulaymon qurgan ma’badning old tomonida turgan. (3Shh 7:16) Ilovaning B8 mavzusiga q.
-
Uzumsiqqich.
Ohaktoshda o‘yilgan ikkita chuqurlik. Biri ikkinchisidan balandroq bo‘lib, ariqcha orqali birlashtirilgan. Uzum baland chuqurlikda ezilib, sharbati ariqcha orqali pastroq chuqurlikka tushgan. Uzumsiqqich majoziy ma’noda Allohning hukmlarini bildirgan. (Isha 5:2; Vh 19:15)
-
Ushr (o‘ndan bir qism).
Asosan diniy maqsadda soliq yoki o‘lpon sifatida beriladigan o‘ndan bir qism. (Ml 3:10; Qn 26:12; Mt 23:23) Musoning Tavrot kitobiga ko‘ra, isroilliklar har yili yerning hosilidan va qo‘y-echki-yu qoramollari orasida tug‘ilgan bolalaridan o‘ndan bir qismini levilarga berib, ularga g‘amxo‘rlik qilishgan. Levilar esa o‘z ushrlaridan Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarga ushr berishgan. Ushr boshqa maqsadlarda ham berilgan. Ammo masihiylardan ushr berish talab etilmagan.
-
Uchrashuv chodiri.
Ushbu ibora ham Musoning chodiriga, ham dastlab sahroda barpo etilgan muqaddas chodirga nisbatan ishlatilgan. (Chq 33:7; 39:32)
-
Vahiy.
Kunduzi yoki kechasi ilohiy kuch vositasida inson ongida paydo qilingan ko‘rinishlar. Ba’zan vahiy olayotgan kishi hushida bo‘lmagan yoki vahiyni tushida olgan. (Ibt 46:2; Dn 1:17; Hv 10:3)
-
Valiy.
Xudo O‘z irodasini tushunishga qobiliyat bergan odam. U boshqa odamlarga yashirin bo‘lgan narsalarni ko‘rib, fahmlay olardi. Bu atama, ibroniycha «ko‘rmoq» o‘zak so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, majoziy yoki tom ma’noda ko‘rishni anglatadi. Odamlar o‘z muammolarini hal etish maqsadida, valiyning oldiga dono maslahat so‘rab borishardi. (1Shh 9:9)
-
Vodiy.
Odatda qurib qolgan o‘zanni bildiradi. Ammo yomg‘irli mavsumlarda ular suv bilan to‘lardi. Ba’zi o‘zanlar buloq suvlari bilan to‘yingani uchun yil bo‘yi qurimagan. (Ibt 26:19; S’h 34:5; Qn 8:7; 3Shh 18:5; Ayub 6:15)
-
Vositachi.
Ikkita tarafni yarashtirish uchun ularning o‘rtasida vositachilik qiladigan shaxs. Muqaddas Kitobda Muso Qonun ahdining, Iso esa yangi ahdning vositachisi deb atalgan. (Gl 3:19; 1Tm 2:5)
S
T
U
V
X
-
Xaldeylar yurti; xaldeylar.
Avvaliga Dajla va Furot daryolarining tarmoqlangan hududi va o‘sha yerda yashagan xalq shunday atalgan. Vaqt o‘tib bu atamalar butun Bobil va uning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Ilm-fan, tarix, tillar va astronomiyani o‘rganish bilan bir qatorda sehr-jodu va munajjimlik bilan shug‘ullangan ziyoli kishilar ham «xaldeylar» deb yuritilgan. (Ezr 5:12; Dn 4:7; Hv 7:4)
-
Xamirturushsiz non bayrami.
Isroilliklar har yili nishonlagan uchta asosiy bayramning birinchisi. U Fisih bayramidan bir kun o‘tib, 15- nisonda boshlanardi va yetti kun davom etardi. Isroilliklar Misrdan ozod bo‘lganini eslab turishlari uchun, bu paytda faqat xamirturushsiz non yeyish mumkin edi. (Chq 23:15; Mrk 14:1)
-
Xamirturush.
