26-QO‘SHIQ
Qilgaysiz menga ham yordam
-
1. Samoviy kelinga madadkor bo‘lmoqda,
Xizmatda qatnashib ulkan olomon.
Bu dastyor izdoshlar tasalli bermoqda
Va bu-chun Iso taqdirlar begumon.
(NAQAROT)
«Tasalli va taskin berib ularga,
Men uchun ham taskin bergan bo‘lasiz.
Ular-chun ne ish, ne yordam qilsangiz,
Qilgaysiz shunda menga ham yordam,
Qilajaksiz shunda menga ham yordam».
-
2. «Qiynalgan paytlarim ko‘rsatib marhamat,
Tayanchiq bo‘ldingiz, shoshib yordamga».
So‘rashsa: «Qay zamon qo‘l cho‘zgandik, Hazrat?»,
Javoban Masih aytadi ularga:
(NAQAROT)
«Tasalli va taskin berib ularga,
Men uchun ham taskin bergan bo‘lasiz.
Ular-chun ne ish, ne yordam qilsangiz,
Qilgaysiz shunda menga ham yordam,
Qilajaksiz shunda menga ham yordam».
-
3. «Xizmatda yelkadosh bo‘lyapsiz kelinga,
Otamga va menga sodiq qolyapsiz.
Yetingiz abadiy va komil hayotga,
Iloyim, yerga merosxo‘r bo‘lingiz».
(NAQAROT)
«Tasalli va taskin berib ularga,
Men uchun ham taskin bergan bo‘lasiz.
Ular-chun ne ish, ne yordam qilsangiz,
Qilgaysiz shunda menga ham yordam,
Qilajaksiz shunda menga ham yordam».
(Shuningdek, Hik. 19:17; Mat. 10:40–42; 2 Tim. 1:16, 17 ga qarang.)