Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

23-QO‘SHIQ

Yahovaning Shohligi boshqarmoqda

Yahovaning Shohligi boshqarmoqda

(Vahiy 11:15)

  1. 1. Rab o‘rnatdi Shohlikni,

    Madh etaylik O‘g‘lini,

    U Sionda podshohlik qilmoqda.

    Jo‘r va baland ovozda

    Hamd aytamiz Tangriga,

    U O‘z O‘g‘li-la

    Taxtini baham ko‘rdi.

    (NAQAROT)

    Bu saltanat nima bergaydir?

    Chin haqiqat va adolat.

    Nelar yana olib kelgay u?

    Baxt, mangulik, cheksiz rohat.

    Yah sodiq va mehribondir,

    U loyiq hamdga albat.

  2. 2. Shohdir Masih osmonda,

    Rab jang boshlar tez kunda,

    Bu dunyoning oxiri ham yaqin.

    Hozir Shohlik xabarin

    Va’z qilishning pallasi,

    Pok insonlar-chun

    Haq yo‘lni topish vaqti.

    (NAQAROT)

    Bu saltanat nima bergaydir?

    Chin haqiqat va adolat.

    Nelar yana olib kelgay u?

    Baxt, mangulik, cheksiz rohat.

    Yah sodiq va mehribondir,

    U loyiq hamdga albat.

  3. 3. Biz Masihni kuylaymiz,

    Jon deb ta’zim qilamiz,

    U Rab izmi-la davron surmoqda.

    Bilsin Yahni har inson,

    Tursin mudom U tomon,

    Oz vaqt o‘tib,

    Shohga tobe bo‘lgay borliq.

    (NAQAROT)

    Bu saltanat nima bergaydir?

    Chin haqiqat va adolat.

    Nelar yana olib kelgay u?

    Baxt, mangulik, cheksiz rohat.

    Yah sodiq va mehribondir,

    U loyiq hamdga albat.

(Shuningdek, 2 Shoh. 7:22; Don. 2:44; Vah. 7:15 ga qarang.)