Xamirni yoki suyuqlikni achitish uchun qo‘shiladigan modda. Shuningdek, achitilgan xamirdan ajratib qo‘yilgan bo‘lak ham xamirturush deyiladi. Muqaddas Kitobda bu so‘z ko‘pincha gunoh hamda buzuqlik ramzi sifatida qo‘llanilib, yashirin va o‘sish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. (Chq 12:20; Mt 13:33; Gl 5:9)
-
Xamo‘sh.
Mo‘abliklarning bosh xudosi. (3Shh 11:33)
-
Xayr-sadaqa.
Muhtoj odamlarga beriladigan yordam. Ibroniycha yozuvlarda xayr-sadaqa berish haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmagan bo‘lsa-da, Tavrotda isroilliklarning kambag‘allar oldidagi burchi to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar berilgan. (Mt 6:2)
-
Xiggayon.
Musiqiy atama. Zabur 9:16 da bu so‘z tantanali, arfada chalingan jarangdor interlyudiyani yoki mulohaza yuritishga chorlaydigan tantanavor pauzani bildirishi mumkin.
-
Xin.
Suyuqlik o‘lchov birligi va shu o‘lchovga teng idish. Bir xin 3,67 l ga teng. (Chq 29:40) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Xirmon.
Donni choridan ajratish amalga oshiriladigan joy. Xirmon odatda keng maydon bo‘lib, shamol esib turadigan balandroq joyda joylashgan. (Rt 3:2; Mt 3:12)
-
Xislav.
Bobilga surgun qilingandan so‘ng yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 9- oy va dunyoviy kalendaridagi 3- oy shunday atalgan. Bu oy noyabrning o‘rtasidan dekabrning o‘rtasigacha davom etardi. (Nax 1:1; Zk 7:1) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Xorev; Xorev tog‘i.
Sinay tog‘i atrofidagi tog‘li hudud. Sinay tog‘ining boshqa nomi. (Chq 3:1; Qn 5:2) Ilovaning B3 mavzusiga q.
-
Xotira mozori.
Marhumning jasadi dafn etiladigan joy. Bu, «xotirlamoq» degan ma’noni anglatuvchi yunoncha mnemeyon so‘zining tarjimasi bo‘lib, o‘lgan inson haqidagi ma’lumot xotirada saqlanayotganini nazarda tutadi. (Yuh 5:28, 29)
-
Xudojo‘ylik.
Tangri Yahovaga hurmat ko‘rsatish, Unga topinish va xizmat qilish, Uning hukmdorligiga sadoqat. (1Tm 4:8; 2Tm 3:12)
-
Xudoning O‘g‘li.
Ushbu ibora majoziy ma’noda ishlatiladi. Butun borliqning Yaratuvchisi bo‘lmish Allohning tom ma’nodagi xotini ham, ayoldan tug‘ilgan farzandi ham yo‘q. Asosan Iso Masihga nisbatan qo‘llanilgan bu ibora uning Xudonikiga o‘xshash fazilatlar bilan yaratilganini va Unga juda yaqin bo‘lganini ta’kidlaydi. Xuddi shu sabablarga ko‘ra ushbu ibora farishtalarga va ilk inson Odamatoga qarata ishlatilgan. (Ayub 1:6; Lq 3:38) Samoda Iso Masihning vorisdoshlari bo‘lish uchun Xudo tanlagan kishilar ham «Allohning farzandlari» deb atalishgan. (Rm 8:14–17) Qadimda Isroilda hakamlik qilganlar Allohning vakillari sifatida boshqarishgani uchun ular «Tangri Taoloning o‘g‘illari» deyilgan. (Zb 82:6)
-
Xudoning Shohligi.
Xudoning oliy hukmdorligini ifodalovchi hukumat. Alloh bu hukumatga O‘g‘li Iso Masihni shoh etib tayinlagan. (Mt 12:28; Lq 4:43; 1Kr 15:50)
-
Xushbo‘y smola.
