Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

43-QO‘SHIQ

Shukrona ibodati

Shukrona ibodati

(Zabur 95:2)

  1. 1. Yo Yahova, chin dildan minnatdormiz,

    Shul-chun ushbu duoni yo‘llaymiz.

    Biz panohing ostida yashnagaymiz,

    Sensan Tayanchu Hamdam, Tangrimiz.

    Ba’zan xato, ayblarga yo‘l qo‘ygaymiz,

    Lek kechirgaysan ko‘rib tavbamiz.

    Rab, to‘lovni berganing-chun ozodmiz,

    Bunday shafqat-chun rahmat aytamiz.

  2. 2. Ming tashakkur eng oliy himmating-chun,

    Do‘st deb bizni bilganing-chun rahmat.

    Ber yo‘l-yo‘riq xabarni va’z qilmoq-chun

    Va saqlamoq-chun Senga sadoqat.

    Ko‘p minnatdormiz ruhing berganing-chun,

    Baxsh etganing-chun mardlik xizmatda.

    Rab, bepoyon marhamat va mehring-chun

    Hamd-shukrona aytamiz duoda.

(Shuningdek, Zab. 65:2, 4, 11; Filip. 4:6 ga qarang.)