Izolyatsiya paytida nima qilsangiz bo‘ladi?
O‘zingizni boshqalardan ajralib qolganday va yolg‘iz his qilyapsizmi? Unda quyidagi so‘zlarni aytgan sano bastakorining tuyg‘ulari sizga tanish bo‘lsa kerak: «Tom ustida yolg‘iz qolgan qushga o‘xshayman». (Zabur 102:7) Muqaddas Kitobdagi dono fikrlar izolyatsiya tufayli yuzaga kelayotgan muammolar bilan kurashishingizga yordam beradi.
Ma’nan o‘sishga intiling
Vaqtincha izolyatsiyada bo‘lsangiz ham Xudoni tanib-bilishingiz kerakligini tushunib va U haqida bilim orttirib, quvonch topishingiz mumkin. (Matto 5:3, 6) Quyida keltirilgan manbalar bunda sizga yordam beradi.
Aniq tarjima qilingan va o‘qishga oson bo‘lgan onlayn Muqaddas Kitob
Muqaddas Kitobdagi ba’zi asosiy ta’limotlar haqidagi qisqa videolar
«Muqaddas Kitobga asoslangan javoblar» turkumidan tez-tez beriladigan savollarga javob topa olasiz
«Imonlariga ergashinglar» nomli maqolalar turkumi esa Muqaddas Kitobda tilga olingan sadoqatli erkag-u ayollarning hayotida yuz bergan voqealarni jonli tasavvur qilishingizga yordam beradi
«Tasodifmi yoki ijod mahsulimi?» nomli turkum esa diqqatingizni tabiat olamining go‘zalligi-yu murakkabligiga qaratadi
Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonotlarni o‘qing
Quyidagi oyatlar ko‘pchilikka tasalli berib kelyapti. Birdaniga bir nechta bayonotni o‘qish o‘rniga, izolyatsiyada ekaningizdan foydalanib ularning har biri ustida mulohaza yuritishga va ibodat qilishga vaqt ajrating. (Mark 1:35)
Dunyoda bo‘layotgan voqealarning sababini tushunishga harakat qiling
Agar mudhish voqealar nega sodir bo‘layotganini va Xudo ularga qay yo‘sin chek qo‘yishini bilsangiz, har qanday qiyinchilik bilan kurashishingiz osonroq bo‘ladi. (Ishayo 65:17)
Muqaddas Kitobda kasallik va sog‘lik haqida nima deyilgan?
Xudoning Shohligi nimalarni amalga oshiradi?
Ortiqcha tashvishlanishdan qoching
Quyidagi mavzular yoritilgan maqolalar izolyatsiya tufayli paydo bo‘lgan stress bilan kurashishga va tashvishlanmaslikka yordam beradi. (Matto 6:25)
Ijobiy nuqtai nazarni rivojlantirish
Xavf-xatar to‘g‘risida tashvishlanish
Pul borasida tashvishlanish
Do‘stlar orttiring
Do‘stlik ruhiy va hissiy sog‘ligingizga yaxshi ta’sir qiladi. Odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilishning iloji bo‘lmagan paytlarda do‘stlarimiz bo‘lishi yanada muhim. Uydan chiqa olmayotgan bo‘lsangiz do‘stlaringiz bilan muloqot qilish hamda yangi do‘stlar orttirish uchun videokonferensiyadan foydalanishingiz yoki ularga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Quyidagi maqolalar «chin do‘st» bo‘lishingizga va shunday do‘stlarni topishingizga yordam beradi. (Hikmatlar 17:17)
Chin do‘st qanday bo‘ladi?
Saxiylik namoyon etib do‘st orttiring
Minnatdorchilik namoyon etib do‘st orttiring
Jismonan faol bo‘lib qoling
Muqaddas Kitobda: «Jismoniy mashq... foyda keltiradi», — deyilgan. (1 Timo‘tiyga 4:8) Ayniqsa, izolyatsiyada bo‘lganingizda jismoniy mashqlar tiniq fikrlashingiz va o‘zingizni baxtliroq his qilishingizga ko‘maklashadi. Hatto uydan chiqa olmasangiz ham quyidagi maslahatlar jismonan faol bo‘lib qolishingizga yordam berishi mumkin.
Ko‘proq harakatda bo‘ling