Bosveliya (Boswellia) turiga mansub ayrim daraxtlar va butalarning qurigan yelimi. Kuydirilganda xushbo‘y hid taratadi. U Muqaddas chodirda va ma’badda ishlatilgan muqaddas tutatqi tarkibiga kirgan. Uni don nazrlari bilan birga keltirishgan va Muqaddas xonadagi taqdim etilgan nonlar taxlami ustiga qo‘yishgan. (Chq 30:34–36; Lv 2:1; 24:7; Mt 2:11)
-
Xushxabar.
Yunoncha yozuvlardagi, Xudoning Shohligi va Iso Masihga bo‘lgan imon orqali najot topish haqidagi xushxabar. (Mt 12:28; Lq 4:43; 1Kr 15:50)
-
Xo‘mr.
Bir korga teng keladigan hajm o‘lchov birligi. Bat o‘lchovining taxminiy vazniga asoslangan bo‘lib, bir xo‘mr 220 l ga teng. (Lv 27:16) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
Xo‘ptir.
YANCHMOQ so‘ziga q.
Y
-
Yahova.
Tetragrammatonning (to‘rtta ibroniy harf Allohning ismini tashkil etadi) o‘zbekcha yozilishi. Ushbu nashrda bu ism 7 000 dan ortiq marotaba uchraydi. Ilovaning A4 va A5 mavzulariga q.
-
Yahudiy.
O‘n qabilali Isroil shohligi bo‘lingach, ushbu nom Yahudo qabilasiga mansub kishilarga nisbatan qo‘llanila boshladi. (4Shh 16:6) Bobilga surgun qilingandan so‘ng, Isroilga qaytgan turli qabila vakillari shunday deb atalgan. (Ezr 4:12) Vaqt o‘tib, boshqa xalqlardan ajratish uchun butun yer yuzidagi isroilliklar shunday deya nomlanadigan bo‘ldi. (Est 3:6) Havoriy Pavlus bu so‘zni, masihiylar jamoatida millatning hech qanday ahamiyati yo‘qligini ko‘rsatish uchun ramziy ma’noda qo‘llagan. (Rm 2:28, 29; Gl 3:28)
-
Yahudo.
Yoqubning Leaxdan tug‘ilgan to‘rtinchi o‘g‘li. Yoqub o‘lim to‘shagida, Yahudoning avlodidan buyuk va mangu boshqaradigan hukmdor kelib chiqishini bashorat qilgan. Iso Masih Yahudoning naslidan edi. Shuningdek, Yahudodan kelib chiqqan qabila ham, shohlik ham Yahudo deb ataladigan bo‘ldi. Janubiy shohlik deb nomlangan Yahudo shohligi Yahudo va Benyamin qabilalari, ruhoniylar-u levilardan tashkil topgan edi. Yahudo, yurtning Quddus va ma’bad joylashgan janubiy qismini egallagan edi. (Ibt 29:35; 49:10; 3Shh 4:20; Ibr 7:14)
-
Yah.
«Yahova» degan ismning qisqacha shakli. (Chq 15:1, 2) Ushbu qisqartma ibroniycha harflar bilan yozilgan Xudo ismining יהוה (YHVH) birinchi yarmi, ya’ni «yod» (י) va «he» (ה) harflarini bildiradi. Ibroniycha yozuvlarda «Yah» qisqartmasi 50 marta uchraydi: 26 marta yakka o‘zi, 24 marta esa «Halleluya» so‘zining tarkibiga kirgan. «Halleluya» so‘zi ko‘pchilikka murojaat bo‘lib «Yahni madh eting» degan ma’noga ega.
-
Yanchmoq.
Donni poya va choridan ajratish jarayoni. Don tayoq yordamida urib yanchilgan. Agar ko‘p miqdorda bo‘lsa, hayvonlarga qo‘shilgan xo‘ptir yoki xo‘ptir g‘altagi bilan yanchilgan. Yanchish moslamasi yoyib qo‘yilgan don ustidan yurgizilgan. (Isha 41:15; 1Kr 9:9)
-
Yarashtirish.
