Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2017-yil, Gilad maktabidagi o‘quv jarayoni

XAYR-EHSONLAR QAY YO‘SIN SARFLANADI?

Gilad maktabi xalqaro miqyosda

Gilad maktabi xalqaro miqyosda

2020-YIL 1-DEKABR

Har yili dunyo bo‘ylab to‘la vaqtli maxsus xizmatdagi bir qancha birodar-u opa-singillarimiz Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining o‘quv-ta’lim markazidagi (Patterson, Nyu-York) Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Gilad nomli Muqaddas Kitob maktabida o‘qishga taklif qilinadi *. Bu maktabda ular Yahovaning tashkilotidagi vazifasini yanada samarali bajarishni o‘rganadi. Olgan ta’limi yordamida ular dunyo bo‘ylab jamoatlar-u tashkilotimiz filiallarini qo‘llab-quvvatlab, mustahkamlay oladi.

Gilad chinakamiga xalqaro maktabdir. Masalan, 2019-yili o‘tkazilgan 147-sinfda 29ta mamlakatdan bo‘lgan 56ta talaba o‘qidi. Giladga taklif qilinganlar baytilchi, tuman noziri, to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y yoki maxsus kashshof kabi to‘la vaqtli maxsus xizmatda ishtirok etib kelayotgan va’zgo‘ylar bo‘ladi.

Maktabga tayyorgarlik o‘qish boshlanishidan ancha oldin boshlanadi. Masalan, bosh idoradagi Safarlar bo‘limi maktabga taklif qilinganlar uchun chiptalar xarid qiladi. Gilad maktabining 147-sinfiga taklif qilingan har bir chet ellik talaba uchun Pattersonga kelish va uyiga qaytish o‘rtacha hisobda 1075 AQSH dollariga tushdi. Solomon orollaridan bo‘lgan talabalar Pattersonga kelish uchun to‘rtta, ortga qaytayotganda esa uchta samolyotga o‘tirishiga to‘g‘ri keldi. Umumiy hisobda ular 35400 kilometrdan oshiq masofani uchib o‘tdi. Bu ularning har biri uchun 2300 AQSH dollariga tushdi. Pulni tejash uchun bosh idoradagi Safarlar bo‘limi kompyuterdagi buyurtma dasturi orqali arzonroq narxlardagi chiptalarni izlaydi. Chipta band qilib qo‘yilganidan keyin ham o‘sha dastur haftalar va hatto oylar mobaynida narxlar tushishini tekshirishda davom etadi. Bosh idoradagi Safarlar bo‘limi chipta xarid qilish maqsadida ehson qilingan ballar va millardan ham foydalanadi.

Talabalarning ko‘piga Qo‘shma Shtatlarga kelish uchun viza kerak. Shu bois, bosh idoradagi Yuridik bo‘lim talabalarga viza olishga yordam beradi. Har bir talabaga viza olish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘rtacha 510 AQSH dollari sarflanadi.

Xo‘sh, talabalar olgan ta’lim bizga qanday foyda keltiradi? Gendra Gunavan Janubi-Sharqiy Osiyoda oqsoqol sifatida xizmat qiladi. U Giladni bitirgan juftlik bilan bir jamoatda hamkorlik qiladi. U shunday dedi: «Oldinlari jamoatimizda doimiy kashshof yo‘q edi. Ammo bu juftlik kelgach, ularning g‘ayrati-yu tayyorlik ruhi boshqalarga ham ta’sir qildi va ular kashshoflik xizmatini boshladi. Keyinchalik jamoatimizdagi bir opa hatto Shohlik xabarchilari maktabida o‘qidi!»

Sergio Panjaitan Janubi-Sharqiy Osiyodagi filialda Gilad bitiruvchilari bilan hamkorlik qiladi. U quyidagicha bo‘lishdi: «Ular olgan ta’lim nafaqat ularning, balki bizning ham barakamizga aylandi. Ular rosa ko‘p narsani o‘rgandi! Lekin ular o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymaydi, aksincha, o‘rganganlarini boshqalar bilan bo‘lishadi. Bu bizga dalda keltiradi, biz esa, o‘z navbatida, boshqalarga dalda beramiz».

Bu maktabning sarf-xarajatlari qay yo‘sin qoplanadi? Umumjahon faoliyatga qilinadigan xayr-ehsonlar orqali va ularning ko‘pi donate.pr418.com saytidagi usullar orqali amalga oshiriladi. Saxiylik ila qilayotgan xayr-ehsonlaringiz uchun minnatdormiz. Ular yordamida ushbu xalqaro maktab o‘tkazilmoqda.

^ 1- x.b. Ushbu maktabning o‘quv dasturi Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashining Maorif qo‘mitasi ko‘rsatmalari asosida Tashkilotimiz maktablarini nazorat qiluvchi bo‘lim tomonidan tayyorlangan. Maktabda mazkur bo‘limdagi va taklif qilingan birodarlar, jumladan, Yetakchi kengash a’zolari ta’lim beradi.