69-QO‘SHIQ
Olg‘a bosib, qunt-la va’z qilaylik!
-
1. Shohlik haqida qilamiz va’z
Turli erlarda har vaqt.
Yordam beramiz chin yurak-la
Mo‘min qalblarga albat.
Ushbu vazifa sharaflidir,
Shodlik-la xabar yoyamiz.
Xizmat qilamiz matonat-la,
Tangri ismini oqlaymiz.
(NAQAROT)
Va’z et qunt-la va olg‘a bosib yur
Rab aytgan yo‘ldan.
Yah-la do‘st bo‘l va olg‘a bosib yur
U tomon har dam.
-
2. Ulkan olomon xizmatdoshdir
Shohlar ahliga bugun.
Ular haq yo‘ldan yurishgaydir,
Yahni ulug‘lab har kun.
Tashna qalblarga va’z qilib biz,
Shohlik haqida aytamiz.
Qodir Allohning madadi-la
Hamisha jasur bo‘lamiz.
(NAQAROT)
Va’z et qunt-la va olg‘a bosib yur
Rab aytgan yo‘ldan.
Yah-la do‘st bo‘l va olg‘a bosib yur
U tomon har dam.
(Shuningdek, Zab. 23:4; Havor. 4:29, 31; 1 Butr. 2:21 ga qarang.)