GUNOHNI YUVISH iborasiga q.
-
Yarashtiruvchi qopqoq.
Ahd sandig‘ining qopqog‘i. Gunohni yuvish kuni oliy ruhoniy bu sandiqning oldida gunoh qurbonligining qonini sachratardi. Ushbu ibroniycha so‘z «(gunohning) ustini yopmoq» yoki «(gunohni) artib tashlamoq» iboralaridan kelib chiqqan. U butunlayin oltindan yasalgan bo‘lib, ikkita chetiga ikkita karub o‘rnatilgan edi. Ba’zida shunchaki «qopqoq» deb aytiladi. (Chq 25:17–22; 1Sl 28:11; Ibr 9:5) Ilovaning B5 mavzusiga q.
-
Yaxshi va yomonni bildiradigan daraxt.
Adan bog‘idagi daraxt. Alloh undan ramz sifatida foydalangan. Bu daraxt orqali insoniyat uchun faqat Xudo nima yaxshi va nima yomon ekanini belgilash huquqiga ega ekani ko‘rsatilgan. (Ibt 2:9, 17)
-
Yangi oy kuni.
Yahudiylarning kalendaridagi har oyning birinchi kuni. Bu kuni odamlar birga yig‘ilar, yeb-ichar va turli qurbonliklar keltirardi. Vaqt o‘tib, bu kun muhim milliy bayramga aylangan va odamlar hech qanday ish qilmagan. (S’h 10:10; 2Sl 8:13; Kls 2:16)
-
Yetanim.
Yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 7- oy va dunyoviy kalendaridagi 1- oy shunday atalgan. Bu oy sentabrning o‘rtasidan oktabrning o‘rtasigacha davom etardi. Yahudiylar Bobildan qaytgach, bu oy tishri deb atalgan. (3Shh 8:2) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Yodutun.
Zabur 39, 62 va 77- sanolarining so‘zboshilarida uchraydigan ushbu atamaning ma’nosi noma’lum. Ehtimol, bu so‘zboshilarda sano qanday ijro etilishi, uslubi yoki qo‘llaniladigan musiqa asbobi haqida ko‘rsatmalar berilgan. Yodutun levi musiqachining ismi. Sanoning ushbu uslubda ijro etilishi yoki shu atama ostida nazarda tutilgan musiqa asbobi Yodutun yoki uning o‘g‘illari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
-
Yoqub.
Is’hoq bilan Rivqoning o‘g‘li. Vaqt o‘tib, Xudo unga Isroil degan ism qo‘ygan va u Isroil xalqining (shuningdek, isroilliklar va keyinchalik yahudiylar deb atalgan) avlod boshi bo‘lgan. U 12 ta o‘g‘il ko‘rgan. Ulardan kelib chiqqan avlodlar, ya’ni 12 ta qabila Isroil xalqini tashkil etgan. Yoqub degan ism Isroil xalqiga nisbatan qo‘llanilgan. (Ibt 32:28; Mt 22:32)
-
Yunon.
Yunoniston xalqining tili. Shuningdek, Yunonistonda yashovchi yoki asli yunonistonlik inson. Yunoncha yozuvlarda bu so‘z keng ma’noda, yahudiy bo‘lmagan barcha odamlarga yoki yunon tili va madaniyati ta’siriga berilgan insonlarga nisbatan qo‘llanilgan. (Yl 3:6; Yuh 12:20)
-
Yo‘l.
Muqaddas Kitobda bu ibora majoziy ma’noga ega bo‘lib, Yahovaga ma’qul yoki noma’qul bo‘lgan xatti-harakat yoki xulq-atvorni bildiradi. Iso Masihning izdoshlari haqida «Hazratimizning yo‘liga» tegishli bo‘lganlar deyilgan. Ular Iso Masihga e’tiqod qilib, butun hayotlarini uning o‘rnagiga ergashishga bag‘ishlashgan. (Hv 19:9)
Z
-
Zamona.
