Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

146-QO‘SHIQ

«Hamma narsani yangi qilib yaratyapman»

«Hamma narsani yangi qilib yaratyapman»

(Vahiy 21:1–5)

  1. 1. Ko‘kda Shoh Iso boshqargaydir bugun,

    Etgaydir buni zamona ma’lum.

    Quvdi Rab O‘g‘li samodan yovni

    Va oz vaqt o‘tib pok qilgay yerni.

    (NAQAROT)

    Alloh bo‘lgay chodir ichra,

    Yashab xalqi bilan birga.

    Shunda barham topgay tashvish-u g‘am,

    O‘lim, qayg‘u, faryod va dard-alam.

    Rab hammasin qilgay albat yangi,

    Oshgay amalga so‘zi.

  2. 2. Yorqin barq urib bamisoli yulduz,

    Viqor-la turgaydir Yangi Quddus.

    Bo‘lgay u Qo‘zi-chun ramziy kelin

    Va doim yoygay Yahova nurin.

    (NAQAROT)

    Alloh bo‘lgay chodir ichra,

    Yashab xalqi bilan birga.

    Shunda barham topgay tashvish-u g‘am,

    O‘lim, qayg‘u, faryod va dard-alam.

    Rab hammasin qilgay albat yangi,

    Oshgay amalga so‘zi.

  3. 3. Bo‘lgaydir ochiq bu shahar tun-u kun,

    Etgaydir ko‘rki-la dilni mamnun.

    Yurgaydir uning nurida xalqlar,

    Quyoshdek porlab yer cheti qadar.

    (NAQAROT)

    Alloh bo‘lgay chodir ichra,

    Yashab xalqi bilan birga.

    Shunda barham topgay tashvish-u g‘am,

    O‘lim, qayg‘u, faryod va dard-alam.

    Rab hammasin qilgay albat yangi,

    Oshgay amalga so‘zi.

(Shuningdek, Mat. 16:3; Vah. 12:7–9; 21:23–25 ga qarang.)