Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

37-QO‘SHIQ

Yahovaga jon-jahd-la xizmat qilaylik

Yahovaga jon-jahd-la xizmat qilaylik

(Matto 22:37)

  1. 1. Yo Tangrim, buyuk Sultonsan,

    Bor mehrimni Senga beraman.

    Men xizmat qilib jon-jahd-la,

    Tanho Senga tobe bo‘laman.

    Zavq ila amring bajargayman,

    U erur qalbim to‘rida.

    (NAQAROT)

    Yah, faqat O‘zing loyiqsan,

    Bo‘lsin jonim Senga baxshida.

  2. 2. Yer, yulduz va oy yoygaydir,

    Yo Yahova, shoning olamga.

    Men sodiq bo‘lay ulardek

    Va tanitay isming jahonga.

    O‘tsin har kunim xizmating-la,

    Rab, qolay mangu yodingda.

    (NAQAROT)

    Yah, faqat O‘zing loyiqsan,

    Bo‘lsin jonim Senga baxshida.