85-QO‘SHIQ
Bir-biringizni iliq qarshi oling
-
1. Biz yig‘ilganmiz shu yerga bugun
Alloh So‘zin o‘rganmoq uchun.
U xushxabar-la jalb etdi bizni,
Aytgaymiz shukrona bu uchun har kuni.
-
2. Biz cho‘ponlar-chun ming rahmat deymiz,
Ular mehrin ayamas hargiz.
Zo‘r namunadir bunday yor-do‘stlar,
Azizdir biz uchun bu yerga kelganlar.
-
3. Rab haqiqat-la pok qalbni chorlar,
Uning do‘sti bo‘lishga undar.
U hatto biz-chun O‘z O‘g‘lin bergan,
Iliq qarshilashni o‘rgangaymiz Undan.
(Shuningdek, Yuhan. 6:44; Filip. 2:29; Vah. 22:17 ga qarang.)