Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

153-QO‘SHIQ

Jasorat ber

Jasorat ber

(4 Shohlar 6:16)

  1. 1. Gohida bossa ham

    Qalbni qo‘rquv va g‘am,

    Yahova, olib borgaysan

    Meni nurli yo‘ldan.

    Bu hayot mushkuldir,

    Aminman lek shunga:

    Faqat Sen panoh bo‘lgaysan

    Menga qiyin damda.

    (NAQAROT)

    Imon ber, Yahova Egam,

    Ko‘ray qo‘ling har dam.

    Qo‘shining ulkan va kuchlidir,

    Asrar meni yovdan.

    Kuch ber, jasorat ber,

    Chopay chidam ila.

    Yolg‘iz O‘zing G‘olibsan,

    Qalbim amin bunga.

  2. 2. Men osiy bandaman,

    Qo‘rquv qamrar goh-goh.

    Suyangan Qoyam O‘zingsan,

    Ruhing menga hamroh.

    Yo Alloh, mardlik ber,

    Bo‘lay jasur, qo‘rqmas.

    Ta’qiblar, qamoq, o‘lim ham

    Meni yenga olmas.

    (NAQAROT)

    Imon ber, Yahova Egam,

    Ko‘ray qo‘ling har dam.

    Qo‘shining ulkan va kuchlidir,

    Asrar meni yovdan.

    Kuch ber, jasorat ber,

    Chopay chidam ila.

    Yolg‘iz O‘zing G‘olibsan,

    Qalbim amin bunga.

    (NAQAROT)

    Imon ber, Yahova Egam,

    Ko‘ray qo‘ling har dam.

    Qo‘shining ulkan va kuchlidir,

    Asrar meni yovdan.

    Kuch ber, jasorat ber,

    Chopay chidam ila.

    Yolg‘iz O‘zing G‘olibsan,

    Qalbim amin bunga.

    Yolg‘iz O‘zing G‘olibsan,

    Qalbim amin bunga.