119-QO‘SHIQ
Imonli bo‘laylik
-
1. Alloh qadimda So‘zin yetkazgan
Sodiq elchilar orqali.
Tavba qilishga chorlar U bugun
O‘g‘li Iso orqali.
(NAQAROT)
Imonim erurmi komil?
Ko‘rinarmi u ishlarda?
Gar qilsam uni mustahkam,
Saqlar meni u doim haq yo‘lda.
-
2. Shohlik xabarin etgaymiz e’lon,
Iso amriga bo‘ysunib.
Rabning va’dasin qilgaymiz doston,
Umid nurin baxsh etib.
(NAQAROT)
Imonim erurmi komil?
Ko‘rinarmi u ishlarda?
Gar qilsam uni mustahkam,
Saqlar meni u doim haq yo‘lda.
-
3. Tursak imonda langardek sobit,
Xalos bo‘lamiz qo‘rquvdan.
Xudo beradi chidam va najot,
Agar yursak U bilan.
(NAQAROT)
Imonim erurmi komil?
Ko‘rinarmi u ishlarda?
Gar qilsam uni mustahkam,
Saqlar meni u doim haq yo‘lda.
(Shuningdek, Rim. 10:10; Efes. 3:12; Ibron. 11:6; 1 Yuhan. 5:4 ga qarang.)