Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

111-QO‘SHIQ

Yahova — chin shodlik manbaidir

Yahova — chin shodlik manbaidir

(Matto 5:12)

  1. 1. Bitmas-tuganmas xazinaday

    Cheksizdir quvonch-baxtimiz.

    Xudo chorlagan insonlar-la

    Bugun ko‘paygay safimiz.

    To‘lgay qalbimiz ko‘p sevinch-la,

    Topsak Kalomdan gavharni.

    Uni har kuni o‘rgansak gar,

    Komil aylaymiz imonni.

    So‘nmas quvonchning sohibimiz,

    U misli gulxanday yongay.

    Sinov, dardlarga yo‘liqsak ham,

    Alloh matonat baxsh etgay.

    (NAQAROT)

    Bergay Yahova chin shodlik,

    Nodir ijodi rom etgay.

    Teran o‘ylari, buyuk ishlari

    Qudrat-u mehrin madh qilgay.

  2. 2. Borliq mavjudot — shoh asardir,

    Solgay u bizni hayratga.

    Uni o‘rgangaymiz havas-la,

    Aytib rahmatlar Tangriga.

    Butun jahonda iftixor-la

    Alloh xabarin yoyamiz.

    Shohlik baraka keltirgay deb,

    Shodlik-la e’lon qilamiz.

    Ulkan xurramlik baxsh etgaydir

    Mangu yangi er va osmon.

    Tongni uyg‘otgan nur-shafaqdek

    Shoshib kelmoqda bu zamon.

    (NAQAROT)

    Bergay Yahova chin shodlik,

    Nodir ijodi rom etgay.

    Teran o‘ylari, buyuk ishlari

    Qudrat-u mehrin madh qilgay.

(Shuningdek, Qonun. 16:15; Ishayo 12:6; Yuhan. 15:11 ga qarang.)