Yunonchada aion bo‘lib, «zamona» deb tarjima qilinadi. Bu so‘z muayyan vaqtni emas, balki noaniq vaqt oralig‘i yoki shu vaqt mobaynida sodir bo‘lgan voqealar bilan taniqli davrni anglatadi. Muqaddas Kitobda bu «dunyo» yoki «zamona» deyilganda dunyoda sodir bo‘layotgan ishlar va dunyoga xos hayot tarzi nazarda tutiladi. (2Tm 4:10) Xudo Musoning Qonun ahdi orqali, ayrimlar isroilliklar yoki yahudiylar davri deb nomlaydigan zamonaga asos solgan. Iso Masihning to‘lov qurbonligi orqali Alloh moylangan masihiylar jamoatini barpo etib, boshqa zamonani boshlab bergan. Bu zamona Musoning Qonun ahdida aytib o‘tilganlar amalga oshadigan yangi davrning boshi bo‘lgan. «Zamona» so‘zi ko‘plikda qo‘llanilganda, turli zamonalarga, dunyoda hukm surayotgan yoki kelajakda bo‘ladigan ishlarga ishora qiladi. (Mt 24:3; Mrk 4:19; Rm 12:2; 1Kr 10:11)
-
Zevs.
Ko‘p xudolar mavjudligini tan olgan yunonlarning bosh xudosi. Listra aholisi adashib Barnobani Zevs deya atagan. Listra yaqinida «Zevs ruhoniylari» va «Zevs quyosh xudosi» kabi qadimiy yozuvlar topilgan. Malta orolidan Pavlus o‘tirgan kemaning tumshug‘ida «Zevs o‘g‘illari», ya’ni Kastor va Polluks ismli aka-uka egizaklarning shakli bor edi. (Hv 14:12; 28:11)
-
Ziv.
Yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 2- oy va dunyoviy kalendaridagi 8- oyning ilk nomi. Bu oy aprelning o‘rtasidan mayning o‘rtasigacha davom etardi. Bobilga surgun qilingandan so‘ng yozilgan yahudiylarning Talmud kitobida va boshqa kitoblarda bu oy «iyar» deb nomlangan. (3Shh 6:37) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Ziyorat qo‘shig‘i.
Zabur kitobining 120–134- sanolarining so‘zboshilarida uchraydi. Garchi ushbu iboraning ma’nosi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lsa-da, ko‘pchilik ushbu 15 ta sano Quddusga topinish uchun «ko‘tarilgan» isroilliklar tomonidan shod-xurramlik ila ijro etilgan deb hisoblaydi. Sababi, Quddus Yahudo tog‘larining tepasida joylashgan bo‘lib, ular uchta katta bayramda ishtirok etish uchun o‘sha yerga borishgan.
O‘
-
O‘lchov tayog‘i.
Uzunligi olti tirsak bo‘lgan. O‘rtacha tirsak bilan o‘lchanganda 2,67 m, uzun tirsak bilan esa 3,11 m. (Hiz 40:3, 5; Vh 11:1) Ilovaning B14 mavzusiga q.
-
O‘nkent.
Dastavval o‘nta shahardan tarkib topgan yunon shaharlarining majmui (yunoncha deka ma’nosi «o‘n», polis ma’nosi «shahar»). Jalila dengizi va Iordan daryosining sharqidagi hudud ham shunday nomlangan. Chunki o‘sha shaharlarning aksariyati shu yerda joylashgan edi. Bu shaharlar yunon madaniyati va savdo-sotiq markazlari bo‘lgan. Iso bu hududdan o‘tgan, ammo u o‘sha shaharlarning birortasiga tashrif buyurgani haqida hech qayerda yozilmagan. (Mt 4:25; Mrk 5:20) Ilovaning A7 va B10 mavzulariga q.
