Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

21-QO‘SHIQ

Shohlikni ustun qo‘yaylik

Shohlikni ustun qo‘yaylik

(Matto 6:33)

  1. 1. Yahova cheksiz xursanddir

    Isoni ko‘rib taxtda.

    Adolat barpo etgaydir

    Shohligi yaqin kunda.

    (NAQAROT)

    Bo‘laylik odil hamisha,

    Shohlikni ustun qo‘yib.

    Kuylaylik Rabni astoydil,

    Sadoqat-la va’z qilib.

  2. 2. Shohlikni ustun qo‘ysak gar,

    Qoldirmas Alloh bizni.

    Ertangi kunning g‘ami ham

    O‘rtamas shunda dilni.

    (NAQAROT)

    Bo‘laylik odil hamisha,

    Shohlikni ustun qo‘yib.

    Kuylaylik Rabni astoydil,

    Sadoqat-la va’z qilib.

  3. 3. Yoyaylik xabar shodlik-la,

    Izlaylik chanqoq qalbni.

    Allohga umid bog‘lash-chun

    Chorlaylik mudom uni.

    (NAQAROT)

    Bo‘laylik odil hamisha,

    Shohlikni ustun qo‘yib.

    Kuylaylik Rabni astoydil,

    Sadoqat-la va’z qilib.