Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

117-QO‘SHIQ

Himmatli bo‘laylik

Himmatli bo‘laylik

(2 Solnomalar 6:41)

  1. 1. Yahova, Sen xayrixohsan,

    G‘oyat mo‘ldir ne’mating.

    Muqaddassan, vafodorsan,

    Himmatlidir har ishing.

    Mehringga biz noloyiqmiz,

    Lek shunda ham sevasan.

    Topingaymiz ehtirom-la,

    Hamd aytib Senga dildan.

  2. 2. Aks etgaymiz bor imkon-la

    Himmatingdek xislatni,

    Va’zgo‘ylig-u xulq-atvor-la

    Namoyon etib uni.

    Cho‘ponlar ham, ta’liming ham,

    Zo‘r hadyadir biz uchun.

    Ruhingni, Rab, baxshida et,

    Aylaylik himmat har kun.

  3. 3. Ezgulik-la boyimoq-chun

    Ato et, Tangri, yordam.

    Istaymiz do‘st va dushman-la

    Ulashmoq uni dildan.

    Muruvvat-u yaxshilik-chun

    Shay turgaymiz har safar.

    Yo Alloh, O‘z barakang ber,

    Qilaylik ezgu ishlar.