-
O‘rama bitik.
Pergament yoki papirusdan yasalib, yozish uchun mo‘ljallangan uzun tasma. Uning bir tomoniga yozuv yozilib, tayoqqa o‘rab qo‘yilardi. Muqaddas Yozuvlar mana shunday o‘rama bitiklarga yozilgan va nusxa ko‘chirilgan. Muqaddas Kitob yozilgan zamonda kitob o‘rama bitiklar ko‘rinishida bo‘lgan. (Yerm 36:4, 18, 23; Lq 4:17–20; 2Tm 4:13)
-
O‘choq; pech.
Ruda yoki metallni eritish uchun mo‘ljallangan qurilma. U sopol idishlarni pishirish uchun ham ishlatilgan. Muqaddas Kitob yozilgan davrda o‘choqlar g‘isht yoki toshdan yasalgan. Sopol idishlarni pishiradigan va ohakni kuydiradigan moslama xumdon deb ham atalgan. (Ibt 15:17; Dn 3:17; Vh 9:2)
SH
-
Shabbat.
Bu ibroniycha so‘z «tinish, to‘xtash» degan ma’noni bildiradi. Yahudiylar haftasining yettinchi kuni (juma kuni quyosh botishidan shanba kuni quyosh botishigacha davom etadi). Bayram kunlarining ba’zilari, jumladan har 7- va 50- yil ham Shabbat deb atalgan. Shabbat kuni, muqaddas maskandagi ruhoniylik xizmatidan tashqari, hech qanday ish qilinmagan. Shabbat yili yer shudgor qilinmagan, ibroniylar bir-birining qarzlarini kechirib, qaytarishni talab qilishmagan. Tavrotda Shabbat bilan bog‘liq cheklovlar me’yorida bo‘lgan. Lekin din rahbarlari sekin-asta qo‘shimcha qoidalar kiritib, Isoning davridagi kishilar uchun unga rioya etishni og‘ir yukka aylantirishgan. (Chq 20:8; Lv 25:4; Lq 13:14–16; Kls 2:16)
-
Shaqildoq.
Qadimgi urma musiqa asbobi. Uning sopidagi cho‘ziq metall ramaga ko‘ndalang sterjenlar mahkamlab qo‘yilgan edi. Shaqildoq silkitilganda baland ovozda jaranglardi. (2Shh 6:5)
-
Shavon.
Bobilga surgun qilingandan so‘ng yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 3- oy va dunyoviy kalendaridagi 9- oy shunday atalgan. Bu oy mayning o‘rtasidan iyunning o‘rtasigacha davom etardi. (Est 8:9) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Shayton.
Ibroniychada «dushman» ma’nosiga ega. Muqaddas Yozuvlarning asl nusxasida bu so‘z aniq artikl bilan ishlatilganda, Allohning asosiy dushmani bo‘lmish Shayton Iblisni anglatadi. (Ayub 1:6; Mt 4:10; Vh 12:9)
-
Shebat.
Bobilga surgun qilingandan so‘ng yahudiylarning muqaddas kalendaridagi 11- oy va dunyoviy kalendaridagi 5- oy shunday atalgan. Bu oy yanvarning o‘rtasidan fevralning o‘rtasigacha davom etardi. (Zk 1:7) Ilovaning B15 mavzusiga q.
-
Shekel.
Ibroniylarning asosiy pul va og‘irlik o‘lchov birligi. Bir shekel 11,4 g ga teng. «Muqaddas joyning shekeli» degan ibora tarozi Chq 30:13)
to‘g‘ri bo‘lishiga va muqaddas chodirda asos qilib olingan tarozi bilan hisoblash kerakligiga ishora qilgan. Shuningdek, shoh saroyida asos qilib olingan o‘lchov birligi (odatdagi shekeldan farq qilgan) «shoh» shekeli bo‘lishi mumkin. ( -
Sheminit.
Ushbu musiqiy atama so‘zma-so‘z «sakkizinchi» degan ma’noga ega. Ehtimol, past registr yoki uslubni anglatadi. Musiqiy asboblarga qarata qo‘llanilganda, bu so‘z basga, ya’ni yo‘g‘on tovushga ishora qilsa kerak. Qo‘shiqlarda esa, ehtimol, past registrda boshqarilgan musiqiy jo‘rlikka va shu tarzda kuylanishi kerakligini bildirgan. (1Sl 15:21; Zb 6; 12, so‘zboshilari)
-
Sheo‘l.
Ushbu ibroniycha so‘z yunoncha hades so‘zi bilan ma’nodosh. Insoniyatning umumiy qabri. (Ibt 37:35; Zb 16:10; Hv 2:31, izohlarga q.) MOZOR so‘ziga q.
-
Shohidlik lavhasi.
«Shohidlik lavhasi» ikkita tosh lavhaga yozilgan va Musoga berilgan O‘nta amrni anglatadi. (Chq 31:18)
-
Shox.
Hayvonlar shoxlaridan ichimlik ichish, moy quyish, siyoh va atir-upalar uchun idish sifatida foydalanilgan. Qolaversa, musiqa chalish va harbiy belgi berish maqsadida ishlatilgan. (1Shh 16:1, 13; 3Shh 1:39; Hiz 9:2) Ko‘chma ma’noda «shox» so‘zi ko‘pincha kuch-qudrat, zabt etish va zafar qozonishni bildiradi. (Qn 33:17; Mx 4:13; Zk 1:19)
-
Shukrona qurbonligi.
Mehr-sadoqati va bergan rizq-ro‘zi uchun Xudoga shukrona ifodasi sifatida keltirilgan tinchlik qurbonligi. Qurbonlikka keltirilgan hayvon go‘shti xamirturushli va xamirturushsiz nonlar bilan tanovul qilingan. Go‘shtni o‘sha kunning o‘zida yeyish kerak bo‘lgan. (2Sl 29:31)
CH
-
Chaylalar bayrami.
Shuningdek, Chodirlar bayrami yoki O‘rim-yig‘im bayrami deb ham atalgan. Bu bayram itanim oyining 15–21- kunigacha nishonlangan. Bu bayram isroilliklarning qishloq xo‘jalik yili so‘ngida bo‘ladigan o‘rim-yig‘im munosabati bilan nishonlanardi. Hosilga baraka bergani uchun ular Yahovaga minnatdorchilik bildirishardi va xursandchilik qilishardi. Bu bayram kunlari, odamlar Misrdan ozod bo‘lishganini yodda tutishlari uchun chaylalarda yashashardi. Bu, erkaklar Quddusga borib nishonlashi kerak bo‘lgan uchta bayramdan biri edi. (Lv 23:34; Ezr 3:4)
-
Chigirtka.
Gala-gala bo‘lib ko‘chib yuradigan hasharotlar. Musoning Tavrot kitobiga binoan, bu hasharotlar halol yegulik hisoblangan. Chigirtkalar galasi yo‘lida uchragan narsani yutib, katta talafot keltirardi. Bu, ofat deya ta’riflanar edi. (Chq 10:14; Mt 3:4)
-
Cho‘pon.
Qo‘ylarni yoki qo‘y-echkilardan iborat suruvni boqadigan, qo‘riqlaydigan va ularga g‘amxo‘rlik qiladigan odam. Ramziy ma’noda bu atama Yahovaga nisbatan qo‘llaniladi. U O‘z qo‘ylariga, ya’ni xalqiga sevgi ila g‘amxo‘rlik qiladi. Shu kabi, bir masalda Iso ham o‘zini «yaxshi cho‘pon» deb atagan. Shuningdek, ba’zan «cho‘ponlar» atamasi Isroil xalqining Xudoga sodiq hamda bevafo hukmdorlari va boshliqlariga nisbatan qo‘llanilgan. (Zb 23:1, 2; Yerm 2:8; 3:15; Yuh 10:11)